Kuydirish jarayoni
Download 1.42 Mb.
|
Kuydirish jarayoni 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuydirish uskunalari
KUYDIRISH JARAYONI Reja: Kuydirish turlari Kuydirish jarayonida kechadigan kimyoviy reaksiyalar Kuydirish uskunalari Mis konsentratini kuydirish Sulfidli rux konsentratsini qaynar qatlam «KS» pechida kuydirish amaliyoti Kuydirish uskunalari Metallurgiyada eritishga uzatilayotgan ruda, boyitma (konsentrat) va shixta tarkibini tashkil etuvchi flyuslar namligini kamaytirish maqsadida uni 110–120 °C haroratda maxsus pechlarda quritiladi. Bu maqsadda metallurgiya zavodlarida truba aylanmali pechlar keng qo‘llaniladi (3.1-chizma). Pechning asosi metalldan tayyorlangan silindr shaklida bo‘lib uzunligi 30 m gacha va diametri 1,5–2 m yetadi. Pech gorizontga nisbatan 1–2 ° burchak ostida o‘rnatiladi va uning aylanish tezligi 3–5 ayl/min tashkil etadi. Bu o‘z navbatida pechdagi quriyotgan materialni pech uzunligi bo‘ylab harakatlanishini ta’minlaydi. Pechning ichki qismi uning aylanasi bo‘yicha 300 mm gacha issiqlikni o‘tkazmaydigan asbest va issiqlikka chidamli konusli g‘ishtlar bilan qoplangan. Pechdagi materialni aralashtirish maqsadida pechning ishchi qismining parametri bo‘ylab lappaklar mahkamlangan.Pechni isitish uchun qizigan yoqilg‘i gazidan yoki tabiiy gaz va mazut yoqish hisobiga amalga oshiriladi. Rangli metallurgiyada truba aylanmali pechlar dastlabki xomashyoni kuydirish va oraliq mahsulotlarini qayta ishlashda ham qo‘llaniladi. Metallurgiyada qayta ishlanayotgan xomashyoga qo‘yiladigan texnologik talablarga asosan oksidlovchi, sulfidlovchi va xlorlovchi kuydirishlar mavjud. Bu jarayonlarni amalga oshirishda metallurgiya zavodlarida ko‘p tubli va qaynar qatlamli pechlar hamda aglomeratsion mashinalardan foydalaniladi. Qaysi bir turdagi kuydirish dastgohini tanlash, xomashyoning turiga, moddiy tarkibiga, olinadigan tayyor mahsulotning keyingi qayta ishlash jarayonidagi kerakli xususiyatlariga, dastgohning kam energiya sarf qilishiga va ishlab chiqarish unumdorligiga asoslangan. Qaynar qatlamli pechlari («KS» pech kipyashchego sloya) – rangli metallurgiya sulfidli ruda va boyitmalarni oksidlovchi kuydirishdan keng foydalanilib kelinmoqda. Chunki uning ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lib, tashqaridan issiqlik berilishi talab etilmaydi. Aksincha, pechning ishchi hajmidagi harorat xomashyo tarkibidagi sulfidli minerallarning shiddatli oksidlanishi (yonishi) ajratayotgan issiqlik (ekzotermik reaksiya) hisobiga amalga oshadi. Qaynar qatlamli pechlar vertikal holatda silindr shaklida bo‘lib,diametri 5–7 m, balandligi 7–12 m va ostki qismining yuzasi 20–40 m2 ni tashkil etadi (3.2-chizma). Pechning bir sutka davomidagi ishlab chiqarish unumdorligi ostki qismining yuzasi bo‘yicha 3,5–6 t/m2 ni tashkil etadi. Pechning bunday nomlanishiga sabab, yirikligi 0,074–0,2 mm bo‘lgan boyitma pechning ishchi hajmida uning tagidan ma’lum bosimda berilayotgan havo hisobiga bamisoli qaynayotgan qatlamga o‘xshash xarakterlanadi. Pechning asosi qalinligi 10–16 mm bo‘lgan temirdan tayyorlangan bo‘lib, uning ichki qismi o‘tga chidamli loy va shamotli g‘isht bilan qoplangan.Pechning ishchi hajmini kislorodga to‘yingan havo bilan ta’minlash maqsadida uning tag qismining butun yuzasi bo‘ylab 800 dan 1000 tagacha naychalar joylashtirilgan. 3.1-chizma. Truba aylanmali kuritish pechi: 1 – yoqilg‘i yoqish bo‘limi; 2– pechning asosi; 3 – fundament; 4 – elektrodvigatel va harakatni uzatgich; 5 – tayanch g‘altaklari; 6 – shixta uchun bunker; 7 – shixtani taqsimlovchi; 8 – o‘tkazgichli kamera; 9 – siklonli chang tutgich; 10, 11 – tnasporter; 12 – gaz harakatlanuvchi yulak. 3.2-chizma. Sulfidli boyitmalarni kuydirish uchun qaynar qatlamli «KS» pech: 1 – boyitma yuklash tuynigi; 2 – kessonlar; 3 – forsunka. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling