Marketing faoliyatini rejalashtirish tovarlarga bo`lgan ehtiyojni, barcha mavjud moddiy
Download 32.21 Kb.
|
3 ai
Marketing faoliyatini rejalashtirish tovarlarga bo`lgan ehtiyojni, barcha mavjud moddiy resurslarni aniqlashni, talab va taklifni rejalashtirishni va tovarlarni iste`molchilarga o`z vaqtida va to`liq etkazib berishni, moddiy resurslardan to`la va tejab-tergab foydalanish va hokazolarni o`z ichiga oladi. Tovarlarga bo`lgan ehtiyojini rejalashtirish o`z navbatida ish turiga doir ayrim materiallarning kerakli miqdorini hisoblash, ularga bo`lgan ehtiyojni texnikaviy-iqtisodiy jihatdan asoslab berish, tovarlarga bo`lgan ehtiyoj rejalarini tuzib, tegishli korxonalar va savdo tashkilotlariga topshirish, bu rejalarni himoya qilish kabilarni o`z ichiga oladi. Ehtiyoj rejalari mahsulot birligiga material sarf qilish normalari asosida tuziladi. Marketing bo`limi va guruhi rejalashtirish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar bilan, birgalikda moddiy resurslarni aniqlaydi va hisobga oladi. Bunda ular davriy hisobotlar va mavjud moddiy resurslarni inventarizatsiya qilish materiallariga asoslanib ish ko`radi. Tovarlarni iste`molchilarga sotish rejalashtirilayotganda iste`mol qilinmay qolgan materiallar, davlat buyurtmalari, ichki imkoniyatlardan foydalanish to`g`risida topshiriqlar va materiallarga berilgan talabnomalar hisobga olinadi. Tovarlar ishlab chiqaruvchilardan iste`molchilarga o`z vaqtida va to`la etib borishini rejalashtirish maxsus talabnomalarni solishtirishni, ularni bajarish uchun tovarlarni etkazib beruvchilariga topshirishni, materiallar etkazib berish hajmi va muddatlarni belgilashni, qanday transport vositalari bilan tashishni va sotish shakllarini belgilashni hamda tovarlarni omborlarga keltirishni o`z ichiga oladi. Tovarlarni to`g`ri va tejab-tergab sarflashni rejalashtirish xom-ashyo, materiallari va yoqilg`i sarfini normallashtirishni, uskunalar, mashina va mexanizmlardan foydalanish ko`rsatkichlarini belgilashni, shuningdek moddiy resurslarni sarflash va asosiy fondlardan foydalanish ustidan nazorat qilishni ko`zda tutadi. Marketing quyidagi printsiplar asosida rejalashtiriladi: Milliylik printsipi: marketing biznes-rejalari, avvalo hukumat siyosatini aks ettiradi. Siyosiy rahbarlikni xo`jalik rahbarligidan ajratib bo`lmaydi, ular bir butun rahbarlikdir. Bu printsip
49
xo`jalik vazifalarini hal etishda printsipiallikni va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan yondoshishni talab qiladi. Milliylik printsipi marketingda, mahalliychilik, millatchilik va qarindoshchilikka mutlaqo yo`l qo`ymaydi.
vazifalarini ilgari suradiki, milliy iqtisodiyotning yanada yuksalib borishi va respublika iqtisodiyotining mustahkamlab borishi va o`sha vazifalarning bajarilishiga bog`liqdir. Bu vazifalar hamma bosqichlarda ham bir xil bo`lmaydi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o`tishning shu kundagi bosqichida marketing biznes-rejasi bozorni, eng avvalo, iste`mol buyumlari bilan to`yintirish, sanoat korxonalarini esa eng yangi texnika va texnologiya bilan va umuman iqtisodiyotimizga bu muammolarni tezroq hal etish uchun ko`plab chet el investitsiyalarni jalb qilishga yo`naltirmog`i lozim. Yaqin kelajakda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo`nalishi ishlab chiqarishning progressiv va iqtisodiy jihatdan samarali tarmoqlarini tez sur`atlar bilan o`stirishga qaratilishi ko`zda tutilmoqda. Marketing biznes-rejalarida ana shu etakchi bo`g`inlarni birinchi navbatda ta`min etishni ko`zda to`tishlari zarur.
demakdir. Bu printsip ob`ektiv iqtisodiy qonunlarni bilishni, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun talab va ehtiyojlarni hisobga ola bilishni taqozo qiladi. Marketing biznes-rejalari real bo`lishni, texnika yangiliklari, progressiv normalar qo`llashni talab qiladi. Marketing biznes- rejalari hozirgi davrning iqtisodiy qonunlari asosida tuzilishi lozim. Marketing biznes- rejalarining ilmiy asoslanganligi ko`p jihatdan ularning iqtisodiy-matematik modellar va usullar hamda komp`yuter, hisoblash texnikalaridan foydalanib tuzilishiga bog`liqdir. Marketingni biznes-rejasini tuzishda yuqorida qayd qilingan printsiplardan tashqari demokratik tsentralizm va boshqa printsiplarga ham asoslaniladi. Marketing biznes-rejasi milliy iqtisodiyot biznes- rejasining muhim va ajralmas tarkibiy qismidir. Marketing biznes-rejalarini barcha korxonalar, qurilish tashkilotlari, vazirliklar, idoralar tomonidan va respublikamizning markaziy rejalashtirish organlari ham tuzadi. Demak, marketing biznes-rejalari milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va bo`g`inlarida tuziladi. Marketing biznes-rejalari taqsim qilinadigan mahsulot nomenklaturasining amal qilish muddatlari, ko`lami va rejalashtirish davriga qarab bir qancha turga bo`linadi. Amal qilish davriga qarab, ular perspektiv va joriy rejalarga, joriy rejalar o`z navbatida yillik, chorak va oylik rejalarga bo`linadi. Amal qilish ko`lamiga qarab, marketing rejalari: respublika, tarmoq, korxona va sof marketing korxonasi biznes-rejalariga bo`linishi mumkin. Perspektiv marketing biznes- rejalari, o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ular faqat ayrim ko`rsatkichlar bo`yichagina tuziladi. Bunda uzoq muddatga mo`ljallangan tovarlar, resurslarning muhim turlari bo`yicha sarflash normalari va ularga bo`lgan ehtiyoj butunicha taxminiy tarzda korxonalarda va tashkilotlarda hisoblab chiqiladi. Respublika, rayon va ayrim xo`jaliklar bo`yicha, muhim tovarlar bo`yicha moddiy balanslar tuziladi. Bu balanslar perspektiv rejalarni ishlab chiqish maqsadida tuzilib, bu rejalar moddiy resurslar bilan asoslanadi. Yillik marketing biznes-rejalari joriy rejaning bir qismi bo`lib, ularda tovarga bo`lgan ehtiyoj va bu ehtiyojni qoplash manbalari kelgusi yil uchun aniqlanadi. Bu rejada jismoniy shaxslar, asosiy va yordamchi xo`jaliklarning, shuningdek ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan sohalarning ham ehtiyojlari ko`rsatiladi. Chorak va oylik marketing rejalari, yuqorida keltirilgan perspektiv va yillik rejalardan ko`p jihatdan ajralib turadi. Ular faqat quyi marketing tashkilotlari va korxonalarida tuziladi. Bu rejalar tovarlarning ko`rsatilgan nomenklaturasi bo`yicha tuziladi. Respublika marketing biznes-rejalari tovarlarni ichki va tashqi bozorda sotishni, eksport va import rejalarini tuzishni, marketing byudjetini aniqlashni, tarmoq rejalari esa shu vazirlik va idoralarga qarashli korxona va tashkilotlarni tovarlarini sotishni o`z ichiga oladi. Zavod-fabrika rejalari har bir korxonada tuziladi. Korxonada marketing rejasi, avvalo tovarga bo`lgan ehtiyojning homaki, dastlabki hisob-kitoblarga asoslanib ishlab chiqiladi, chunki qat`iy reja tuzish uchun ishlab chiqarish va kapital qurilishning hajmi hali tasdiqlanmagan bo`ladi.
50 Marketing biznes-rejalari milliy iqtisodiyot rejasi va korxonalardagi biznes-rejaning hamma qismlari bilan chambarchas bog`langandir. Masalan, ishlab chiqarish dasturi bilan marketing biznes-rejalari bir-biri bilan, ayniqsa uzviy bog`langandir. Ishlab chiqarish dasturi moddiy resurslarga bo`lgan ehtiyojni belgilab beruvchi boshlang`ich hujjatdir. Ko`pgina korxonalarda ishlab chiqarish dasturi rejalashtirilayotganida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash rejasi ham ishlab chiqiladi. Bu reja ham marketing rejasida o`z aksini topishi kerak. Marketing biznes-rejasi yangi texnikani qo`llanish (texnika taraqqiyoti, mehnat unumdorligini oshirish) rejalari bilan ham bog`liq. Yangi texnikani rivojlantirish rejasi marketing biznes-rejasi bilan ikki tomonlama bog`liqdir: birinchidan, yangi texnikani rivojlantirish ishi ma`lum moddiy xarajatlarni talab qiladi; chunonchi tajriba o`tkazish maqsadida yasaladigan namunalarga har xil materiallar ishlatiladi. Bu materiallar marketing biznes-rejasida albatta aks ettiriladi;
ikkinchidan, marketing biznes-rejasi tuzilayotganida texnika taraqqiyotining sarflash normalariga ta`siri va shu munosabat bilan sotiladigan, talab qilinadigan yoki resurslar miqdori hisobga olinadi. Marketing biznes-rejalari mahsulot tannarxi rejalari va moliyaviy rejalar bilan ham uzviy bog`langan. Marketing organlari mahsulot qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi ishlab chiqarish vositalari bilan ta`minlab, mahsulot tannarxining kamayishiga va foydaning ko`payishiga ta`sir etadi. Bu hol marketing biznes-rejasida o`z aksini topadi. Bunda biz material sarflash normalarini pasaytirish, materiallar, yonilg`i va hokazolarni tejab-tergab sarflash topshiriqlari haqida fikr yuritmoqdamiz. Marketing biznes-rejasining moliyaviy reja bilan bog`liqligi quyidagilardan iborat: korxonalar ko`pincha mavsumiy va boshqa zapaslar uchun bankdan qarz oladi, bu qarzlar ularning moliyaviy rejalarida aks ettiriladi. Aylanma mablag`lar normasi xom-ashyo materiallar va yoqilg`i zapasi normasiga va boshqa normalarga bog`liqdir. Bu normalarning hammasi marketing rejasida o`z aksini topadi.
Download 32.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling