Korxonlar boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etishda iqtisodiy baholash usullaridan foydalanish Abduroziqov xushnudbek ilyos o’g’li


Download 64.13 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi64.13 Kb.
#1421250
Bog'liq
Abduroziqov xushnudbek ilyos o’g’li


Korxonlar boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etishda iqtisodiy baholash usullaridan foydalanish

Abduroziqov xushnudbek ilyos o’g’li
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filali 1-kurs talabasi

Annotatsiya: Hozirgi vaqtda tashkilotlarning moliyaviy holatini tahlil qilish tamoyillari, funktsiyalari va bosqichlarini o'rganishga bag'ishlangan juda ko'p ishlar mavjud. Biroq ularning o‘rganishi shuni ko‘rsatadiki, bu jihatlarning mazmuni to‘liq ochib berilmagan. Shu munosabat bilan maqolada tashkilotlarning moliyaviy holatini tahlil qilish tamoyillari, funktsiyalari va bosqichlari keltirilgan.
Hozirgi vaqtda tashkilotlarning moliyaviy holatini tahlil qilishga bag'ishlangan ko'pgina ishlarda uning tamoyillari shakllantirilmagan. Biroq, ba'zin boshqalar faoliyatini tahlil qilish asosida boshqa tamoyillardan foydalanishni taklif qilishadi.
Kalit so’zlar:Korxona , soliq, litsenziya ,bozor iqtisodiyoti,kredit, moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy òsish, tashkilot, iqtisodiyot, iqtisodiy usullar.
Ma’lumki, har qanday korxona yoki tashkilotning rivojlanish imkoniyatlarini belgilab beruvchi asosiy omil bu – shubxasiz iqtisodiy ko’rsatkichlardir. Buning uchun esa avvalambor iqtisodiy usullarni qay darajada bilish va to’gri yo’lga qo’ya olish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalar boshqaruvida iqtisodiy usullari - iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xil bo’ladi:
- umumjamiyag manfaatlari;
- jamoa manfaatlari;
- shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uyg’un sur'atda bog’lab olib borish muammosi bir qator muammolarni hal qilishga, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlarni o’rnatishni talab qiladi.
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ro’yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya'ni:
- korxonalar va xo’jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish;
- xo’jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag’batlantirish, soliq imtiyozlarini berish;
- korxona va xo’jaliklar o’rtasidagi o’zaro shartnomalarning bajarilish intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirish;
- moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;
- bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va hokazolarga keng e'tibor beriladi.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta'minlanadi. Bu maqsadga qo’shimcha ish xaqi to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o’rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to’gri qo’llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob'ektga iqtisodiy usullar orqali ko’rsatiladigan ta’sir korxonalarni:
- jiddiy rejalar qabul qilishga;
- mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga;
- yangi texnologiyalarni joriy qilishga;
- mehnat unumdorligini oshirishga;
- raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag’batlantiruvchi va shunga da'vat etuvchi bo’lishi kerak.
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo’llanilishi kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham foydali bo’lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:
- kredit va foiz stavkasi;
- soliq va soliq yuki;
- boj to’lovlari;
- subsidiya va sanktsiya;
- litsenziya;
- transfert to’lovlari;
- narx-navo va hokazolar kiradi.
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni shakllantirish chog’ida ham, uning o’zini o’zi boshqarishi bosqichida ham g’oyat muhim jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma'muriy boshqarish usullari o’zini o’zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshilik ko’rsatsa, ularga to’sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik sohasiga davlatning ta'siri ham tubdan o’zgaradi. Binobarin, ma'muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o’z ta'sirini qat’iy belgilangan reja orqali o’tkazadi.
Iqtisodiy manfaatlar - iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari (iqtisodiy sub’ektlar)ning uzlari tomonidan anglangan va ularni faoliyatga undovchi hayotiy ehtiyojlari, iqtisodiy faoliyatni harakatlanti-ruvchi kuch.
Iqtisodiy manfaatlar amal qilishi doirasiga qarab individual yoki yakka; guruh.iy yoki korporativ; milliy yoki umummamlakat miqyosidagi Iqtisodiy manfaatlarga bo‘linadi. Iqtisodiy manfaatlar tizimining asosiy bo‘g‘ini insonning shaxs sifatida ehtiyojlarini ifoda etadigan individual manfaatdir, xususiy manfaatdorlik birlamchi bo‘lgani sababli uni amalga oshirish iqtisodiy rivojlanishga rag‘bat beradi. Guruhiy manfaat muayyan jamoaga birlashgan kishilarning umumiy manfaati bo‘lib, firma doirasida bu manfaat asosida korxonani yuk-saltirish va daromadni, foydani ko‘paytirish yotadi. Foyda tadbirkorlarga tegsada, unda ishchi va xizmatchilar ham ishtirok etadi, ya’ni undan ish haqiga qo‘shimcha ravishda mukofotlar to‘lanadi. Natijada foyda guruhiy manfaat omiliga aylanadi. Milliy (davlat) iqtisodiy manfaatlar muayyan mamlakatda yashovchi barcha millat va elat vakillarining umumiy iqtisodiy manfaati bo‘lib, yalpi ichki mahsulot miqdori va tarkibida ifoda etiladi. Iqtisodiy barqaror o‘sish uchun jamiyatda Iqtisodiy manfaatlar uyg‘unligi, ularning o‘zaro muvofiqligi zarurdir .
Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojlanib, mulkiy munosabatlar takomillashib bozor munosabatlari rivojlandi, na-tural ishlab chiqarish o‘rniga tovarli-bozorli xo‘jaliklar va ishlab chiqarish vujudga keldi; ularning tabaqalanishi natijasida milliy iqtisodiyotlar shakllandi va rivojlandi. hozirgi paytda esa bozor iqtisodiyotining turli xillari, turlari, milliy modellari mavjud bo‘lib, ularda umumdemokratik-insoniy munosabatlar, tamoyillar tobora ko‘proq qaror topmoqda. Bunday jarayonlar kishilik jamiyatida iqtisodiy munosabatlarning va manfaatlarning hamda Moddiy manfaatdorlikning xilma-xilligini kuchaytirmoqda. SHu bilan birga, bozor iqtisodiyotining ijtimoiy-iqtisodiy muqobil xillari va modellari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ular uchun umumiy bo‘lgan ba’zi manfaat va rag‘batlar ham borki, ular Moddiy manfaatdorlikni ta’minlashda va kuchaytirishda va shu orqali iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda juda muhim ahamiyatga egadir.
Bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan xilma-xil mulkchilik, erkin sohibkorlik va ko‘p ukladli xo‘jalik tizimi, narx belgilash mexanizmi, raqobat va boshqa barcha kishilarning, xo‘jalik sub’ektlarining o‘z iqtisodiy faoliyatlari va mehnatlari natijalari hamda shartnomaviy majburiyatlari bo‘yicha mas’uliyatlarini, Moddiy manfaatdorlikini nihoyatda kuchaytiradi, har bir shaxs o‘zining iqtisodiy faoliyati, mehnat orqali o‘z daromadlari va mulkini ko‘paytirishga intiladi. Ish haqi, foyda, foiz, renta, dividend kabi daromad turlari, ularni ko‘paytirish imkoniyati shaxslarning Moddiy manfaatdorlikni va faolligini oshiruvchi juda muhim iqtisodiy rag‘bat, dastak va shart-sharoitdir .
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti negizlari — ishlab chiqarish vositalariga va boshqa ne’matlarga xilma-xil mulkchilik va ko‘p ukladli xo‘jalik asoslari yaratildi, boshqariladigan bozor munosabatlari, asosan, shakllandi va takomillashmoqda, mulkka va xo‘jalikka mustaqil egalik qilish, xususiy va erkin xo‘jalik yuritish, erkin mehnat qilish va daromad olish imkoniyatlari vujudga keldi va kengaymoqda.
Boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va tashkiliy usullari mavjuddir. Ushbu usullar o‘zaro bog‘liqdirlar hamda ulardan kompleks tarzda foydalaniladi. Tashkiliy usullar iqtisodiy usullardan foydalanish uchun asos yaratsalar, ijtimoiy-psixologik usullar tashkiliy va iqtisodiy usullarni to‘ldirgan holda korxona faoliyatini boshqarishning zaruriy vositalar to‘plamini yaratadilar.

1.3-rasm. Korxonlar boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etish usullari.
Biz quyida ushbu usullarni ko‘rib chiqamiz.
Tashkiliy ma’muriy usullar yuqori organlar xokimiyatiga va quyi organlarning bo‘yisinishiga asoslnanadi. Shuning uchun ularni ko‘pincha ma’muriy usullar deb yuritiladi. Yuqori ma’muriy organlar boshqariluvchi ob’ektning bajarishi majburiy bo‘lgan qoidalarni ishlab chiqadilar, shuningdek bo‘ysinuvchi organlarga farmoyishlar beradi.
Shu yil bilan tashkiliy usullar boshqarish tizimidagi ichki va o‘rtasida ongli aloqalarning tarkibi topishiga yordam beradi. Bu metodlar boshqarish funktsiyalari bajarilishining:
− tashkiliy barqarorligini;
− intizomliligini;
− muvofiqliligini;
− uzluksizligini ta’min etadi.

1.4-rasm. Tashkiliy ma’muriy usullarda boshqarish funktsiyalari bajarilishi
Boshqaruvning iqtisodiy usullarida shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ishtirokiga bog‘liq bo‘lgan moddiy manfaatlari tatbiq etilishi ifodalanadi va bu amalda buyum-pul munosabatlaridan foydalaniladi. Ushbu usullar tatbiq etilishining ikkita tamoyili mavjuddir. Birinchi tamoyil tashqi muhitning iqtisodiy qismi bo‘yicha davlat darajasida yaratilgan holatlardan foydalanishga mo‘ljallangan boshqaruv jarayonlarida ifodalanadi. Ushbu tamoyilning mohiyati quyidagicha: - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliqqa tortish tizimini shakllantirish;
- korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlari yangilanishini ta’minlovchi amaldagi amortizatsion siyosatini belgilash;
- davlat tarafidan ish haqi, pensiya va h.k.larni minimal darajada belgilash.
Boshqaruvning iqtisodiy usullarini ikkinchi tamoyili turli iqtisodiy richaglardan foydalanishga mo‘ljallangan boshqaruv jarayonlariga bog‘liqdir va bu richaglar moliyalashtirish, kreditlash, narxlarni shakllantirish, jarimalar va h.k.larni ifodalaydi.
Boshqaruvnig ijtimoiy-psixologik usullari shaxsning ijtimoiy holati sabablarini ifodalaydi. Hozirgi zamon ishlab chiqarish darajasi hamda xodimlarning umumta’lim va professional – malakaviy darajasi o‘sishi insonlarning mehnat faoliyati tuzilmalar va qadriyatlarga yo‘naltirilgan tuzilmalarda sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Mehnatning tarkibiy va yaratuvchanlik xususiyati, tashabbuskorlikning ifoda etilishi imkoniyati, shaxsning jamoa tarafidan tan olinishi va shu kabi omillar keyingi paytlarda muhim ahamiyat kasb etmoqda. SHuning uchun ijtimoiy psixologiya qonuniyatlari va xodimning shaxsiy psixikasini anglash va talqin etish ixtiyoriy ishlab chiqarishning samarador boshqarishni zarur sharti hisoblanadi.
Boshqaruvning tashkiliy usullari majburlash xususiyatiga ega bo‘lgan sabablarga asoslanadi. Bunday usullarning mavjud bo‘lishi va amaliy jihatdan tatbiq etilishi insonlar tarafidan mehnatni birgalikda tashkil etishga xayrxohlik asosida belgilanadi. Boshqarishning tashkiliy usullari tashkillashtirilgan munosabatlar va rahbariyatning ma’muriy hokimligi tamoyillarga asoslangan xodimlarga ta’sir etish usullari kompleksini ifodalaydi. Boshqaruvning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usullaridan mohirona foydalanish ko‘p hollarda samarador xo‘jalik yuritishni ta’minlaydi.
Boshqaruv usullari bеvosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta'sir etuvchi ishlab chiqarish usuli rivojlanishi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari usishi bilan o’zgarib boradi. Iqtisodiyot muvaffakiyatli rivojlanishda boshqaruv usullarini to’gri tanlashxam muhim axamiyatga ega.
Boshqaruv usullarini Iqtisodiyotning ma'lum aniq soxalarida amal qilishning turli yo’llari orasidagi umumiy xodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv darajalari bo'yicha boshqaruv usullari (davlat sеktorini boshqarish usullari, sеx, korxona, birlashma, mintaqani boshqarish usullari), yoki tarmoqlarni boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo’jaligini boshqarish usullari) haqida so’z yuritish mumkin. Shuningdеk, turli sub'еktlri tomonidan qo'llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. Davlat boshqaruvi usullari jamoat tashkilotlarini boshqarish usullari. Yoki iqtisodiyotning ayrim soxalarida qo'llaniladigan boshqaruv usullarini (ishlab chiqarishni, moliyaviy soxani, fan va maorifni boshqarish usullari)ni xam ko’zda to’tish lozim. Boshqaruv tashkilotlari tizimi bilan turli-tumanligi bu tashkilotlar faoliyati usullarini ajratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu yеrda so’z vazirliklar, assosatsiyalar, aktsionеrlar jamiyati, davlat qumitalarini boshqarish usullari xaqida so’z boradi.Va nixoyat, turli turkumga kiruvchi ishlovcqilar boshqaruv faoliyatida mеnеjеrlar, dirеktorlar, bo’limlar boshliqlari tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Dеmak, boshqaruv nazariya va amaliyotida turli boshqaruv usullari mavjuddir. Ular boshqaruv usullarining xar bir guruxi o’z xususiyatlariga ega bo’lgan tizimni tashkil etgan. Xalq xo’jaligini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: Iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik va xuquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortikcha axamiyat bеrish butun ishlab chiqarishning normal borishi bo’zilishiga olib kеladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim axamiyat kasb etmoqda.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta'sir ko’rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bo’lishini ta'minlovchi Iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir.
Boshqaruv usullari tizimida Iqtisodiy usullar yеtakchi o’rinni egalaydi. Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta'sir vositalari yigindisidan (narx, krеdit, biznеs-rеja, foyda, soliqlar, ish haqi, Iqtisodiy rag’batlantirish va x.k.), ya'ni xo’jalik faoliyatiga ta'sir etishning xar bir jamoa mos xo’jalik bugini bilan o’zviy aloqada amal qilishini ta'minlovchi tadbirlaridan iboratdir. Bozor mеxanizmining muhim vazifalaridan biri biznеs rеja va bozorning o’zviy bog’liq bo’lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar rеsurslari to’gri nisbatini ta’minlashdir.
Bozor - bu tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor munosabatlari sharoitida rеjali Iqtisodiyotga nisbatan qat’iy boshqaruv tizimi urnatiladi. Bozor tamoyillari xo’jalik raxbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari bo'yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik, tavakkalchilikni talab etadi. Bozor iqtisodiyoti ma'muriy-buyrukbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim bo’lib, bozorda narx, soliq, krеdit vositasida tartibga solish eng avvalo ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish xaqi o’zgarishni qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo’lmaydi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda kеng imkoniyatlarga eag bo’lib, ular moxirona va o’z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va huquqiy usullar bilan qo’shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Korxonalar, aksionеr jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan biri - biznеs-rеjalardir. U iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko’zlab, xo’jalik amaliyotida ob'еktiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan xolda boshqarishning o’zaro uzviy bog’liq tizimidan iboratdir.
Biznеs-rеja vositasida xal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
Iqtisodiyot rivojlanishi yunalishlari va maqsadlarni amalga oshirish yo’llarini ko’rsatish, Iqtisodiyotning barqaror, mo’tanosib usishini ta’minlash, moddiy, mеhnat va moliyaviy rеsurslarni tarmoklar va ishlab chiqarishlar urtasida taksimlasH va qayta taksimlasH, fan-tеxnika tarakkiyoti yutiqlarini joriy etishni ta’minlash; tarmoklararo intеgratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat koopеratsiyasini chuqurlashtirish; xo’jalik yurituvchi sub'еktlar faoliyatini tеzkor tartibga solish va koordinatsiya qilish.
Biznеs-rеja korxona, aktsionеrlar jamiyati, kontsеrnlar faoliyatining xamma tomonlarini: maxsulot ishlab chiqarish va sotish; moddiy-tеxnikaviy ta'minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mеhnat va ish xaki, jamoada ijtimoiy jarayonlar va x.k.larni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rеjalashtirish borasida kеng xuquqlar bеriladi.
Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usuli. Xo’jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha faoliyati boshqaruvning turli tashkiliy-farmoyish usullarini qo’llash bilan bog’liqdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta'minlovchi ta'sir etish tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to’ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari, xuquqiy aktlarni xisobga olish va bajarishga asoslanadi.
Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga ma'muriy va tashkiliy jixatdan ta'sir o’tkazadi. Mеnеjmеnt tizimida tashkiliy usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning xamkorlikdagi xarakati tartibga solinadigan ma'muriy xujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini qo’llash asosini boshqaruvning barcha tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi. Nima sababdan boshqaruvning ma'muriy-farmoyish usullari ma'muriy shakllar bilan qo’shib olib boriladi. Bu ko’p xollarda tashkiliy ta'sir ma'muriy xuquqni qo’llash, ya'ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirish ga asoslanadi. Lеkin, «boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli» tushunchasi «ma'muriy boshqaruv usuli» tushunchasidan birmuncha kеngdir, chunki tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvning turli darajalariga turli kulamda va shaklda tashkiliy ta'sir etishni o’rganish masalalarini xam qamrab oladi. Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta'minlaydilar, tashkiliy tizim, boshqaruvning xar bir bo’gini vazifalarini bеlgilab bеradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta'minlaydi, ishda tartib urnatadi, qaror, farmoyishlarni bajaradi, kadrlarni tanlaydi va joy-joyiga qo’yadi va h.k.
Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari ularning ishlab chiqaruvchilarga ta'sir etish manbaalari va yo’nalishlari bo’yicha turlarga ajratiladi. Bunga bog’liq xolda ta'sir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch guruxga bo’linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom.
Ta'sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullari asosiy maqsadi xamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya'ni, vazifa, majburiyat, javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, tartib urnatish va x.k. Ma'muriy ta'sirning tashkiliy shakllarining ikki tashkiliy rеglamеntlash va tashkiliy mеyorlash turi mavjud. Tashkiliy rеglamеntlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va xar bir darajada boshqaruv chеgaralarini aniqlash maqsadida ta'sir etadi. Tashkiliy rеglamеntlashga misol qilib lavozimlar xaqida Nizomni ko’rsatish mumkin.
Tashkiliy mеyorlash xujjatlari vositasida xom-ashyo, matеriallar sarfini mеyorlash, maxsulotlar ishlab chiqarishga mеhnat sarfi ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish tеxnikaviy va tеxnologik mеyorlar (standartlar, mеyorlar, qayta ishlov bеrish usuli, tartibi va x.k.) ishlab chiqarishini tashkil etish mеyorlari (makbul ishlanma ko’lami).
Ta'sir etishning farmoyish usullari chеklovchi xujjatlarda ko’zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kеlib chiqqan xolda kundalik jadal boshqarish maqsadida qo'llaniladi. Farmoyish ta'sirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq xarakati, boshqaruvning barcha bo’linma va xizmatlari barqaror ishlashini ta'minlab bеrishdan iborat. Ta'sir etishning farmoyish usullari buyruk, farmoyish, ko’rsatma va boshqa mеyoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Buyruq - bu raxbarning qul ostidagi xodimlardan ma'lum vazifani bajarishni yozma yoki og’zaki ravishda alab qilishidadir. Buyruk faqat chiziqli boshqaruv tizimi raxbari tomonidan bеriladi. Farmoyish - xodimlardan ayrim ishlab chiqarish va xo’jalik masalalarini xal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshliq o’rinbosarlari, xizmatlar boshliklari, ular ega bo’lgan vakolatlari doirasida bеriladi. boshqaruv amaliyotida qo'llaniladigan ta'sir qilish usullaridan biri – og’zaki ko’rsatmadir. Ta'sir qilish usullaridan biri – og’zaki ko’rsatmadir. Ta'sir etishning bunday shaklini barcha darajadagi raxbarlar, lеkin ko’pincha quyi darajadagi komandirlar, brigada boshliqlari, ustalar qo’llaydilar. Farmoyish vositasida ta'sir etish bajarish muddatlari bilan farq qiladi. buyruk va farmoyishlar o’zok yoki kiska muddatda muljallangan bo’ladi.Har bir buyruk yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon bajarilishi kеrakligi bеlgilanadi. Ta'sir etishning farmoyish usuli tashkiliy ta'sirga nisbatan uning bajarilishini nazorat qilishni ko'proq talab etadi.
Ijro etishning borishi nazorat qilingandan sung yana farmoyish bilan ta'sir etishga extiyoj tugiladi. Farmoyish usulining qo’llanish kuo’ami boshqaruv kadrlari malakasi, tashabbuskorligi va qobiliyatiga bog’liqdir. Korxonani boshqarishda farmoyish bilan ta'sir etish faqat qonunga zid bo’lmagan xoldagina bajarilishi qat’iy bo’lgan xuquqiy kuchga ega bo’ladi. Shu sababli barcha tizimdagi tashkiliy-farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka buysungan xolda amalga oshishi lozim. Intizomiy ta'sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida ta'sir etish usullarini tuldirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy aloqalar barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy extiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta'sir etish bilan boshqarish vositasidir.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo’llash korxonada yo’z bеrayotgan ijtimoiy xodisalarni chuqur o’rganish xodimlar nеrv sistеmasi kayfiyatiga ta'sir etuvchi psixologik (ruxiy) omillarni bilishni talab etadi.
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi bo’lgan mеhnat omillarini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonun iyatlari, kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. ijtimoiy psixologiya gurux va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va xulhi ga ta'siri, kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o’rganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nеrv faoliyati turlari va inson tеmpеramеnti, xaraktеri, shaxsning irodasi, qobiliyati, xissiyoti, xotirasi, anglash va xis etish qobiliyatini o’rganadi, mеhnat psixologiyasi mеhnat faoliyatlari, shu jumladan, raxbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni ukitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlarni tanlashva baholash usullari, mеhnat jarayonining psixologik jixatlari) faoliyatini o’rganadi. Kishilar fikrlash usulida o’zgarish yo’z bеrishi va ular madaniy xamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullar axamiyati xam ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning extiyoj va manfaatlari ma'naviy soxa tomon o’zgarib boradi. O’z mеhnatidan konikishning muhim omili bo’lib ishlab chiqaruvcharning raxbar bilan o’zaro yaxshi munosabati ishlab chiqarishdagi qulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat qiladi.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy mеxanizmni (o’zaro munosabat tizimi, ijtimoiy extiyojlar) qo’llashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruxlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniqlash va rostlash yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uygunlashtirish maqsadida qo’llaniladi.
Xulosa
Zamonaviy korxona - mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning o’zigagina tegishli bo’lmaydi. Shu sababli korxonalar mulkchilik shakliga ko’ra, davlat va nodavlat, tarmoq belgilariga ko’ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, engil sanoat, savdo va hokazolar, ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko’ra, yirik, mikrofirma va kichik, faoliyat yuritish muddatiga ko’ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo’linadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Download 64.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling