Kristall va amorf jismlar
Download 160.21 Kb.
|
kristall va amorf jismlar
Kristall va amorf jismlar K undalik turmushda biz gaz, suyuqliklarga nisbatan qattiq jismlarni ko’proq ishlatamiz. Sinfdagi stol, stul, doska, bo’r. kitob. daftar va h. k. lar qattiq jismlarga kiradi. Qattiq jismlar qanday tuzilgan? Nega ayrim qattiq jismlar ozgina kuch ta'sirida sinib ketadi? Molekular-kinetik nazariyaga ko’ra, qattiq jismlar ham atom va molckulalardan iborat bo’lib, to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qattiq jismlar atom molekular tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi. Kristall va amorf jismlar. Kristall jismlarda atomlar ma'lum bir tartib bilan joylashadi. Masalan, osh tuzi (NaCl) dagi natriy va xlor atomlari kub shaklini hosil qilib joylashadi. A tomlar kristall panjara tashkil etib joylashganda, o’zaro ta'sir kuchlari kompensatsiyalangan (muvozanatlashgan) holda bo’ladi. Atomlar hosil qilgan shaklni kristall panjara deyiladi. Panjarada atomlar turgan joylarini panjara tugunlari deyiladi. Kristall panjaradagi atomlarni bogMovchi chiziqlarni xuddi deraza panjarasidagi sterjenday t ushunmaslik kerak. Bu chiziqlar atomlar orasidagi o’zaro ta'sir kuchlarini ifodalaydi. Moddalar hosil qilgan kristall panjaralar turli ko’rinishga ega. Unda kristall panjaraning eng kichik elementar yacheykasi keltirilgan. Kristallda shu elementar yacheykalar takrorlanib joylashadi. Turli rangga ega bo’lgan, lekin aynan bir xil kimyoviy elementlardan tashkil topgan kristallar uchraydi. Masalan, tabiiy korund kristalining 40 dan ortiq rang va jilvaga ega bo’lgan turlari topilgan. Shu bilan birga bir xil rang va jilvaga ega bo’lgan, lekin kimyoviy tarkibi turlicha bo’lgan kristallar mavjud. Masalan. kvars, turmalin, sirkon. topaz va boshqalar. T abiatda tabiiy kristallarning o’lchamlari hayratlanarli darajada har xil uchraydi. Ulardan ayrimlarining o’lchami odam bo’yiday bo’lsa, ayrimlariniki qog’oz varag’idan yupqa bo’ladi. Qalinligi bir necha metr keladiganlari ham uchraydi. Ispaniyaning ayrim joylarida kristallar darvoza ustuni sifatida qo’yilgan. Ko’pgina kristallar ideal toza va suv kabi shaffof bo’ladi. «Kristall kabi toza» iborasi shundan olingan. Kristallarning xossalari. kristall atomlarining qanday panjara tashkil etib joylashishiga bog’liq. Bunga misol tariqasida uglerodni keltirish mumkin. Uglerod atomlari hosil q ilgan kristall panjarasiga ko’ra oddiy ko’mir, grafit, qorakuya va olmos bo’lishi mumkin.Ularning kimyoviy formulasi bo’lsada, xossalari turlicha. Grafit qalamdan yozish vositasi sifatida ishlatiladi. Yumshoqligi tufayli qog’ozga ishqalansa surkaladi. Olmos esa dunyodagi eng qattiq materiallardan biri hisoblanadi. Bu farqni tushunish uchun rasmda keltirilgan olmos va grafitning kristall panjarasiga murojaat qilamiz. Grafitning elementar yacheykasi qatlam-qatlam tuzilishga ega. Shu sababli qog’ozga surkalganda qatlam-qatlam bo’lib ajraladi. Olmos yacheykasida alomlar zich. kompakt joylashgan. Olmosni oyna kesishda, yerning qattiq qatlamlarini burg’ulashda ishlatiladi. Ishlov berib, qirralari chiqarilgan olmosni brilliant deyiladi. Kristallarda turli yo’nalishlarda uning fizik xossalari turlicha bo’ladi. Unga anizotropiya deyiladi. Hamma qattiq jismlar ham kristall panjara tashkil etmaydi. Ayrim qattiq jismlarda zarralar joylashishi suyuqliklarnikiga o’xshash boladi. Ularni (amorf jismlar deyiladi. Amorf jismlarga misol sifatida shisha, mum, parafin, bitumlarni keltirish mumkin. Aynan bir xil modda ham kristall ham amorf ko’rinishida uchrashi mumkin. Masalan, shakarni eritib, sekin sovitilsa, kristall hosil bo’ladi. Agar tez sovitilsa, konfet, ya'ni amorf modda hosil bo’ladi. Amorf moddalar ham «o’quvchanlik» xususiyatiga ega. Qadimgi qasrlarga o’rnatilgan deraza oynalari o’rganilganda, ularning pastki qismlarining qalinligi, ustki qisminikidan qalin bo’lib qolganligi aniqlangan. Download 160.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling