Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari
Inflyatsiya darajasining iqtisodiy tahlili
Download 0.58 Mb.
|
makro yakuniy javoblar
12. Inflyatsiya darajasining iqtisodiy tahlili
Odatda inflatsiyaning ikki asosiy sababi keltirib o‘tiladi: 1)yalpi talabning ortishi; 2) yalpi taklifning kamayishi. Umumiy narxlar darajasining oshishiga olib kelgan sababga ko‘ra inflatsiyani ikki turga ajratadilar: a) talab inflatsiyasi b) xarajatlar inflatsiyasi. Narxlar darajasini real ishlab chiqarish hajmiga ko‘paytmasi (P × Y) nominal ishlab chiqarish hajmi (real YaIM)ni beradi. Muomaladagi pullar tezligi odatda o‘zgarmas kattalik hisoblanadi, shuning uchun pullar taklifining ortishi, ya’ni tenglama chap qismining ortishi uning o‘ng qismining oshishiga olib keladi. Pul hajmining ortishi qisqa muddatda ham (chunki zamonaviy qarashlarga ko‘ra yalpi taklif egri chizig‘i yuqoriga, ya’ni musbat yo‘nalishga ega), uzoq muddatda (yalpi taklif egri chizig‘i vertikal yo‘nalishga ega) ham narxlar darajasining oshishiga olib keladi. Bunda qisqa muddatda inflatsiya real ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan kuzatilsa, uzoq muddatda real ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmaydi va o‘zining tabiiy (potensial) hajmiga teng bo‘ladi. Agar inflatsiya yalpi taklifning qisqarishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa (ya’ni xarajatlarning ortishi oqibatida yuz bersa), u holda bunday inflatsiya xarajatlar inflatsiyasi deb ataladi (cost-push inflation). Xarajatlar inflatsiyasi stagflatsiya holatiga olib keladi, ya’ni bu – bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarishning pasayib ketishi va narxlar darajasining oshishidir. Talab inflatsiyasi va xarajatlar inflatsiyasining birlashuvi natijasida inflatsion spiral hosil bo‘ladi (9.5.3 - rasm). Faraz qilaylik, markaziy bank pul taklifini ko‘paytirdi, bu esa yalpi talabning ortishiga olib keladi. Yalpi talab egrisi AD1 o‘ngga, ya’ni AD2 ga siljiydi. Natijada narxlar darajasi R1 dan R2 ga ko‘tariladi, qisqa muddatda ish haqi stavkasi o‘zgarmas bo‘lganligi sababli (masalan, W1), bunday holatda real daromadlar pasayadi (real daromad = nominal daromad/narxlar darajasi, ya’ni narxlar darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, real daromadlar shunchalik past bo‘ladi). Inflatsiyaning oqibatlari. Inflatsiya tufayli yuzaga keladigan asosiy muammolarga quyidagilarni keltirish mumkin: 1) real daromadlarning pasayishi va 2) pullar xarid qobiliyatining tushib ketishi. Daromadlar real va nominal daromadlarga ajratiladi. Nominal daromad – bu iqtisodiy resurs egalarining o‘z resurslarini sotishlari evaziga oladigan pul daromadlaridir. Real daromad – bu kishilarning o‘z nominal daromadlariga (olgan pullari hajmiga) hozirda real sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlari miqdoridir. Inflatsiya xarajatlari. Inflatsiya jarayoni jiddiy xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: «eskirgan oyoq-kiyimlar» xarajatlari (shoe leather costs). «menyu» xarajatlari (menu costs). Kutilayotgan va kutilmagan inflatsiya. Inflatsiyaning oqibatlari kutilayotgan (expected) yoki kutilmagan (unexpected)ligiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Kutilayotgan inflatsiya sharoitida iqtisodiy agentlar o‘z hatti-harakatlari orqali o‘zlarining real daromadlari va pullarining qadrsizlanishini kamaytirishga, ya’ni minimallashtirishga erishishlari mumkin. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling