Jamg`arma va vaqt bo`yicha chekli tanlash normasi. Insonlar joriy va kelajakdagi iste`molni bir-biri bilan solishtirib, jamarish to`g`risida qaror qabul qiladilar. Odatda shaxs kelajakda ko`proq iste`mol qilish uchun bugungi kundagi bir so`mlik iste`molidan voz kechadi. Masalan, shaxsning bir yillik daromadi 100 ming so`m bo`lsin. Agar u ushbu daromadini joriy yilda to`liq iste`mol qilsa, uning jamg`armasi nolga teng bo`ladi. Shaxs ushbu daromadidan 10 ming so`mini jamg`aradi (10 ming so`mlik joriy iste`moldan voz kechadi), agar u kelajakda 10 ming so`mdan ko`proq iste`mol qilish imkoniyatiga ega bo`lsa, masalan 15 ming so`mlik. U holda uning vaqt bo`yicha chekli tanlash normasi quyidagicha aniqlanadi:
- vaqt bo`yicha chekli tanlash normasi, bu shaxsning umumiy tushum darajasi o`zgarmagan sharoitda bir birlik joriy iste`moldan voz kechish hisobiga bo`ladigan kelajakdagi qo`shimcha iste`mol qiymati bo`lib, u shu voz kechilgan birlik iste`molni qoplash uchun etarlidir.
Vaqt bo`yicha tanlash investitsiya qo`yishga jamg`arma orqali ta`sir qiladi. Lekin, joriy iste`mol hisobidan jamg`armani xohlagancha oshirish mumkin emas. Nega deganda, umumiy daromad cheklangan. Jamg`arma umumiy daromaddan iste`molni ayrilganiga teng.
bu erda - jamg`arma; - umumiy daromad; - iste`mol.
Ma`lumki foiz stavkasi qancha yuqori bo`lsa, jamg`arishga moyillik shuncha yuqori bo`ladi va aksincha.
Qiymatni diskontirlash. Bir yildan keyin beriladigan bir so`mning bugungi qiymati qancha bo`ladi? Bu savolga javob - foiz stavkasiga bog`liqdir. Faraz qilaylik, foiz stavkasi bo`lsin. U holda biz bir so`mni jamg`aradigan bo`lsak, uning qiymati bir yildan keyin so`mga teng bo`ladi (agar foiz stavkasi bo`lsa, bugungi bir so`m bir yildan keyin 1,5 so`mga teng bo`ladi). Demak, aytishimiz mumkinki, bir yildan keyin olinadigan bir so`mning bugungi qiymati so`mga teng, ya`ni u bir so`mdan kichik bo`ladi. Xuddi shunday ikki yildan keyin to`lanadigan bir so`mning bugungi qiymati ga teng bo`ladi. Nima uchun deganda, bir so`m foiz stavkasi bo`yicha investitsiyaga qo`yilsa, ikki yildan keyin u so`mga teng bo`ladi.
Umumlashtirib aytadigan bo`lsak, joriy diskontirlashtirilgan qiymat (Present Discount Value), ya`ni boshlang`ich yilga keltirilgan qiymat - bu ma`lum muddat o`tgandan keyin to`lanadigan bir so`mning bugungi qiymati (narxi).
Agar muddat bir yilga teng bo`lsa, ga teng.
Agar muddat yilga teng bo`lsa, ga teng bo`ladi.
Quyidagi 17.3 - jadvalda bir dollarning har xil foiz stavkalaridagi keltirilgan qiymatlari ko`rsatilgan.
14.3 - jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |