Kushon podsholigi sdchti roman-german tillar fakultetining 14 –guruh


Download 0.94 Mb.
Sana20.05.2020
Hajmi0.94 Mb.
#108210
Bog'liq
Ashurova Dilnoza. O'zb.tarix. Kushon podsholigi

Kushon podsholigi

SDCHTI roman-german tillar fakultetining 1.14 –guruh

Ashurova Dilnoza Kamolovna

Kushon podsholigi

Kushon podsholigi

Kushon podsholigi – oʻzbek davlatchiligi tizimidagi kad. davlat (milodiy 1—3-asrlar). Milodiy 1-asrning 1-yarmi yoxud oʻrtalarida yuyechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida — yuyechji) miloddan avvalgi 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyat kelib, saqlarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi oʻrnida bir asrdavomida 5 qabilaga boʻlinib yashagan. Bulardan kushon (Xitoy yilnomalarida guyshuan) qabilasi jabgʻusi Kujula Kadfiz (Kadfiz I) milodiy 1-asrda qolgan 4 qabilani boʻysundirib, oʻzini hukmdor deb eʼlon qilgan.

Kanishkining davridagi imperiya hududi. Poytaxti: Baktra Boshqaruv shakli: monarxiya

Kujula Kadfiz

Kujula Kadfiz

Kujula kadfiz (Kadfiz I) –Kushon podsholigi asoschisi (miloddan avvalgi 1-asr oxiri — milodiy 1-asr 1-yarmi). Koʻchmanchi yuyechjilar (toharlar)ning guyshuan — kushon qabilasiga mansub. Xitoy tarixiy yilnomalarida u Kiotszyuko nomi bilan maʼlum. Tarixiy haqiqatga yaqin taxminga koʻra, yuyechji qabilalari tomonidan Baqtriya istilo qilingandan (miloddan avvalgi 2-asr, 3-choragi) taxminan 100 yildan bir oz vaqt oʻtgach, K. K. kushonlar oʻrtasidagi oʻzaro taxt uchun kurashda qolgan 4 yuyechji qabilalari orasidagi oʻz tarafdorlari bilan Baqtriyaning jan.-gʻarbiy hududlarida oʻz hukmronligini oʻrnatgan. U Paropamisadning hind-yunon shohi Germeyning (miloddan avvalgi 1- asrning oʻrtalari) ustuvorligini qabul qilgan. Koʻp vaqt oʻtmay, oʻz homiysi Germeyga qarashli hamma yerdarni oʻziga boʻysundirgan. Germeyga qarashli hududlarning qoʻshib olinishi kushon hokimligining qudratli davlatga aylanishiga olib keldi. Xitoy manbalarida qayd qilinishicha, K.K. 80 yil umr koʻrgan.

Vima Kadfiz

Vima Kadfiz

Vima kadfiz, Kadfiz II (mil. 1-asr) – Kushon podsholigi shohlaridan – kushonshoh (47-78). Kujula Kadfizning o’g’li va vorisi, taxminan 30 yil podshohlik qilgan. V.K. davrida Kushon podsholigi hududikengaygan,xususan Hindistonning bir qismi qo’shib olingan. V.K. davrida pul islohoti o’tkazilgan, tangalar oltin va misdan zarb qilingan. Oltin tangalar: 1 dinor(8 g ga yaqin), 2 dinor,1/4 dinor va ehtimol 1/2 dinor qiymati bilan chiqarilgan. V.K. davrida Kushon podsholigining siyosiy markazi Sugdda bo’lib, Hindistondagi mulklarni noiblar boshqargan. V.K. zarb etgan tangalarning orqa tomonida hindlarning Shiva xudosi bilan buqazebu, oldi tomonida esa V.K.ning mehrob oldida turgan surati aks etgan.

Kanishka I

Kanishka I

Kanishka I — Kushon podsholigining hukmdori (78—123). Uning davrida mamlakat hududi hozirgi Oʻrta Osiyoning jan. qismi, Afgʻoniston, Pokiston, Shim. Hindiston va keyinroq Sharqiy Turkistonning bir qismini oʻz ichiga olgan. K.I Qangʻ davlati bilan ittifoqda boʻlib Sharqiy Turkistonda Xitoyga qarshi turgan. Xususan, K.I mil. 90 y.da Qashqarni 70ming otliq qoʻshin bilan qamal qilgani maʼlum, biroq ozuqa zahiralarining yetishmasligi sababli qamalni boʻshatishga majbur boʻlgan. K.I davrida saltanat yuksak darajada taraqqiy etgan. Sharq mamlakatlari va Rim imperiyasi bilan savdo va madaniy aloqalar oʻrnatilgan. K.I davrida Kushon-Baqtriya tili davlat tili sifatida qabul qilingan. Kashmirda 4-budda sobori (yigʻini) chaqirilgan. Bu yigʻinda buddizmning yangi mazhabi — mahayana rasmiylashtirilgan. Uning davrida yunon, eron va hind madaniyati va dini bir-biri bilan aralashib ketgan. Oʻz davlati poytaxtini Purushapur (hoz. Peshovar) ga koʻchirgan. U Kashmirda Kanishkapurni bunyod etgani haqida maʼlumotlar bor.

Adabiyotlar

  • Azamat Ziyo, O’zbek Davlatchiligi tarixi, T., 2000.
  • Kultura i iskusstvo drevnego Oʻzbekistova [Katalog vistavki], kn. 1 i 2, M., 1991;
  • Gʻiyosov T. Gʻ., Kadimgi Hindiston tarixi, T., 2000.
  • Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
  • O’zME.birinchijild.Toshkent, 2000-yil
  • @arxiv.uz internet sahifasi

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling