14-ma`ruza. Ishlab chiqarish omillari. (Kapital qo`yilmalar va kapital bozori. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish.) Reja


Download 0.72 Mb.
bet1/22
Sana08.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1254356
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
14-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot


14-MA`RUZA. ISHLAB CHIQARISH OMILLARI.
(KAPITAL QO`YILMALAR VA KAPITAL BOZORI. MEHNAT BOZORI VA KORXONALARDA MEHNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISH.)


Reja:
1. Kapital bozori
2. Er bozori
3. Mehnat bozorining umumiy tavsifi

  1. Daromadlarni taqsimlanishi




  1. Kapital bozori



Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo`lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi. Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish tsiklida o`z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o`tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar).
Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u o`z qayta takror ishlab chiqaradi, ya`ni u ishlatilishi davomida o`z qiymatini ma`lum qismini mahsulot qiymatiga o`tkazadi. Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma`naviy, ham jismoniy eskiradi. Jismoniy eskirish - bu kapitalning vaqt o`tishi bilan ishga yaroqsiz bo`lishi bo`lsa, ma`naviy eskirish uning unumdorligining kamayishi, ya`ni yangi ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalarga qaraganda unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha ko`rsatkichlari bo`yicha (mahsulot sifati, foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan orqada qolganligidir.
Asosiy kapital egasi kapital qiymatini undan foydalanish vaqti davomida qayta tiklaydi. Masalan, uskuna 1000000 so`m bo`lib, undan foydalanish muddati 10 yil bo`lsa, uning qiymati 10 yil davomida teng qiymatlarda mahsulot qiymatiga o`tkaziladi deb qaraydigan bo`lsak, har yilgi daromaddan 100000 so`mdan amortizatsiyaga ajratish kerak bo`ladi. Aylanma kapital bir yil davomida o`zining butun qiymatini mahsulot qiymatiga o`tkazib qayta tiklanadi. Kapitalning qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga bog`liqdir. Kelajakda ko`proq daromad olish ishtiyoqi ko`pchilikni bugungi iste`molining bir qismidan voz kechib, uni jamg`arishga undaydi. Jamg`arilgan mablag` pul ko`rinishidagi kapital sifatida biror-bir tadbirkorga ma`lum muddatga qo`shimcha qiymat orqali qaytarilishi sharti bilan berilishi mumkin. Ushbu olingan qo`shimcha qiymatga kapitalga olingan foiz deyiladi.
Ssuda foizi - kapital egasiga uning kapitalidan ma`lum muddat oralig`ida foydalanganligi uchun to`lanadigan narxdir. Kapitaldan foydalanishni tahlil qilganda bugun sarflangan mablag`ni kelajakda sarflanadigan mablag` bilan taqqoslash yoki bugun olinadigan daromad bilan kelajakda olinadigan daromadni taqqoslash muhim ahamiyatga egadir. Bu erda vaqt omilini e`tiborga olish kerak bo`ladi. Bugungi sarflangan bir so`m bir yildan keyin sarflanadigan bir so`mga teng emas. Bularni bir-biriga tenglashtirish uchun, avval ularni bir vaqtga keltirish zarur bo`ladi. Turli xil yillardagi xarajatlarni yoki daromadlarni bir yilga keltirishda diskont ko`paytiruvchisidan foydalaniladi.
Xarajat va daromadlarni bir xil boshlang`ich vaqtga keltirish hisob-kitoblariga diskontirlash deyiladi. Bunday hisob-kitoblar investitsiya loyihalarini baholashda keng qo`llaniladi. Investitsiyalarni tahlil qilganda yillar davomida bo`ladigan xarajatlar bilan loyihadan olinidigan daromadlarni solishtirishga to`g`ri keladi. Kelajakda olinadigan daromadning nafi bugungi kunda olinadigan daromad nafidan kichik bo`ladi. Nima uchun deganda, joriy daromadga (ya`ni, bugungi kundagi daromadga) kelajakda foiz bo`yicha qo`shimcha daromad olish mumkin.
Loyihalarni tahlil qilishda loyiha qiymatini aniqlash uchun bugungi kunda qo`yilgan kapital mablag`lar bilan loyiha amalga oshirilgandan keyin olinadigan daromadlarni solishtirish zarur bo`ladi. Buning uchun joriy xarajatni va kelajakda olinadigan daromadni hisob-kitob qilish kerak.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling