Kreativ pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari, o’qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari mavzusida tezis


Download 18.3 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi18.3 Kb.
#1348925
Bog'liq
A49YfKXHGBPW4voPwnSq1hEGOhPl-JPB


Kreativ pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari, o’qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari mavzusida tezis.
Bajardi:203-PP guruh talabasi Atoullayeva Shaxnoza.
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to'g'ri tanlansa ta'lim-tarbiya mazmunni yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlami berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo'llash jarayonida ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish asosida tadqiq etilayotgan muarnmo holati aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo'lga kiritilgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi farq to'g'risidagi ma'lumotga ega boʻlinadi.
Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo'lingan ma'lumotlami boyitish, mavjud holatga to'g'ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi.
Anketa metodi (fransuzcha - tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to'plangan dalillar boyitiladi.
Ingliz psixologi E.P.Torrens kreativliknig quyidagi jihatlarini ilgari surgan:
- muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
- taxminlarni tekshirish va o'zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
muammoni hal qilishda bilim va amaliy harakatlarning o'zaro qarama-
qarshiligiga nisbatan sezgirlikni ifodalash. Lotinchada "kreativlik" tushunchasi quyidagicha. "Creatio" "yaratish". "ijodkor" - "yaratuvchi", degan ma'nolarni anlatadi, lekin mohiyatan bu tushuncha
insonning ijodiy qobiliyatining namoyon boʻlishidir.
Ijodkor shaxslar bu rassomlar, haykaltaroshlar, yozuvchilar, shoirlar, fotosuratchilar - turli xil ijod turlarida o'z qobiliyatlarini amalga oshiradigan odamlar. Ijodkorlik, qoida tariqasida, ishbilarmonlarga xos xususiyatdir: dizaynerlar, reklama beruvchilar, marketologlar, brend-menejerlar va boshqalar.
Kreativ pedagogika - bu ijodiy ta'lim fani va san'atidir. Bu pedagogikaning majburlash pedagogikasi, hamkorlik pedagogikasi, tanqidiy pedagogika kabi pedagogika turlariga qarama-qarshi bo'lgan pedagogikaning bir turi hisoblanadi. Kreativ pedagogika o'quvchilarni ijodiy fikrlashga, kelajagini yaratuvchisi bo'lishga o'rgatadi.
Download 18.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling