Kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan


Download 13.01 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi13.01 Kb.
#189611
Bog'liq
Shaxarlar


BU QIZIQ‼️

🕌 Rivojlangan O‘rta asrlarda Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi markaziy shaharlarda kutubxonalar, kitob do‘konlari

Qurilgan.

🕌 Mahmud Kоshg‘ariy ibn Husayn ibn Muhammad Yoshligida boshlang‘ich ta’limni olib, Koshg‘ar, Buxоrо, Samarqand,Marv, Nishоpur shaharlarida bilimini оshirgan.

🕌 Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan turarjoy qoldiqlaridan ma’lum bo‘lishicha, X–XI asrlarda ham paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o‘rinni egallagan.

🕌 Qarluqlar davlatida: Suyob, Jo‘l, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar va qator qishloqlar qad ko‘targan.

🕌 G‘aznaviylar davlatida G‘azna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa haharlarda ko‘plab madrasalar, masjid, xonaqoh va saroylar bino qilinib,

Kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan.

🕌 Qoraxoniy hukmdorlari Bolasog‘un, Koshg‘ar, Taroz, O‘zgan, Samarqand va Buxoro

Kabi shaharlarni davlat yoki viloyat poytaxtiga aylantirib,

Shaharlar bilan aloqa bog‘lashga harakat qiladilar.

🕌 XI–XII asrlarda Samarqand, Buxoro, Termiz, O‘zgan, Toshkent kabi shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi.

🕌 Mo‘g‘ullar Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv,

Banokat, Xo‘jand va boshqalar xarobazorga aylantirdi.

🕌 Amir Temur o‘z davlati poytaxti Samarqand atrofida qad ko‘targan bir qancha yangi qishloqlarni Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi.

🕌 U nafaqat Movarounnahr va

Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag‘dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir.

🕌 Mirzo Ulug‘bek Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya vaAndijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqdor fuluslar zarb ettiradi va muomalaga chiqaradi.



🕌 Timuriylar davrida Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa ko‘pgina shaharlari hunarmandchilik markaziga aylanadi.
Download 13.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling