14-ma`ruza. Ishlab chiqarish omillari. (Kapital qo`yilmalar va kapital bozori. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish.) Reja


-rasm. Investitsiyaga talab funktsiyasi grafigi


Download 0.72 Mb.
bet7/22
Sana08.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1254356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
14-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

14.3-rasm. Investitsiyaga talab funktsiyasi grafigi.

Investitsiyaga talab funktsiyasi berilgan loyiha investorlar tomonidan kapital mablag` qo`yishi mumkin bo`lgan maksimal foiz stavkasini ifodalaydi. Yuqori foiz stavkasida yuqori foyda berishi mumkin bo`lgan loyihalar amalga oshiriladi. Foiz stavkasi kamayganda kapital mablag` qo`yish masshtabi kengayadi, ya`ni kam foyda beradigan loyihalar ham mablag` bilan ta`minlanadi.


Inflyatsiyaning ta`siri. Inflyatsiya yoki narxlarning umumiy darajasining o`sishi joriy va kelajakda olinadigan mablag`lar nisbatini o`zgartiradi. SHuning uchun ham inflyatsiya darajasi loyihalarni baholashda e`tiborga olinishi zarur. Agar barcha tovarlarga, xizmatlarga va ishlab chiqarish resurslariga (ish haqiga ham) bo`lgan narxlarning darajasi o`sganda, ular o`rtasidagi nisbat o`zgarmasa, bunday o`zgarishga balanslashgan inflyatsiya deyiladi. Bunday holda, ya`ni narxlarning o`sish sur`ati bir xil bo`lganda loyihani tahlil qilishda inflyatsiyani hisobga olmasa ham bo`ladi. Nominal narxlardan, nominal foiz stavkasidan foydalanib daromadlar va xarajatlarni hisoblab, ularni solishtirish mumkin. Foyda va xarajatlarni belgilangan (solishtirma) narxlarda ham hisoblash mumkin, lekin bunday holda real foiz stavkasidan foydalanish kerak bo`ladi. Agar har bir tovar, xizmat va resurs o`zining narx o`sish sur`atiga ega bo`lsa, inflyatsiya balanslashmagan bo`ladi. Balanslashmagan inflyatsiya loyiha bo`yicha hisob-kitoblarni murakkablashtirib yuboradi.
Nominal foiz stavkasi - bu joriy pul birliklarida ifodalangan jamg`armaga yoki ssudaga bo`lgan daromad normasi.
Real foiz stavkasi - bu o`zgarmas (ya`ni, inflyatsiya darajasiga ko`ra o`zgartirilgan) pul birliklarida ifodalangan jamg`arma yoki ssudaga bo`lgan daromad normasi.
Faraz qilaylik, nominal, - real foiz stavkasi bo`lsin. - inflyatsiya darajasi sur`ati, ya`ni

bu erda - joriy narx darajasi;
- ma`lum vaqt o`tgandan keyingi (bir yildan keyingi) narx darajasi.
Faraz qilaylik, qandaydir joriy qiymat berilgan bo`lib, u bir yildan keyin bo`lsin. U holda
.
Pulning sotib olish kuchini aniqlaymiz. Bu erda hozirgi sotib olish kuchi; - kelajakda sotib olish kuchi.
U holda

Bundan real foiz stavkasi quyidagiga teng:

ya`ni, yoki


Inflyatsiya darajasi (sur`ati) kichik bo`lganda real foiz stavkasi quyidagicha hisoblanishi mumkin:

Umuman olganda, firmalarning talabi moddiy kapital ne`matga (uskuna, texnologik liniya) emas, balki vaqtincha bo`sh bo`lgan pul mablag`igadir. Ushbu pul mablag`ini moddiy kapitalga sarflab, ulardan foydalanish natijasida kelajakda oladigan foydaning bir qismini pul egasiga qaytarish kerak bo`ladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling