Korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus kursi


Download 100.49 Kb.
Sana21.09.2020
Hajmi100.49 Kb.
#130646
Bog'liq
1.3-махсус-курс-KORRUPSIYAGA-QARSHI-KURASHISH

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI O`RTA MAXSUS,KASB-HUNAR TA`LIMI MARKAZI , TOSHKENT VILOYATI O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH

MAXSUS KURSI

( 8 SOAT)

  • O`QUV DASTURI

    (Akademik litsey va kasb -hunar kollejlari bitiruvchi kurs o`quvchilari uchun)

KIRISH

  • Davlat va jamiyatning barqarorligi va taraqqiyotiga tahdid soladigan omillardan biri korrupsiyadir.O`quvchi yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo`yish arafasida korrupsiya va uning salbiy oqibatlari to`g`risida muayyan tushunchaga ega bo`lishlari ,kelgusida ular tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetini shakllantirishda o`ziga xos ahamiyat kasb etadi.Maxsus kursni o`qitish orqali o`rta-maxsus,kasb-hunar ta`limi muasasalarinig
  • o`quvchilarida bu illatga qarshi kurashish to`g`risida huquqiy va ijtimoiy tushunchalarni shaklantirish nazarda tutilgan.

O`quv dasturining maqsad va vazifalari

  • Maxsus kursning maqsadi- o`quvchilar ongida ushbu salbiy illatni kelib chiqish sabablari va unga qarshi kurashishning ijtimoiy va huquqiy asoslari haqida tushuncha hosil qilishdan iborat
  • Maxsus kursning vazifasi- korrupsiyaning ijtimoiy va huquqiy tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari va oqibatlari va bu boradagi qonunchilik va javobgarlik masalalari haqida umumiy tushunchalarni o`rgatish,o`quvchilar ongida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va ijtimoiy jihatlari to`grisida tushuncha hosil qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida bilim, ko`nikma, malakani shakllantirishdir.

O`quvchilarning bilimi ,ko`nikma va malakasiga qo`yilgan talablar

  • Korrupsiya tushunchasi ,oqibatlari va unga qarshi kurashishning ijtimoiy ,huquqiy asoslari va javobgarlik to` g`risidagi tushunchalar bo`yicha bilimga ega bo`lish;
  • Korrupsiyani anglash, uni salbiy illat sifatida qabul qilish ,unga qarshi huquqiy normalar asosida kurashishni his qila olish ko`nikmalariga ega bo`lishi;
  • Korrupsiyaning mohiyati va uning salbiy jihatlari haqida tushuncha bera olish va umumiy bilim orqali korrupsiyaviy qilmish va uning oqibatlarini anglash malakasiga ega bo`lishi lozim

MAXSUS KURSNING O`QUV REJADAGI BOSHQA FANLAR BILAN O`ZARO BOG`LIQLIGI, USLUBIY JIHATDAN UZVIYLIGI VA KETMA-KETLIGI

  • O`zbekiston Konstitutsiyasi va Huquqshunoslik fanlari maxsus kurs bilan huquqiy jihatdan bog`liqligini bildirsa ,Tarix, Ma`naviyat asoaslari,Oila psixologiyasi ,Shaxs va jamiyat, Dinshunoslik va Estetika fanlari esa maxsus kurs bilan ijtimoiy va uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma- ketligini namoyon qiladi.

ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

  • Zamonaviy axborot texnologiyalari :maxsus kurs o`quvchilarga slaydlar ,multimedia vositalaridan foydalangan holda o`qitiladi .
  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar :maxsus kursni o`qitish jarayonida “aqliy hujum “,”Keys –stadi”, ”amaliy o`yin”,”mumoli vaziyat”, ”nima uchun “ va boshqalar qo`llaniladi

NAZARIY, SEMINAR MASHG`ULOTLARI VA MUSTAQIL ISHLARI TASHKIL ETISH BO`YICHA KO`RSATMALAR

  • Nazariy mashg`ulotni tashkil etish:o`qituvchi huquqiy adabiyotlar,tegishli huquqiy normativ hujjatlar, OAVmateriallaridan foydalangan holda, mavzu yuzasidan tushunchalarni reja asosida taqsimlab bilim beradi.
  • Seminar mashg`ulotini tashkil etish:savol-javob; asosiy tushunchalarni ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan mustahkamlash; mustaqil topshiriqlar berish; tadbirlar tashkil etish.
  • Mustaqil ishlarni tashkil etish:o`qitivchi o`tilgan mashg`ulotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ish mavzulari ro`yhatini shakllantiradi



MAXSUS KURS MAVZULARINING

MAVZULARI NOMI

HAMMASI

JAMI

NAZARIY

SEMINAR

MUSTAQIL

ISH

1

Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va ijtimoiy xa vfliligi va unga qarshi kurashishning ijtimoiy -huquqiy asoslari

2

2

2

2

O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar

va ularning vazifalari



1

1

1

3

O`zbekiston Respublikasining korrupsiyaga

qarshi kurashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlari



2

1

1

1

4

Korrupsiyaviy xuquqbuzarlik va jinoyatlar uchun javobgarlik

3

2

2

1

5

Jami

8

6

4

2

2

1-mavzu:Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va ijtimoiy xa vfliligi va unga qarshi kurashishning ijtimoiy -huquqiy asoslari

  • Korrupsiya tushunchasi mohiyatini yoritish ;
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida yoritilgan, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarini mazmun mohiyatini ochib berish
  • Korrupsiyaning kelib chiqishi va ijtimoiy xavfliligi haqida bilimlarni berish
  • Korrupsiyaga qarshi kurashishning asoslari to`g`risidagi ma`lumotlarni o`quvchilarga yetkazish

2-mavzu:O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar va ularning vazifalari

  • Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashni amalga oshiradigan ,davlatni mazkur sohadagi siyosatini olib boradigan maxsus davlat organlari to`g`risida .
  • Mamlakatimizda barcha sohalarida ushbu illatga qarshi kurashni takomillashtirishda, mansabdor shaxslarning suiste`moliklariga barham berishda prokuratura organlarining o`rni va ahamyati
  • Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish bo`yicha faoliyati yo`nalishlari

3-mavzu:O`zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlari

  • Davlat boshqaruv sohasida korrupsiyani oldini olishga
  • va unga qarshi kurashga qaratilgan normativ- huquqiy hujjatlar

  • Davlatning moliya -fiskal siyosatini amalga oshirishda, korrupsiya va turli suiste`molliklarni oldini olishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlar
  • Davlatning iqtisodiyotini erkinlashtirishga qaratilgan
  • siyosatini amalga oshirishda , korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlar

  • Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda,korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlar

4-mavzu: Korrupsiyaviy huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun javobgarlik

Seminar mashg`uloti:

  • Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik tushunchasi
  • Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni vujudga kelish asoslari va oqibatlari

E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 100.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling