Marketing faoliyatini rejalashtirish tovarlarga bo`lgan ehtiyojni, barcha mavjud moddiy
Bozorni kompleks o`rganish va marketing izlanishlarini tashkil etish
Download 32.21 Kb.
|
3 ai
2. Bozorni kompleks o`rganish va marketing izlanishlarini tashkil etish
Marketing tadqiqotlar-bu tovar va xizmatlarni ayriboshlash va ishlab chiqaruvchining sotish bilan bog`liq barcha ma`lumoti va muammolarning maqsadli to`plamini tahlil qilishdir. Marketing tadqiqotlari muayyan tovar bozorining mavjudligi va uni egallash hamda mustahkamlanib qolish kabi savollarga ko`proq amaliy javob beradi.(A. Xosking). Marketing tadqiqotini o`tkazish quyidagi turtibda amalga oshiriladi: -masalaning qo`yilishi va firma oldida turgan muammolarni aniqlash; -tadqiqot maqsadlarini aniqlash va xarajatlarning qiymatini baholash; - axborot to`plash va uni turkumlash; -dastlab berilgan, so`ng hisoblanganlarni tahlil qilish; -tavsiyanomalarni ishlab chiqish. Marketing tadqiqotlarining asosiy yo`nalishlari-bozorni o`rganish va marketing majmuasining asosiy elementlarini, tovarni, tovar narxini, tovar xarajatini va sotishni rag`batlantirish natijalarini tahlil qilish. Marketing tadqiqotlari natijasida olingan axborot tadbirkorlar uchun xo`jalik strategiyasini ishlab chiqshda va amalga oshirilishida muhim ahamiyatga ega. Hozirgi zamon bozorida muvaffaqiyatga erishish, ilmiy texnika natijasida firmaning ishlab chiqarish, moliyaviy va texnologik saloxiyati bilan emas, balki marketing tadqiqotlari o`tkazishdagi faollik, tashabbuskorlik va tajribasi bilan aniqlanadi degan fikr- muloxazalar xukm surmokda. Buni tasdiklovchi haqikat shuki, keyingi 10- 15 yilda marketing tadqiqotlari zamonaviy biznesning katta mustaqil sohasiga aylanib ketdi. Ma`lumotlarga ko`ra 50 foizdan ko`p amerikalik, 86 foiz evropalik va 60 foiz Yaponiya biznesmenlari, firma va kompaniyanlari marketing tadqiqotlari o`z kuchlari bilan olib boradilar. Qolganlarga esa maxsus tadqiqot muassasalariga murojaat qilishadi. Hozir marketing tadqiqotlari bilan juda ko`p ilmiy - tekshirish byurolari, firmalari, agentliklari, universitetlari, davlat muassasalari shugullanmokda. Masalan, G`arbiy Germaniyada 120 dan ko`proq 3 ming kishilik ilmiy xodimlari bo`lgan tashkilotlar marketing tadqiqoti olib bormokda. Frantsiyada bunday
51
muassasalar 100, Angliyada 200, AQSh da 800 dan ko`proq bo`lib, bir yilda 1 milliard dollar atrofida mablag` aylantiradi. Marketing tadqiqotlariga bunday qizikishning asl ma`nosi - bozorda raqobat shaklining o`zgarib borishi va aholi talabiga fan-texnika yutuklarning katta ta`sir o`tkazishidir. “Baholar urushi” deb atalgan 30- 60-yillardagi raqobat uslublari o`rnini mahsulotning tayyorlanish sifati, assortimentining tez o`zgarishi, sotishdan keyingi servis va texnika xizmat ko`rsatishlar egallamoqda. Bozorni segmentlarga ajratish - uning iste`molchilarini maxsus guruhlash demakdir. Marketing amaliyotida bozorni segmentlarga bo`lishda uch xil yondashish ishlab chikilgan. Birinchi-ommaviy bozor. Korxona unga kirishda, keng xaridorlar ommasiga qaratilgan bir xil marketing dasturlariga ega bo`ladi. Ikkinchidan-segmentlashgan bozor. Korxona unda, asosiy e`tiborini alohida belgilariga ega bo`lgan bir xil segmentlarga qaratadi. Ana shu segment uchun maxsus dastur ishlatiladi. Uchinchi- ko`pchilik ko`rsatkichlari bilan tabaqalashgan bozor. Bunda o`z xususiyatlari bilan farqlanadigan bir yoki ikki xil segmentga alohida ishlab chiqiladi. Bozor segmentlari doimiy emas. Har doim korxona o`zining imkonyatlari va maqsadlariga mos holda bozorni quyidagi segmentlarga bo`lish mumkin. Masalan, iste`mol tovarlari bozorida quyidagi segmentlar mavjud: -xaridorlar segmentlari (iste`molchilar, ularning talablari, hatti-harakatlari va boshqa belgilar); -tovarlar segmentlari (ommaviy va arzon, qiymat va maxsus kundalik, yangi va xokazo); -savdo segmentlari (tovar harakati, sotish usullari va boshqalar); - geografik segmentlar (iqtisodiy rivojlanish daradjasi bo`yicha tuman, shahar, viloyatlar) aholi soniga va joylashishiga qarab bo`linadi. Amaliyotda albatta bozorni yuqoridagi va boshqa belgilariga qarab segmentlanadi. Ammo, hamma vaktda, segmentlar orasida tafovut ajralib turishi, aksincha xaridorlarda esa o`xshashlik bo`lishi shart. Korxona o`zi tanlagan segmentlari xususiyatlarini va talablarini o`lchay olishi va ularga chiqish yo`llarini egallashi lozim. Segmentlar keraklicha keng hajmli va kelajagi porloq bo`lishi kerak. Iste`molchilar sifatida, bozorda ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana savdo, davlat va boshqa notijorat muassasalari katnashishlari mumkin. Iste`molchilarning asosiylari-tovarlar va xizmatlarning shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarini kondirish uchun xarid qiluvchi kishilardir. Marketingda tadqiqotlar o`tkazish va segmentlashning asosiy maqsadi ana shu iste`molchilarning bozordagi hatti-harakatlarini chuqur o`rganib, ularning obrazini (modelini) yaratish va kelajakdagi ehtiyoj (talab) larini tasavvur qilishdan iborat. Marketing kontseptsiyasi (tamoyili) ga asosan, har kanday korxona, bozorda muvaffakayatga erishish uchun eng avvalo ista`molchilar tilak-istaklarini nazarda tutish kerak. Bu esa iste`mol jarayonini, aholi ehtiyoji va talabini bilish va ularga mos tushadigan tovarlar va xizmatlar taklif etishini taqozo qiladi. Marketing nazariyasi va amaliyoti iste`molchilar talablarini o`rganishda, ularning ijtimoiy- iqtisodiy va demografik tavsiflariga ko`ra (daromad, yashash joyi va sharoiti, oila tarkibi, jinsi, yoshi, mashguloti va boshqalar) darajalab turlarga bo`lish uslubini ishlab chiqqan. Shu bilan birga iste`molchilar xatti-harakatini psixografika asosida tahlil qilinishi (qiziqishlari- xobbi, yangiliklarga progressiv va konservativ qarashlari, hayotiy mujizalar to`g`risidagi fikrlari va boshqalar) orqali, ularni emperik turlarga ajratish keng rivojlanmoqda. Natijada iste`molchilar, ijtimoiy- iqtisodiy va demografik o`xshashlariga qarab “Modani quruvchilar”, “dasturchilar”, “nafosatshunoslar”, “texnikasevarlar” va boshqalarga bo`linadi. Bozorlarni segmentlashda uslubiy va axborot to`plash hamda turlarga bo`lish asosi bo`lib PANeLLI o`rganish hisoblanadi. Iste`molchilar panelli- oldindan tayyorlangan dastur
52 asosida doimo ko`zatib boriladigan tanlama iste`molchilar guruhi (oilalar) yoki qishloq, mahalla, ovul, tuman va shahar bo`lishi mumkin. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlkatlarda iste`molchilarning madaniy saviyasi yuqorilashib borgan sari, ularning o`z huquqlarini bozorda himoya qilishlari uchun kurash ham kuchayib bormokda. “Kons`merizm”- deb ataluvchi ana shunday ittifoqlar 60- yillarda vujudga keldi. Ular bozorda paydo bo`lib qolayotgan, tekshirilmagan dorilar, sabzavot, poliz ekinlari va hokazolarga karshi kurashmokdalar. Hozir iste`molchilar huquqini himoyalash ko`rashi keng rivojlangan. Ularning talablari bilan iste`molchilarga atalgan jurnallar, reklama, maslahatlar, tovarlarni ekspertiza qilish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchilarni javobgar qilishgacha bo`lgan tadbirlar amalga oshirilmokda. Ana shu harakat katnashchilari talabi va ta`siri natijasida 1985 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assambleyasi “Iste`molchilarni himoya qilishga oid quyidagi raxbarlik talablarini” ishlab chikdilar:
zararli tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga milliy va xalqaro mikiyosda qarshi kurashishda mamlakatlarga yordam berish;
iste`molchilarga bozorda past narxlar bilan ko`p miqdorda tovar taklif etish sharoitlari yaratilishini rag`batlantirish;
tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilar orasida iste`molchilarga yuqori darajada estetik (nafosatli) munosabatda bo`luvchilarni alohida siylash.
Bu talablar iste`molchilar salomatligini vva havfsizligini himoya qilishga qaratilgan. Hozir istemolchilar Ittifoqining xalqaro tashkiloti mavjud. Unga 70 davlat a`zo bo`lgan.
O`zbekistonda ham iste`molchilar huquqini himoya qilish bo`yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va muhokamaga qo`yildi. Marketing tashkil etish deganda uning vazifalarini bajaruvchi tarkibiy bo`linmalarining tuzilishi va ularning o`zaro mas`uliyatlarini hamda bog`liqliklarini ifodalovchi tizimni yaratish tushuniladi. Bunday tizim oddiy firmadan tortib bozorda ishtirok etayotgan barcha sub`ektlar, davlat yoki nodavlat, tijorat yoki notijorat, tuman, shahar, viloyat va respublika mikesida faoliyat ko`rsatayotgan muassasa va tashkilotlarda tuzilgan marketing xizmatlarini o`z ichiga oladi.
Marketing xizmati vazifalari uning o`ziga xos tamoyillari asosida kelib chiqadi. Bunga quyidagilar kiradi: korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va bozor haqidagi axborotlarni to`plash va tahlil qilish, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish savdo va xo`jalik faoliyatini reklama qilish, moliyaviy va boshqa jihatlari bo`yicha manfaatlarga mos karor qabul qilish uchun zarur hisob-kitob ko`rsatkichlarini tayyorlash; talab shakllanishini faollashtirish va sotishni tezlashtirish.
Marketing xizmati korxonalarda iktsodiy ahvol o`zgarib borayotgan bozordagi iste`molchilarning talabi bilan korxona ishlab chiqarishi savdo va xo`jalik faoliyati munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun tashkil qilinadi.
Marketing xizmati bu bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida korxona boshqaruvi uchun etishmay turgan shunday bir faoliyati turiki, u ishlab chiqarish moliya, savdo, xo`jalik, texnologik kadrlar masalasi va boshqa sohalarda bozor zaxiralarini kondirish va foyda olishga asoslangan yo`nalishlar jarayonini yaratadi.
Bozor sharoitida xaridorga bo`lgan e`tibor katta ahamiyatga ega bo`lib, marketingning ustunlaridan biri hisoblanadi. Marketing faoliyati murakkab jarayondir.
Korxona (firma, birlashma, va x.k.lar) bozorda o`z urnini egallab, uni mustaxkamlashga, mahsulotining raqobatbardosh va haridogir bulishini hamda olaetgan daromadining xajmi oshishini maqsad qilib kuygan bo`lsa, marketing faoliyati doim to`g`ri va sifatli olib borilishi lozim.
Korxonada marketingning asosiy maqsadi Berilgan vakt chegarasida va faoliyati mablag`lar bilan ta`minlanishi doirasida rentabellikni ta`minlash va belgilangan xo`jalik hisobidagi foydani olishdan iborat. Marketingni tashkil etishda ikki jihat muhim: maqsadlar va marketing xizmati makomi e`tiborga olinadi.
53
Maqsadni tanlash. Ko`pgina rahbarlar hozirgi paytda o`z korxonalarining asosiy maqsadi sifatida eng yuqori foyda olishni ko`rsatadilar. Lyokin bu tanlov unchalik maqbul emas. Aytalik, agar korxona uzoq kelajakni ko`zlab ish yuritayotgan bo`lsa (marketing faoliyati aynan mablag`ni ITKIga, asosiy sarmoyaga, ishlab chiqarish tayyorligiga va kadrlar malakasini oshirishga sarflashi kerak. Bu tadbirlarning hammasi ishlab chiqarish xarajatlarini ko`paytiradi va foydaning kamayishiga olib keladi. Katta foyda olish haqida ham, yaqin kelajakda foydani ko`paytirish haqida ham hamisha gapiravermaslik kerak. Masalan, agar korxona yangi bozorga kirib bormokchi bo`lsa, avval boshda xech kanday foyda olmasligi, aksincha, ko`pincha xatto zarariga ishlashi mumkin. bundan tashkari, ko`pgina mamlakatlarda qabul qilingan foydaga karab soliqning ortib borishi korxonaga rejalab kuyilganidan ortikcha foyda olish maqbul emasligini isbotlaydi. Yaponiyadagi mashxur “Matsusita Denki” firmasining asoschisi Konosuke Matsusitaning fikricha, faqat unchalik yuqori emas, unchalik kam ham emas, balki okilona mikdorda foyda olgandagina korxona o`z faoliyatini kengaytirishi mumkin. Marketing tashkil etishga kirishgan korxonaning maqsadlari kanday bulishi kerak? Marketingning tan olingan peshkadamlari bulmish yaponlar tajribasidan kelib chikadigan bo`lsak, asosiy maqsadlar (afzalligi tartibiga karab) quyidagilardan iborat: -sotish xajmi -o`sish sar`atlari (sotuv yoki foyda xajmi); -bozordagi xissasi; -rejadangan foyda, bu foydaning xajmi, foydaning sotuv xajmiga nisbati, barcha sarmoyaga foyda me`yori, foydaning hissadorlik sarmoyasiga nisbati va boshqalarda aks etishi mumkin;
-sarmoyaning tarkibi, ya`ni faollarning umumiy summasiga yordam shaklidagi sarmoyaning nisbati (bu Yaponiyada taxminan 20% ga teng). Bu ruyxatni boshqa turlicha maqsadlar bilan ham tuldirish mumkin. Masalan, mahsulot sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va shu kabilar. Maqsadlarni ishlab chikishda ular korxona xodimlarining niyyatlarini aks ettirishi zarurligiga aloxida e`tibor berish kerak. Aks holda ishlovchilarning ishlab chiqarish jarayonidan “ichki o`zilish” ruy beradi. Har bir yapon ishchisi o`zi ishlaytgan firmaning vazifalarini osongina aytib bera oladi, chunki bu vazifalarning bajarilishidan u nixoyatda manfaatdor. Shuni anglash mumkinki. Korxonada marketingning chinakamiga joriy kilinishi uchun unda tegishli xizmatni tuzishning o`zi etarli emas. Marketing bulimi dikkat markaziga mahsulotning pirovard iste`molchilari bilan bog`liq barcha muammolar tushadi. Bu paytda boshqa bulinmalar o`z e`tiborini turli jo`z`iy vazifalarga karatgan bo`ladi. shuning uchun ham marketing bulimi buiun faoliyatni muvofiqlashtirib turishini tan olish mutlako tabiiydir. U ishlab chikraish jarayonida etakchi bulishi uchun uning makomini boshqa bulinmalar ichida eng yuqori qilib belgilash lozim. Korxona (firma, birlashma va hokazolar) bozorda o`z urnini egallab, uni mustaxkamlashga, mahsulotning raqobatbardosh va xaridorgir bulishini hamda olayotgan daromadining xajmi oshishini maqsad qilib kuygan bo`lsa, marketing faoliyati doim to`g`ri va sifatli olib borilishi lozim.
QISQAChA XULOSALAR
Marketing- muhtojlik va ehtiyojni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir.
Marketing firmani uzoq muddatli, yuqori darajani foyda olishi niyatida faqat iste`molchiga qaratilgan maqsadli ishlab chiqarish va sotish faoliyati hisoblanadi.
Bozorni o`rganish, bilish va ishlab chiqarishni boshqarish bugungi kunga kelib, har bir tadbirkorning eng asosiy vazifalardan biri bo`lib qolmoqda. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o`tishi munosabati bilan tadbirkorlikka keng yo`l ochib berilganligi, yurtimizda faoliyat
54
kursataetgan ko`plab firma va korxonalar uchun, ishlab chiqarishni boshqarish, mahsulotni sotish yullarini, maqsad va vazifalarini marketing asosida tashkil etishi uchun sharoitlar yaratildi.
Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, bu ishlab chiqarishning ko`lami va hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko`payishi va tadbirkorlar o`rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
NAZORAT VA MULOHAZA SAVOLLARI:
1. Marketing tushunchasini mazmuni nimadan iborat? 2.
3.
Marketingni maqsadi nimadan iborat? 4.
Marketingning asosiy tamoyillarini mazmunini aytib bering. 5.
Korxonalarda marketing faoliyati qanday tashkil etiladi? 6.
Download 32.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling