Kup kanalli uzatish tizimining umumiy tuzilish sxemasi


Download 117.44 Kb.
bet1/2
Sana29.03.2023
Hajmi117.44 Kb.
#1307654
  1   2
Bog'liq
maruza-4


Maruza – 4 Ko’p o’lchamli sistemalrni kanallarga ajratish
Reja:

  1. Kup kanalli uzatish tizimining umumiy tuzilish sxemasi;

  2. Kanallar o’rtasidagi o’zaro o’tuvchi xalaqitlar;

Kup kanalli uzatish tizimining umumiy tuzilish sxemasi
manbalardan iste’molchilarga bir aloqa liniyasi (elektr
aloqa signallari tarqaladigan fizik muhit) orqali bir xil yoki
har xil ma’lumotlarni bir vaqtda va mustaqil ravishda uzatishni
ta’minlovchi texnik vositalar mujmuasini kup kanalli uzatish
tizimi deyiladi. kanalli uzatish tizimi (UT) ning umumiy tuzilish sxema
1-rasmda keltirilgan.



1 – rasm. Kup kanalli uzatish tizimining umumiy tuzilishi.
SN(t) birlamchi signallar (ular bir vaqtda mavjud bo’lishi chastotalarining spektri bir-birining ustini qisman yoki tulik qoplashi mumkin) uzatish tizimining uzatuvchi qismiga kelibtushadi, bu yerda ular MN qurilma yordamida SN(t) kanal signallari o’zgaradi.
Birlamchi signalni kanal signaliga o’zgarish jarayoni ikki
masalani hal qiladi.
Birinchidan, har bir SN(t) kanal signali uni boshqa kanal
signallaridan farqlovchi fizik belgilarning yigindisiga qarab
ajratiladi, bu belgilar yoki parametrlarni ajratuvchilar
deyiladi.
Ikkinchidan, kanal signallarini shunday shakllantirish
kerakki, ularda uzatilayotgan ma’lumotlar, ya’ni kanallarning
kirishlariga kelib tushayotgan birlamchi signallarning kurinishi
tugrisida ma’lumotlar saqlangan bo’lishi kerak.
Kup kanalli yoki S(t) guruhli signal kanal signallarini ∑
birlashtirish kurilmasida birlashtirish orqali olinadi. Xususan
kanal signallarini qushib guruhli signalni olish mumkin,
ya’ni:
S(t) = (1.1)

Kanal signallari yigindisidan tashkil topgan guruhli
signal mavjud bo’lgan uzatish tizimini additiv (mikdoriy)
uzatish tizimi deyiladi.
Guruhli signalni shakllantirishda boshqa tadbirlar
qullaniladigan uzatish tizimini kombinatsion uzatish tizimi
deyiladi.
Zamonaviy kup kanalli telekommunikatsiya tizimlari asosan
additiv tizimlar hisoblanadi.
Guruxli signalning aloqa liniyasi (tarqalish muhiti) orqali
o’tishi halaqitlar va buzilishlar bilan kuzatiladi, demak, uzatish
tizimi qabul qilish qismining kirishida S(t) signal hosil
bo’ladi.
Guruhli signalni birlamchi signallar uzatilayotganda ularda
mavjud bo’lgan ajratish belgilari asosida ajratuvchi kurilmalar
Fi (filьtrlovchi kurilmalar) bilan ayrim kanal signallariga
ajratish amalga oshiriladi. Fi kurilmalarning chiqishida Si'(t)
kanal signalidan bu signalning uzatish tizimi uskunasining
elementlari va tarqalish muhiti (aloqa liniyasi) orqali o’tishi
sababli vujudga keladigan xalaqitlar va buzilishlarning o’zida
mavjudligi bilan farqlanuvchi Si'(t) kanal signali olinadi.
Fi ajratuvchi kurilmalar chiziqli va nochiziqli bo’lishi
mumkin. Ajratuvchi kurilmalar o’zgarmas yoki uzgaruvchi
parametrli chiziqli to’rtkutbliklardan iborat bo’lgan holdagi
uzatish tizimini chiziqli yoki signallarni chiziqli ajratiladigan uzatish tizimi deyiladi. Agar ajratuvchi kurilmalar
nochiziqli turtkutblikni ifodalasa, bunday uzatish tizimlarini
nochizikli uzatish tizimlari deyiladi. Asosan kanallar (signallarni chiziqli ajratiladigan uzatish tizimlari qullaniladi.
Kanal signallari ajratilgandan keyin Di qurilmaga kelib
tushadi, bu yerda Si'(t)kanal signallarining Si'(t) birlamchi
signallarga o’zgarishi amalga oshadi. Bu signallar uzatilayotgan
birlamchi signallardan o’zlarida uzatish tizimi uskunasini
elementlari va aloqa liniyasi (tarqalish muhiti) vujudga
keltiradigan xalaqitlar va buzilishlarning mavjudligi bilan
farqlanadi.
Ko’p kanalli uzatish tizimlari ishlab chiqilayotganda va
tadqiq qilinayotganda odatda birlamchi signallarning xossalari
kanallar soni hamda aloqa liniyasi - tarqalish muhiti va
xalaqitning tavsiflari ma’lum bo’ladi.
Kup kanalli telekommunikatsiya tizimlarini tashkil qilish
nazariyasi kanal signallarini ajratishning mumkinligini
ta’minlovchi shu signallarning sinfini kursatib berishi hamda
uzatishdagi S(t) va qabul qilishdagi S’(t) birlamchi signallar
o’rtasidagi minimal farqni ta’minlovchi kanal signallarni
shakllantirishni va ularni ajratish qurilmalariga qo’yilgan
talablarni aniqlab berishi kerak. SHuningdek, kanday
signallarini M shakllantirish, ularni ∑ birlashtirish va
ajratish kurilmalarini texnik jihatdan kurish yo’llari ham
kursatilgan bo’lishi kerak.
Kup kanalli uzatish tizimlarida tashqi xalaqitlarda
tashqari, kanal signallarini ajratish kurilmalarining ideal
bo’lmagan holda ishlashi sababli o’ziga xos xalaqitlar vujudga
keladi. Bu xalaqitlar kanallar o’rtasida o’zaro o’tuvchi ta’sirlar
sifatida namoyon bo’ladi. Bu ta’sirlarni ularning joiz
qiymatlarigacha pasaytirish yo’llarini kursatib berish lozim.
Uzatish tizimlari signallarni uzatishning yuqori
sifatliligina emas, balki uning ishonchliligini ham ta’minlash
kerak. Bunda aloqaning uzoqliligi minglab kilometrgacha yetish
mumkin. SHuningdek, yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish
ham ko’p kanalli uzatish tizimlari texnikasining muhim
vazifalaridan biri hisoblanadi. Yuqorida ko’rsatilganidek
iqtisodiy samaradorlik uzatish kanalining 1 km ini qurish va
undan foydalanish narxlari bilan baholanadi. SHu sababdan bu
kursatkichlarni minimallashtiruvchi kup kanalli uzatish
tizimini tashkil qilish vazifasi qo’yilishi mumkin.
SHunday qilib, ko’p kanalli uzatish tizimi texnikasining
asosiy vazifalari berilgan ma’lum sondagi kanallarni
uzatishning talab qilinayotgan sifati, ishonchliligi, samaradorliligini va aloqaning uzoqliligini ta’minlovchi tizimlarni
yaratishdan iboratdir.
Zamonaviy kup kanalli uzatish tizimlari kuyidagi asosiy
qismlar: kanal hosil qiluvchi uskuna (KHU), boglovchi uskuna (BU),
liniya trakti uskunasi (LTU), bir me’yorga solingan generator
uskunasi (UGU) va servis uskunasi (SU) dan iborat (2-rasm).
Uzatish tizimining aniq turi uchun kanal hosil qiluvchi
uskuna bir me’yorga solingan bo’lib, u ma’lum me’yorlarga mos
bo’lgan tavsifli namunaviy kanallarni yaratishga mo’ljallangandir.

2-rasm. Bir me’yorga solingan kup kanalli uzatish tizimlari uskunasi.
Liniya trakti uskunasi uzatish tizimining bir qismi
hisoblanadi, unda barcha kanallarning signallari guruxli yoki kup
kanalli signalga birlashgan bo’ladi. Bu signalning parametrlari
tarqalish muhitining uzatish parametlari bilan mos bo’lib, uni
liniya signali deyiladi. Liniya trakti uskunasi oxirgi
stantsiyalarga o’rnatilgan kurilmalar, aloqa liniyasi va oraliq
stantsiyalar (kuchaytirgichlar va qayta tiklash punktlari)ning
uskunasini uz ichiga oladi.
Boglovchi uskuna har bir uzatish tizimi uchun maxsus bo’lib, u
kanal hosil qiluvchi uskunaning liniya trakti uskunasiga mos
bo’lishligini ta’minlaydi.
Uzatish tizimi tarkibiga bir me’yorga solingan generator
uskunasi ham kiradi. Bu uskuna kanal signallarini shakllantirish uchun zarur bo’lgan elektr signallarni va uzatish
tizimining barcha uskunalarini sifatli ishlashini ta’minlovchi
yordamchi signallarni ishlab chiqaradi.
Servis uskuna uzatish tizimining kanallari va traktlariga
texnik xizmat kursatish jarayonlarini avtomatlashtirishni
ta’minlaydi.

Download 117.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling