Kvant o‘tishlar


Download 2.64 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi2.64 Kb.
#1791074
Bog'liq
Kvant o‘tishlar-fayllar.org


Kvant o‘tishlar

Kvant o‘tishlar
Atomning har bir diskret holati o‘z energiyasi bilan xarakterlanadi. Atom bunday holatda ma’lum vaqt bo‘la oladi, bunday holat stasionar holat deyiladi. Atom energiyasi yuqori bo‘lgan holatdan energiyasi kichik bo‘lgan boshqa holatga o‘tganda holatlar orasidagi energiya farqi E ni yorug‘lik kvanti sifatida chiqaradi. Bunda chiqarilgan energiya chastotasi

hE

ko‘rinishda aniqlanadi.

Xuddi shunday atom energiyasi kichik bo‘lgan stasionar holatdan energiyasi yuqori bo‘lgan stasionar holatga o‘tishi mumkin. Lekin buning uchun atomga tashqaridan E energiya berish kerak. Bunda

atom chastotasi hE bo‘lgan yorug‘lik kvantini yutadi.

Spontan va majburiy o‘tishlar. Atomning energiyasi yutish yokichiqarish bilan bir stasionar holatdan boshqa stasionar holatga o‘tishi haqidagi tasavvurlardan foydalanib, Eynshteyn taklif qilgan usul yordamida absolyut qora jism nurlanishi uchun Plank formulasini chiqarish mumkin.
Devorlari ma’lum bir T temperaturagacha qizdirilgan yopiq bo‘shliq (idish) bo‘lsin. Bu idish devorlari fotonlarni ham yutadi, ham nurlaydi (chiqaradi). Fotonni nurlaganda atom yuqori energetik sathdan pastki energetik sathga o‘tadi, fotonni yutishida esa pastki energetik sathdan yuqorisiga o‘tadi.

Shunday qilib, atom pastki energetik holatdan yuqori energetik holatga o‘tishi uchun fotonni yutishi kerak. Bunday o‘tish majburiy o‘tish bo‘ladi. Majburiy o‘tishda atomga nurlanish maydoni ta’sir qilishi kerak (ya’ni atomga tashqaridan energiya berishi kerak). Atomga tashqi nurlanish maydoni ta’sir qilmaganda, atom o‘z-o‘zidan yoki spontan ravishda pastki energetik sathdan yuqori energetik sathga o‘tmaydi, chunki bu energiyaning saqlanish qonuniga ziddir. Atomning yuqori energetik sathdan pastki energetik sathga o‘tishi ikki xil bo‘lishi mumkin: birinchisi, majburiy o‘tish, bu o‘tish atomga nisbatan tashqi sabablar ta’sirida bo‘ladi; ikkinchisi, spontan o‘tish, bu o‘tish atomdagi ichki sabablar ta’sirida bo‘ladi.


http://fayllar.org
Download 2.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling