Korxona, tashkilot va muassasalarda soliqlar va yig’imlarni o’z vaqtida va to’g’ri hisobga olish, soliq imtiyozlarini qollash hamda ularni o’z vaqtida byudjetga O’tkazilib borilishini ta’minlab beruvchi buxgalteriya hisobi turidir


Download 14.73 Kb.
Sana02.08.2023
Hajmi14.73 Kb.
#1664700
Bog'liq
Soliq hisobi korxona


Soliq hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda soliqlar va yig’imlarni o’z vaqtida va to’g’ri hisobga olish, soliq imtiyozlarini qollash hamda ularni o’z vaqtida byudjetga O’tkazilib borilishini ta’minlab beruvchi buxgalteriya hisobi turidir. Soliq hisobi o’z usullari yordamida soliq va yig’imlar, ularning ob’yekti, sub’yektlari va soliqqa tortish bazasini, to’lash muddatlarini aniqlab beradi.

Fikrimizcha, foyda solig’i bazasidan chegirilmaydigan xarajatlarni alohida biz tomonimizdan tavsiya etilayotgan maxsus schyotlarda aks ettirilishi quyidagi afzalliklarni beradi:


Birinchidan, foyda solig’i bazasidan chegirilmaydigan xarajatlar to’g’risidagi axborotlarni tizimli ravishda qo’shimcha hisob-kitoblarsiz hisob registrlaridan, chunonchi Bosh kitobdan olish imkonini beradi.
Ikkinchidan, foyda solig’i bazasidan chegirilmaydigan xarajatlar to’g’risidagi axborotlarni tizimli ravishda jamlanishi ular realligiga kafolat beradi.
Uchinchidan, foyda solig’i bazasidan chegirilmaydigan xarajatlar to’g’risidagi axborotlar bo’yicha xatolikka yo’l qo’yish darajasini, ya’ni risk darajasini pasaytiradi.
To’rtinchidan, foyda solig’i bazasidan chegirilmaydigan xarajatlar to’g’risidagi axborotlarni yig’ishda buxgalterlar vaqtini tejashga olib keladi.
Yuridik shaxslar mol-mulkiga soliq solishning maqsadi keraksiz va ortiqcha uskunalar hamda boshqa mulklarning korxonalarda me’yordan ortiqcha saqlanishini bartaraf etishdan, korxonalarda tovar oboroti jarayonini jadallashtirishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, mustaqil balansga ega bo’lgan, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan barcha yuridik shaxslar soliq to’lovchilar hisoblanadi.
Shuningdek korxonalarning O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, mustaqil balanga ega bo’lgan filial, vakolatxona yoki boshqa shakldagi tarkibiy qismlari ham mol-mulk uchun soliq to’lovchilar sanaladi. Soliq solish stavkalari va soliq solish ob’yektlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu soliq korxonaning mol-mulkining o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan olinadi. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkasi, bazasi, soliq imtiyozlari va 2022 yildagi asosiy o’zgarishlari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan (2.4-jadval).
Soliq bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni hisobga olish 6410- «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» hisobvarag’ida alohida amalga oshiriladi. Belgilangan tartibda hisoblab chiqilgan soliq 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» hisobvarag’ining kreditiga 9810-«Foydadan hisoblangan va to’langan soliqlar» hisobvarag’i bilan korrespondensiyada aks ettiriladi. Soliq summalarini o’tkazish 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» hisobvarag’i debetida va 5110-«Hisob-kitob schyoti»ning kreditida aks ettiriladi.
Download 14.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling