Kvars, limonit, korund. Kvars Kvars
Download 166.79 Kb.
|
Kvars, limonit, korund.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suniy kvarts
Kvars, limonit, korund. Kvars Kvars (olm. Quarz) — silikatlar sinfiga mansub eng koʻp tarqalgan jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy formulasi SiO2. Kvarsning kristalli 2 ta modifikatsiyasi maʼlum: geksagonal Kvars (yoki a-K.) 870—573° temperatura oraligʻida turgʻun va trigonal Kvars (R-K.) 573° dan pastda turgʻun. r-K. tabiatda eng koʻp tarqalgan. Qoʻshaloqlari koʻp, kristall donacha, agregat va zich massalar holida uchraydi. Kvarsning kristallari, donalari, agregatlarining rangi har hil: shaffof — togʻ billuri, binafsha — ametist (safsar), kulrang — rauxtopaz, qora — morion, tillarang — sitrin va boshqa. Rangining har hil boʻlishi strukturaviy defektiga bogʻliq. Murakkab ranglilari ham uchraydi, ularga boshqa minerallarning mayda zarralari qoʻshilgan boʻladi. Kvarsning yashirin kristall hillari agat va xalsedon nihoyatda ingichka tolasimon tuzilmalardan iborat. K. optik jihatdan bir oʻkli, musbat. Ultrabinafsha va qisman infraqizil nurlarni oʻtkazadi. Sunʼiy Kvarsni SiO2 ning suvli eritmasidan yuqori bosim va temperaturada olinadi. Kvars turli togʻ jinslarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Kvars pyezoelektrik hossaga ega. Qattikligi 7. Zichligi 2,65 g/sm3. Erish harorati 1710°C, soviganda kvars oynasi deb ataluvchi jismga aylanadi. Monokristallari kam uchraydi va juda yuqori baholanadi. Kvars Oʻrta Osiyo (Pomirda), Rossiya (Uralda), Ukraina (Volinda), Braziliya va Madagaskarda uchraydi. Kvars qumi va uning metamorflashgan turlari — kvarsitlar keramika va shisha sanoatida, monokristallari (pyezokvars) optika va radiotexnikada, shaffof va chiroyli ranglilari yarim qimmatbaho tosh sifatida zargarlikda ishlatiladi.[1] Sun'iy kvarts Gidrotermik usul bilan sun'iy kvartsni sintez qilish usuli ishlab chiqilgan. Sintetik kvartsning sanoat uchun afzalligi - aralashmalarning tarqalishining bir xilligi, yuqori kimyoviy tozaligi. O'sish natijasi tabiatda keng tarqalgan egizak kristallariga qaraganda piezo-optik kvarts sifatida foydalanish uchun ko'proq mos bo'lgan yagona kristallar bo'lishi juda muhimdir. Zargarlik sanoati uchun sintez usuli ham muhimdir, chunki u har qanday rangdagi kvartsni va kerakli to'yinganlikni, agar kerak bo'lsa, hatto bitta rangdan ikkinchisiga o'tishda ham olish imkonini beradi. Sun'iy kristallarga yashil (tabiatda juda kam) va ko'k (tabiiy analoglari yo'q) ranglar beriladi, hattoki tabiatda mavjud bo'lmagan ko'k kvarts ham o'stiriladi. Sintetik kvarts kristallarini ishlab chiqarish Guj-Xrustalniy, Shilovo-Ryazan viloyati, Yujnouralskda rivojlanmoqda. Kvartsning sanoat sintezi 1957-yildan beri yo'lga qo'yilgan. Limonit —Fe3+ gidroksidlari aralashmalari, tabiiy mineral agregatlarning umumiy nomi. Asosida qungʻir rangli sertuproq yoki suyuqlik oqimidan hosil boʻlgan massalar mavjud. Kelib chiqishi gipergen. L.ning uyumlari yuqori sifatli temir ruda konlarini hosil qiladi.[1] Korund (nem. korund; qadimgi hindchadan) — oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi A12O3, qoʻshimchalari Cr, Fe, TI va boshqa Kristallari trigonal singoniyali ustunsimon, kam hollarda dipiramidal. Rangsiz, tarkibida temir, mis, marganets, titan va shahrik. elementlarning borligiga qarab turli rangda boʻladi. Olmossimon yaltiroq. Qattiqligi 9. Zichligi 4000 kg/m3. K.ning (60—70%) magnetit, gematit shpinel bilan aralashmasi "najdak" deb ataladi (Naksos o., Gretsiya). Metamorfik, metasomatik jarayonlarda hosil boʻladi. Kanada, JAR, Qozogʻiston (Semiz-Bugʻ), Xibin va Ilmen togʻlari (RF) va Oʻzbekistonning Oqtosh, Molguzar, Tomdi togʻlarida K. konlari bor. K.ning faqat sochmalardan olinadigan shaffof va chiroyli ranglilari (sapfir — koʻk rangli, yoqut — qizil rangli) qimmatbaho tosh sifatida zargarlikda ishlatiladi, unchalik toza boʻlmaganlari abraziv material. Texnik va zargarlik maqsadlarida ishlatish uchun sanoat miqyosida sunʼiy K. olinadi. Cr2+, Fe3+ qoʻshib olingan sunʼiy K. kvant elektronikasi, soatsozlik, zargarlik sanoati va boshqalarda ishlatiladi. Qoʻshimchalarsiz olingan sunʼiy K. radioelektronika sanoatida qoʻllaniladi. Sunʼiy K. tozaligi va yirikligi bilan tabiiy K.dan aniq, ajralib turadi Download 166.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling