14.16-rasm. Ish haqining o`sishi natijasida ish vaqtining o`sishi.
Daromadning yanada oshib borishi barcha shaxslarni ham dam olish vaqtini qisqartirib, ish vaqtini oshirishga undayvermaydi. Dam olish vaqtining qisqarib borishi, uni shaxs uchun bo`lgan qimmatini oshiradi. Yuqorida eslatib o`tganimizdek, sutkasiga 24 soat ishlash ma`noga ega emas. Bo`sh vaqtni qimmatini oshib borishi shunga olib keladiki, daromad samarasi, o`rnini bosish samarasidan oshib ketadi (14.16-rasm). Natijada ish vaqti dan gacha qisqaradi.
14.18-rasm. Daromad samarasi o`rnini bosish samarasidan ortiq bo`lgan hol, 0t0, 0t1, 0t2 lar bo`sh vaqt, t0N, t2N va t1N lar ish vaqti.
Shaxsning bo`sh vaqti esa dan ga o`sadi. Bo`sh vaqt qimmatini ortishi, ish haqi oshganda individual shaxsning mehnat taklifi chizig`i manfiy yotiqlikka ega bo`ladi (16.10-rasm).
14.19-rasm. Ish haqi oshganda ish kunini qisqarish
taklif chizig`i yotiqligi.
Ish haqi o`sishining dam olish vaqti bilan ishlash vaqti o`rtasidagi nisbatga ta`siri. Odatda ish haqi oshganda, ko`pchilik ko`proq ishlab, ko`proq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo`sh vaqtning ham qimmati oshib boradi. Inson ma`naviy o`sishga ham intiladi. Ish vaqti ma`lum vaqtgacha o`sgandan keyingi ish haqining o`sishi, ish vaqtini qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda o`rnini bosish samarasi hamda daromad samarasi mavjud bo`ladi. O`rnini bosish samarasida yuqoriroq ish haqi, ishchining real daromadini oshiradi. Ishchi ko`p daromad olganda, u ko`proq ne`matlarni sotib oladi, ushbu ne`matlardan biri, yaxshi dam olishdir. Agar ishchi dam olishga ko`proq mablag` sarflasa, daromad samarasi (daromadning oshishi), uni kamroq ishlashga undaydi. Quyidagi rasmda (14.19-rasm) ish haqi o`sishining uch bosqichi ko`rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |