Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari


Download 0.58 Mb.
bet1/42
Sana03.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1153692
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
makro yakuniy javoblar


  1. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari

Ishchi kuchi – bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi. Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo o‘zining aqliy va jismoniy kuch-quvvatini ishlatib, charchagan ishchining qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi. Bu esa ishchi uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari ishchi va xizmatchilarning hozirgi avlodi ma’lum vaqt o‘tishi bilan qariydi. Ularning o‘rinlarini bosadigan o‘rinbosarlar ham tayyorlanishi lozim bo‘ladi. Buning uchun esa ishchining oilasi, bola-chaqasi bo‘lishi lozim, ularning o‘sib-ulg‘ayishi, o‘qishi, zamon talabiga javob beradigan ishchi kuchi sifatida kamol topishi uchun ham shart-sharoit bo‘lishi zarur. Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni bo‘lib uning yoshi va mehnatga bo‘lgan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa cohalarda band bo‘lgan pensionerlar ham ishlashi mumkin.Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo‘jaligida band bo‘lganlar potensial qismi hisoblanadi.Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar o‘rtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan to‘la va samarali band bo‘lishini ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham o‘z ichiga oladi.Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo‘lib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy ko‘payishi hisoblanadi.Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisining soni hamda jinsi va yoshi jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida aholining tabiiy harakatlanishiga bog‘liq bo‘ladi.


  1. Aholining asosiy kategoriyalar

Asosiy mezoniy tushunchalar – kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko’zga tashlanadi.
Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo’yiladigan talab tarzida namoyon bo’lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o’zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarini belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti-harakat ining umumiy yo’nalishini ko’rsatgan holda, ko’pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri – insonparvarlik. U – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g’oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo’lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch. Insonparvarlik tamoyilini, Ovro’po Uyg’onish mutafaqqirlari dastlab ilgari surganlar, degan fikr mavjud. Aslida, insonparvarlik dastavval Sharqda o’rtaga tashlangan, insoniylik, insonparvarlik degan ma’noni bildiruvchi «namlulu» so’zi bundan 3-4 ming yillar avvalgi qadimgi Somir mix xatlarida uchraydi.
Insonparvarlik – umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. Uni sho’rolar davridagi sinfiylik nuqtai nazaridan soxtalashtirish proletar digtaturasi va totalitar sosialistig tuzum hamda ular ijodkorlarining insonparvarligi haqidagi afsonalar juda qisqa umr ko’rdi. Sosializm mafkurachilarining bu boradagi say’-harakatlari o’sha davrlardayoq noilmiyligi, yolg’onga sug’orilganligi bilan kishilarning g’ashini keltirgan edi. Bunday insonparvarlikni xalq qabul qilmaydi. Chunki u aynan o’ta mavhum «xalq» tushunchasiga qaratilgan, vaholanki insonparvarlik markazida muayyan shaxs turmog’i lozim. Har bir shaxs insoniy huquqlarini ta’minlash uchun kurashish – mana, insonparvarlikning asosiy vazifasi. Bu borada umumbashariy ma’naviy qadryatlarni ustuvor deb bilgan bizning davlatimiz ham mamlakat ichkarisida, ham dunyo miqyosida ko’zga ko’rinarli ishlar qilmoqda.
Eng ma’lum va mashhur tamoyil, bu – vatanparvarlik. U insonning o’z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Uni ko’pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar.
Aslida esa, bu tamoyilning qamrovi ancha keng – u insonparvalikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, o’z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo’lidan xatti-harakatlardir. Vatan himoyasi, bu – inson himoyasi, millat himoyasi. Lekin bu himoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydonida emas, balki barcha sohalarda namoyon bo’ladi. har bir sohada Vatan erishgan muvaffaqiyatlardan quvonch, muvaffaqityasizliklardan qayg’u hissini tuyush, Vatan bilan g’ururlanish, uning har bir qarich yeri, binosining har bir g’ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm-fan va san’atdagi yutuqulariga mehr bilan qarash, ularni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash – bular hammasi vatanparvarlikdir.


  1. Ishsizlikning kelib chiqishi va uning sabablari turlari

Iqtisоdiyotning bеqаrоr rivоjlаnishi оqibаtidа, iqtisоdiy pаsаyish dаvridа ishlаb chiqаrish rеsurslаri to’liq fоydаlаnilmаy qоlаdi. YAIMni yarаtishdа qаtnаshаdigаn iqtisоdiy rеsurslаrning eng аsоsiylаridаn biri bo’lgаn mеhnаt rеsurslаridаn to’liq fоydаlаnilmаslik ishsizlikdа nаmоyon bo’lаdi. Mаkrоiqisоdiy tаhlildа mеhnаt rеsurslаri emаs bаlki ishchi kuchi
kаtеgоriyasidаn ko’prоq fоydаlаnilаdi. Ishsizlаr – bu, ishchi kuchining bir qismi bo’lib, ijtimоiy ishlаb chiqаrishdа
bаnd bo’lmаgаn, lеkin ishlаshni xоhlоvchi vа fаоl ish qidirаyotgаn аhоlidir.
Ishsizlikning quyidаgi turlаri mаvjud:

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling