Kridet-modul tizimiga o„tish nima uchun kerak? Maqsad mohiyat va afzalliklari


Download 413.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.01.2023
Hajmi413.23 Kb.
#1095701
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kridet



Kridet-modul tizimiga o„tish nima uchun kerak? Maqsad mohiyat va 
afzalliklari
 
Koronavirus pandemiyasi sharoitida inson hayotining barcha jabhasida misli 
koʻrilmagan oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Ushbu silsilalar koʻp yillik shakllangan 
qadriyatlar, anʼanalar va tamoyillarning “darz” ketishiga ham olib keldi. Xususan, 
nufuzli olimlar, xalqaro tashkilotlar ekspertlari tomonidan yaqin va oʻrta istiqbolda 
kurrai zamin taraqqiyotiga tahdid soladigan xavf-xatarlar boʻyicha berilgan prognoz 
koʻrsatkichlari oʻz tasdigʻini topmadi. Aksincha, ular qaytadan koʻrib chiqilayotir. 
Ammo shu narsa ayon: dunyo bir butunlikda harakat qilmas ekan, inson oʻta tahlikali 
vaziyat qurboniga aylanishi hech gap emas. Yagona najot yoʻli esa toʻplangan bilim, 
shakllangan koʻnikma va orttirilgan xulosalarni yagona maqsad sari yoʻnaltirish, ilm 
hamda tajribalarni samarali uygʻunlashtira olishdir.
 
Bilim va ilmning shakllanishi esa bevosita taʼlim tizimiga borib taqaladi. 
Taʼlim tizimi samaradorligini oʻqituvchi saviyasi, talaba ehtiyoji, oʻquv adabiyotlari 
mazmuni hamda mustaqil taʼlimni shakllantirishga qaratilgan infratuzilma bevosita 
taʼminlab beradi. Demak, ilgʻor kadrlarni tayyorlash, ularni mehnat bozori talablariga 
muvofiq raqobatdoshligini oshirish, ijodiy fikrlaydigan mutaxassislarni yetishtirish 
oʻquv dargohlarida yoʻlga qoʻyilgan taʼlim berish jarayoni bilan chambarchas bogʻliq. 
Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktyabrida “Oʻzbekiston Respublikasi 
oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 
Farmoni imzolandi. Ushbu muhim dasturilamal hujjatda “respublikadagi kamida 10 ta 
oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds 
World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World 
Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga 
kiritish va oliy taʼlim ­muassasalarida oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-
modul tizimiga oʻtkazish” belgilab berildi. 
Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasasi 
(OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 oʻquv yilining oʻzida 33 ta oliy taʼlim 
dargohini kredit-modul tizimiga oʻtkazish koʻrsatib oʻtildi.



Download 413.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling