Mavzu: mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish


Download 84.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana31.01.2024
Hajmi84.36 Kb.
#1820030
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MEHNAT



10 - MAVZU: MEHNAT BOZORI VA KORXONALARDA MEHNAT
RESURSLARIDAN FOYDALANISH 
 
10.1. Mehnat bozori, raqobatlashgan mehnat bozori 
10.2. Ish haqi o‘sishining dam olish vaqti bilan ishlash vaqti o‘rtasidagi 
nisbatga ta’siri 
10.1. Mehnat bozori, raqobatlashgan mehnat bozori 
Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, yer va 
boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va 
taklif iste’mol tovarlari bozori ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun ham resurslarga 
bo‘lgan talab hosila talab bo‘lib, firmaning ishlab chiqarish hajmidan va uning 
xarajatlariga bog‘liq. 
Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni alohida firma uchun qaraymiz. Bozor (tarmoq) 
talabini aniqlash uchun tarmoqqa qarashli firmalar talablari yig‘ib chiqiladi. 
Faraz qilaylik, firma ishlab chiqarish omillaridan foydalanib mahsulot ishlab 
chiqaradi. Boshqaruvchi firmaga yana qo‘shimcha qancha ishchi kuchini yollashni 
aniqlamoqchi. Buning uchun firma har bir qo‘shimcha ishchi kuchini yollashdan 
qancha daromad olishni va ushbu birlik yollangan ishchi kuchidan foydalanish uchun 
qancha xarajat ketishini bilishi kerak bo‘ladi. 
Qo‘shimcha yollangan bitta ishchi kuchidan olinadigan qo‘shimcha daromad 
mehnatning chekli daromadliligi deyiladi va u orqali belgilanadi. 
Mehnatning chekli daromadliligi 
L
MRP
ning iqtisodiy ma’nosi shundan iboratki, 
ya’ni u qo‘shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo‘shimcha ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmini , qo‘shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan 
olinadigan qo‘shimcha daromad ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi: 
MRP
L
= MP
L
* MR, (1) 
bu yerda MRP
L
- mehnatning chekli daromadliligi; 
MP
L
- mehnatning chekli mahsuloti; 
MR - chekli daromad. 


Ushbu muhim bo‘lgan (1) munosabat iste’mol bozori raqobatlashganmi yoki 
yo‘qmi har qanday raqobatlashgan omillar bozori uchun o‘rinlidir. 
Masalan, kapital bozori uchun: 
bu yerda - MRP
k
kapitalning chekli daromadliligi; 
MPk
- kapitalning chekli mahsuloti; 
MR - chekli daromad. 
Yer bozori uchun: 
MRP
k
=MP
k
*MR (2) 
Raqobatlashgan bozor sharoitida chekli daromad bozor narxiga teng, ya’ni
bo‘lgani uchun, chekli mehnat daromadliligi quyidagicha aniqlanadi: 
MRP
t
= MPt * P (3) 
Chekli daromadning kamayish qonuniga ko‘ra, mehnatning chekli mahsuloti 
ish vaqti uzayishi bilan kamayib boradi. Demak, chizig‘i narx o‘zgarmasa ham 
pastga qarab yo‘nalgan bo‘ladi (10.1-rasm). 

Download 84.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling