Kubraviylik – o‘rta asrlardagi so‘fizm oqimlaridan biri. Najmiddin Kubro asos solgan. Mutafakkir


Download 14.97 Kb.
Sana23.09.2023
Hajmi14.97 Kb.
#1685415
Bog'liq
2.3. Glossariy


KUBRAVIYLIK – o‘rta asrlardagi so‘fizm oqimlaridan biri. Najmiddin Kubro asos solgan.
MUTAFAKKIR – chuqur falsafiy fikrlash iste'dodiga ega bo‘lgan kishi, tafakkur egasi.
MUFTIYfatvo beruvchi, qaror chiqaruvchi, sud ishlarini amalga oshiruvchi oliy martabali shaxs.
MUHADDIS – islom dunyosida hadis ilmi bilan shug‘ullanadigan olim.
NAQSHBANDIYLIK – islomdagi so‘fiylik tariqatlaridan biri bo‘lib, Bahovuddin Naqshbandiy asos solgan.
RENESSANS - so‘zi fransuzchada «qayta tug‘ilish, yangi ruhda o‘sish» ma'nolarini bildiradi va o‘zbekchada ba'zan, «uyg‘onish», deb ham yuritiladi.
SO‘FIYLIK (arabcha «suf» — jun) — islom dini paydo bo‘lgandan so‘ng uning doirasida, Qur'on va Hadisga mos ravishda VIII asrning o‘rtalarida shakllangan ta'limot.
TARIQAT – so‘fiylikka xos atama bo‘lib, uch ma'noda ishlatilgan: 1) umuman, so‘fiylik yo‘li; 2) so‘fiylikni muayyan tarmog‘i, yo‘nalishi; 3) so‘fiylik bosqichlaridan biri. Tariqatni so‘fiylik yo‘nalishlari, tarmoqlari ma'nosida qo‘llash kenroq tarqalgan. Tariqatga qadam qo‘yish – tirikchilikning barcha tashishlaridan voz kechish hamda ixtiyorni pirga topshirishdan boshlanadi. O‘rta Osiyoda naqshbandiylik, kubraviylik, yassaviylik tariqatlari tarqalgan.
ULAMO – islom ilohiyotchilari va huquqshunoslari, shuningdek, diniy muassasalarga, qozilik mahkamalariga, o‘quv yurtlariga mutasaddi bo‘lgan barcha musulmon dindorlari ulamolar deb yuritilgan.
SHAYX UL-ISLOM – eng yuqori pog‘onada turuvchi huquqshunos shaxs
yassaviylik – Islomdagi sufiylikka xos oqim. XII asrda O‘rta Osiyoda paydo bo‘lgan va ko‘chmanchi aholi o‘rtasida ham keng yoyilgan. Asoschisi – Ahmad Yassaviy.
QOZI – sud ishlarini amalga oshiruvchi, sharhlovchi shaxs
G‘OZIY – Islom dini uchun g‘ayridinlarga qarshi muqaddas urush – g‘azavot ishtirokchisi. Shariatga ko‘ra, bunday urushda oti va qurol-yarog‘i bor har bir musulmon erkak qatnashishi shart bo‘lgan. Kambag‘allar, qullar, nogironlar va keksa kishilar bundan ozod etilgan.
HADIS – Islom dini ta'limoti bo‘yicha Qur'ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, Muhammad Payg‘ambarning hayoti va faoliyati, shuningdek uning diniy va ahloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi.
HADISI SAHIH – to‘g‘ri hadis
HANAFIYA – so‘fiylikdagi diniy huquq mazhablaridan biri. Abu Hanifa an-Nu'mon asos solgan. Iroqda vujudga kelib, islom tarqalgan barcha mamlakatlarda, shu jumladan, Xuroson va Movarounnahrda ham keng tarqalgan.
AMIR UL-UMAROamirlar amiri, oliy amir degan ma'noni anglatgan. Oltin O‘rda, Chig‘atoy ulusida butun harbiy ishlar uning tasarrufida bo‘lgan. Bundan tashqari, Amir ul-umaroga hukumatning barcha bosh ijroiya idoralari ham bo‘ysungan. Amir Temur va temuriylar davrida amir ul-umaro faqat oliy bosh qo‘mondon, ayrim hollarda, hukmdorning xudoychisi bo‘lgan.
RIYOZIYOTmatematika
RASADXONA – osmon jismlarining holati va harakatini kuzatadigan maxsus joy.
SOHIBQIRON – 1) Quyosh tizimidagi katta sayyoralardan ikkitasining bir-birini to‘sishi paytida tug‘ilgan odam. Rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur ikki sharofatli yulduz – Zuhro va Mushtariy sayyoralari bir-biriga yaqinlashgan paytda tug‘ilgan ekan. Sohibqiron so‘zining asl ma'nosi “baxtiyor podshoh”, “qudratli podshoh” demakdir.
Download 14.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling