Kosmik tezliklar Birinchi kosmik tezlik


Download 15.89 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.89 Kb.
#1561716
Bog'liq
Kosmik tezliklar


Kosmik tezliklar
Birinchi kosmik tezlik - jismning sayyora tortish kuchini yengib chiqib, uning sun'iy yo‘ldoshiga aylanishi uchun berilishi zarur bo‘lgan eng kichik boshlangich tezlik. Ba'zan "Birinchi kosmik tezlik" jumlasi o‘rniga "aylanish tezligi" jumlasi qo‘llaniladi.
Ikkinchi kosmik tezlik - jismning sayyora yoki boshqa osmon jismlarining tortish kuchini butunlay yengib chiqib ketib, lekin Quyosh tizimida qolishi uchun berish kerak bo‘lgan zarur bo‘lgan eng kichik boshlang‘ich tezlik. Ba'zan ikkinchi kosmik tezlikni Parabolik tezlik yoki halos bo‘lish tezligi deyiladi. Chunki, bu tezlikka erishgan jism, o‘zi turgan osmon jismi tortish kuchidan halos bo‘ladi.
Uchinchi kosmik tezlik - jismning avval Yer, keyin esa Quyoshning tortish kuchini yengib, Quyosh tizimini butunlay tark etishi uchun yetarli bo‘lgan eng kichik bo‘shlang‘ich tezlik.

Yer sayyorasi
[1] uchun kosmik tezliklar

Balandlik, km

Tezlikkm/soniya

Balandlik, km

Tezlikkm/soniya

Uchinchi kosmik tezlik

Birinchi
kosmik

Ikkinchi
kosmik

Birinchi
kosmik

Ikkinchi
kosmik

0

7.9

11.19

2000

6.9

9.76

16.67 km/soniya

60

7.87

11.13

5000

5.92

8.37

100

7.85

11.1

10000

4.93

6.98

200

7.79

11.01

20000

3.89

5.5

300

7.73

10.93

50000

2.66

3.76

500

7.62

10.77

100000

1.94

2.74

1000

7.35

10.4

930000*

0.65

0.93

*Bu balandlik yer shari tevarak atrofining kosmik chegarasini, ya'ni yerning tortish kuchi ta'sir qilish sferasining maydon chegarasini belgilaydi. Bu hudud chegaralarida yerning gravitatsiya maydoning ta'siri quyosh va boshqa sayyoralar gravitatsiya maydonlarining ta'siriga nisbatan hal qiluvchi ahamiyat jasb etadi.
[1]Kosmik tezliklar qiymatlari atmosferani hisobga olinmagan holat uchun keltirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Download 15.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling