Kvadratning perimetri ham, yuzi ham bir XIL son bilan ifodalangan bolsa, uning tomonini toping


Download 0.5 Mb.
Sana20.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1034757
Bog'liq
Matematika kechasi


  1. 28 900 so‘mni 86 ta kupyura (qog‘oz pul) bilan tolashdi. Kupyuralar 200 so‘mlik va 500 so‘mlik bolgan. Kupyuralardan nechtasi 200 so‘mlik bolgan?

  2. Uchta to‘pda 224 m adras bor. Birinchi to‘pda ikkinchisiga qaraganda 13 m kam, uchinchisiga qaraganda esa 5 m ko‘p adras bor. Har bir to‘pda necha metrdan adras bor?

  3. Raqamlarining o‘rinlarini almashtirganda qiymati: 24 1) 9 ga; 2) 18 ga; 3) 27 ga; 4) 36 ga; 6) 54 ga; 7) 63 ga; 8) 72 ga ortadigan ikki xonali natural sonlar nechta?

  4. Abduqodir otasidan 25 yosh kichik. Otasi esa bobosidan shuncha yosh kichik. 5 yil avval ularning yoshlari yiglndisi 135 ga teng edi. Hozir Abduqodirning bobosi necha yoshda?



  5. Dengizning A portidan dengizdagi В orolga qarab ikki kater bir vaqtda yolga chiqdi. Birinchi katerning tezligi 30 km/soat, ikkinchisiniki esa 20 km/ soat. Birinchi kater В ga yetib kelganidan 1 soat o‘tgach, ikkinchi kater ham В ga yetib keldi. Portdan orolgacha bolgan masofani toping.

  6. Metro eskalatorining uzunligi 60 metr. Eskalatorda jim turgan kishi pastdan yuqoriga 2 minutda ko'tariladi. Harakatlanayotgan eskalator bo‘yicha yurayotgan kishi pastdan yuqoriga 1 minutda ko‘tariladi. Kishining eskalatorda yurish tezligini toping.

  7. Kvadratning perimetri ham, yuzi ham bir xil son bilan ifodalangan bolsa, uning tomonini toping.

  8. Rasmdagi shaklning yuzi: 1) 680 sm2; 2) 240 sm2 bolsa, berilgan olchamlardan foydalanib, x ni toping.



  1. Fozil boboning bir qadami uzunligi 60 sm ga teng, nabirasining bir qadami bobosining qadamidan 20 sm qisqa. To‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi bog‘ning enini bobo 150 qadamda o‘tadi. B o ‘y i n i esa nabirasi 175 qadamda o‘tadi. Bog‘ning perimetri va yuzini toping.

  2. Fozil boboning bir qadami uzunligi 60 sm ga teng, nabirasining bir qadami bobosining qadamidan 20 sm qisqa. Agar bobo va nabira bir joydan qadam tashlashni boshlagan bo`lsa eng kamida nabiraning nechanchi qadamida bobo va nabiraning oyoq izlari ustma-ust tushadi.

  3. Akvarium to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida bo‘lib, uning bo‘yi 60 sm, eni 45 sm, balandligi esa 40 sm. Akvariumdagi suv sathi 30 sm balandlikda bolsa, unda necha litr suv bor?

  4. (Euklid masalasi, eramizdan oldingi 300- yil). Ot va eshakka bug‘doy yuklashdi. Yolda ot eshakka qarab dedi: «Agar sendagi yukning bir qopini menga yuklashganda edi, men sendan 2 marta ko‘p bug'doy ko'targan bo‘- lar edim. Agar mendagi yukning bir qopini senga yuklashganda edi, har ikkimiz ham bir xil yuk ko‘targan bolar edik». Ot va eshakning har biriga necha qopdan bug‘doy yuklangan?

  5. (Mashhur «Ming bir kecha» ning 458-kechasida aytilgan masala). Bir gala kaptarlar daraxt yoniga uchib kelishdi. Ularning bir qismi daraxt shoxiga, bir qismi daraxt tagiga qo‘ndi. Daraxt shoxidagi kaptarlar pastdagi kaptarlarga shunday deyishdi: «Agar sizlardan biringiz bizning yonimizga o‘tib qo'nsangiz, biz sizlardan 3 marta ko‘p bolamiz, agar bizdan bir kaptar sizga qo‘shilsa, bizning to‘da sizning to‘dangizga tenglashadi». Daraxt shoxida va ostida nechtadan kaptar bor edi?




  1. Bir kishi bozorga sotgani olma olib keldi. Birinchi xaridorga olmalarning yarmini sotdi. Ikkinchi xaridorga qolgan olmalarning yarmini sotdi. Uchinchi va to‘rtinchi xaridorlarga ham olmalarni shu yo‘sinda sotdi. Shundan so‘ng uning o‘zida 10 kg olma qoldi. Kishi bozorga necha kilogramm olma olib kelgan edi?

  2. 1 mm2 1 m2 ning qanday qismini tashkil qiladi.

  3. 1 minut 1 sutkaning qanday ulushini tashkil etadi.

  4. Son uch qismga olingan. Birinchi qismining   ulushi, ikkinchi qisminmg   ulushi, uchinchi qismining   ulushi o‘zaro teng. Agar son uchinchi qismining   ulushi 14 ga teng bolsa, sonning o‘zini toping.

  5. Soatlarda ifodalang: 1) 5 soat 54 min; 2) 2 soat 24 min; 3) 1 soat 36 min; 4) 40 min; 5) 48 min; 6) 42 min; 7) 12 min; 8) 50 min; 9) 1 soat 6 min 30 sek; 18) 30 min 30 sek.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling