Kurs ishi mavzu: test yaratuvchi dasturlar va ulardan foydalanish metodikasi termez2022 test yaratuvchi dasturlar va ulardan foydalanish metodikasi mundarija kirish I- bob. Spring quiz maker dasturi


Download 1.79 Mb.
bet1/8
Sana25.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1122946
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XURAMMOV IO\'M



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI TA’LIM YO’NALISHI 4-KURS 406-GURUH TALABASI XURRAMOV OYBEKNING INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN


KURS ISHI
Mavzu: TEST YARATUVCHI DASTURLAR VA ULARDAN FOYDALANISH METODIKASI


TERMEZ2022
TEST YARATUVCHI DASTURLAR VA ULARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Mundarija
KIRISH……………………………………………………………………..3
I- BOB. SPRING QUIZ MAKER DASTURI……………………………5
1.1 §. Ispring dasturi iterfeysi……………………………………………5
1.2 §. Ispring dasturi va uning imkoniyatlari…………………………...5
II-BOB. ISPRING DASTURI TESTLAR YARATISH…………………11
2.1-§. Ispring dasturi iterfeysi…………………………………………..11
2.2-§. Informatika fanidan test savollarini tuzish metodikasi…………..13
XULOSA. ………………………………………………………………….30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….31
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan, elektron didaktik materiallardan foydalanish innovatsion texnologiyalardan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. Bu esa bo`lg`usi informatika o`qituvchilarining metodik tayyorgarligini shakllantirishda innovatsion texnologiyalaridan foydalanishni, ta`lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, ularni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashni ustuvor maqsad qilib belgilashni talab etadi. Uzluksiz ta’lim tizimida elektron axborot ta’lim resurslarini (EATR) yaratish hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dasturiy ta’minotlar tahlilini bayon etishdan oldin, EAT resurslariga nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik.EAT resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik ko‘rsatmalar, multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga o‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi
Ta’lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o’quv-trening vazifasini o’tovchi elektron axborot-ta’lim resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o’qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o’z samarasini bermoqda. Ta’lim maskanlarida o’quvchilar to’g’ridan to’g’ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma’lumotlar bilan tanishmoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o’z salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling