Laboratoriya ishi №3 №394 mashinist kranlarining vazifasi va tuzilishini o‘rganish ishning maqsadi


Download 133.57 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi133.57 Kb.
#1422642
Bog'liq
3 - Лаборатория машғулот


LABORATORIYA ISHI №3
394 MASHINIST KRANLARINING VAZIFASI VA TUZILISHINI O‘RGANISH


Ishning maqsadi: tormozlarni boshqarish asboblari: vazifasi, turlari va o‘ziga xosligi; № 394 mashinist krani: tuzilishi, rejimlari va sinovi; № 394 mashinist kranida uchraydigan nosozliklar; ish bo‘yicha xulosalar.
Umumiy ma’lumotlar

Poezdni avtotormozlarini boshqarish mashinachi krani pnevmatik (394) mashinach kranlari tomonidan bajariladi, uning tuzilmasiga esa quyidagi talablar qo‘yiladi:


- tormoz tarmog‘ini zaryadkalashda va tormozlarin qo‘yib yuborishda siqilgai havoni intensiv uzatilishi bajarilishi kerak:
- kranni poezdl holatidagi qo‘yib yuborilgan tormozlarida, tormoz magistralida o‘rnatilgan zaryadli bosim bosh rezervuarda ishchi bosim mavjudligida poezd tarmog‘ida esa-havoni yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlari ushlab turilishi kerak:
- tormoz kuchini to‘g‘irlanishi magistraldagi bosimni bosqichsiz yoki bosqichli kamayishi bilan, va shunday (ya’ni bosqichli yoki bosqichsiz) uni ko‘tarilishi tormozni qo‘yib yuborganda ta’minlanishi kerak:
- to‘g‘ri ta’sir qiluvchi tormozlarni boshqarishda tormoz magistralidagi zarur havo bosimini, undan havo yo‘qotilishidan qat’iy nazar, bir darajada saqlanishi kerak:
- tez tormozlashni bajarish uchun kran tormoz magistralidagi intensiv razryadkani, atmosfera bilan to‘g‘ri aloqa qilgan holda, ta’minlashi kerak:
- poezdni tormozini boshqarishda kran ushlagichini zarur holatta o‘rnatish bo‘yicha mashinachi tomonidan bajariladigan har qanday manipulyasiya bir necha soniyadan ko‘p bo‘lmagan vaqtini sarfini talab qilmmasligi va yo‘l belgilari ko‘rsatgichlarini kuzatishdan mashinachini chalg‘itmasligi kerak;


3.1. Tuzilishi va ishlash prinsipi

Yig‘ilgan mashinachi krani (rasm-3.1) besh asosiy qismdan tuzilgan: yuqorigi 4 (zolotnikli) o‘rta 3, pastki 2 (tenglashtiruvchi), stabilizator 5 va reduktor (iste’mol klapani)



Rasm - 3.1 №394 mashinachi kranining umumiy ko‘rinishi:


1-reduktor; 2-pastki (tenglashtiruvchi) qismi; 3-o‘rta qismi; 4-yuqorigi (zolotnikli) qismi; 5-stabilizator.

№394 mashinachi krani harakatlarini ko‘rib chiqamiz. Kran ushlagichi oltita ishchi holatga ega:


I - zaryadka va qo‘yib yuborish;
II- o‘ta zaryadkalashni avtomatik yo‘qotish bilan poezdli;
III-tormoz magistralini iste’molisiz perekrisha;
IV - tormoz magi-stralini iste’moli bilan perekrisha;
V - yordamchi tormozlanish;
VI - tez tormozlash.
IV va V holatlari orasida qo‘shimcha
VA holati bo‘lib, u tormozlarni og‘ir uzun tarkibl poezdlarda boshqarish uchun xizmat qiladi.
Har bir holatida tormoz uskunalarini bajaruvchi vazifalari tajriba va amaliyot ishlarida kengrok ko‘rib chiqiladi

Rasm-3.2 №394


Mashinachi kranining kesimi: 1-gayka; 2-sokol; 3-rezinali xalqa; 4-manjeta; 5-prujina; 6-iste’mol klapan; 7-vtulka egari; 8-korpus; 9-rezinali manjeta; 10-jezli xalqa; 11-tenglashtiruvchi porshen; 12-korpus; 13- qopqoq; 14- zolotnik; 15-sterjen; 16-kran ushlagichi; 17-gayka; 18-prujina; 19-maxsus shtift; 20-neppel; 21-filtr; 22- prokladka; 23- aylanma klapan uchun egar; 24-vtulka:


Yuqorigi qismi (rasm-3.2) zolotnikdan 14, qopqog‘i 13 va sterjendan iborat bo‘lib, zolotnikni kran ushlagichi bilan birlashtiradi, u esa sterjen to‘rtburchagiga kiygizilgan va gayka (qalpoqcha) 17 bilan mahkamlangan. Ushlagichda gradatsiyali sektoriga prujina bilan siqilgan mushtumcha joylashgan bo‘lib, unda ushlagichni ishchi holatlari belgilanadi. Qopqoqni yuqori qismidagi sterjen 15 manjet bilan zichlangan. Prujina 18 zo­lotnikni orqaga siqib turadi. Zolotnikni moylab turish uchun qopqoqchasida po‘kakli teshikchasi bor.
O‘rta qismi zolotnik 14 oynasini yuqorigi qismida joylashgan korpus 12 ko‘rinishidadir. Korpusga presslangan vtulka 24 aylanma klapan 23 uchun egar hisoblanadi.
Pastki qismida korpusi 8 bo‘lib, unda tsnglashtiruvchi porshen 11 zichlangan rezinali manjeta 9 va jezli xalqa 10 hamda iste’mol klapani 6 prujina 5 orqali vtulka 7 egariga siqib qo‘yilgan. Iste’mol klapanini dum qismi sokolda 2 manjeta 4 bilan zichlangan bo‘lib reznnaln xalqa 3 o‘rnatilishi bilan kor­pusga burab kiritilgan. Prokladka 22 orqali korpusga mahkamlangan reduktorni ifloslanishidan saqlash maqsadida, korpus kanalida filtr 21 o‘rnatilgan.
Kranni barcha uch qismi o‘zaro to‘rtta shpilkalar bilan birlashtirilgan va rezinali prokladkalar bilan zichlangan.
Yng‘ilganlikni to‘g‘ri ekanligi shtift 19 orqali ta’minlanadi. Rezinaln prokladkalar siqishda teshikchalarni bekitmaslngi uchun nippellar qo‘yilgan bo‘lib, ulardan biri 20 rasmda ko‘rsatilgan.
Mashinachi krani kirgiziladigan iste’mol va tormoz magistralndan otvod gayka 1 bilan birlashtiriladn.
Reduktor (rasm-3.3) yuqorigi 4 va pastki 8 qismdan iborat. YUqorida vtulka 5 presslangan va yuqorigi qirrasi bilan zaglush­kaga 1 tiraluvchi prujinali 2 qo‘zg‘aluvchi klapan 3 joylashgan. Yuqori va pastki qismlari orasiga metalli diafragma 6 siqilgan. Pastdan diafragmaga tayanch shaybasi 7 orqali rezbasi bo‘lgan, to‘g‘irlovchi stakanga 10 shayba 11 orqali pastki qirrasi bilan tayanuvchi prujina 9 tasir qiladi.
Stabilizator (rasm-3.4) korpusga 5 presslangan vtulka 4 va stakandan 8 tashkil toptan. Korpus va stakan orasida diafragma 6 siqilgan. Korpusda zaglushkaga 1 joylashtirilgan, egarga pru­jina 2 bilan siqiluvchi klapan 3 o‘rnatilgan. Korpusda 5 tenglashtiruvchi rezervuarni atmosfera bilan aloqalovchi, diametri 0,45 mm drosselli teshikchasi bo‘lgan nippell bor. Pastdan diafragmaga 6 tayanch shaybasi 7 orqali, ikkinchi cheti bilan to‘g‘irlovchi stakanga 10 tayanuvchi prujina 9 ta’sir qnladi. Kontrgayka 11 orqali to‘g‘irlovchi stakan holatn belgilanadi.

Rasm-3.3 №394 mashinachi Rasm-3.4 №394 mashinachi kranining
kranining reduktori stabilizatori

№394 mashinachi krani harakatlarini ko‘rib chiqamiz. Kran ushlagichi oltita ishchi holatga ega: I - zaryadka va qo‘yib yuborish;


II- o‘ta zaryadkalashni avtomatik yo‘qotish bilan poezdli; III-tormoz magistralini iste’molisiz perekrisha; IV - tormoz magi-stralini iste’moli bilan perekrisha; V - yordamchi tormozlanish; VI - tez tormozlash. IV va V holatlari orasida qo‘shimcha VA holati bo‘lib, u tormozlarni og‘ir uzun tarkibl poezdlarda boshqarish uchun xizmat qiladi.
Har bir holatida tormoz uskunalarini bajaruvchi vazifalari tajriba va amaliyot ishlarida kengrok ko‘rib chiqiladi.
Nazorat savollari:



  1. Tormozlarni boshqarish asboblariga nimalar kiradi?

  2. №394 mashinist kranlarini o‘xshashligi va farqi nimada?

  3. №394mashinist kranlarini qanday tarkib birliklarida qo‘llaniladi?

  4. №394 mashinist kranlarini tuzilishi qanday?

  5. №394 mashinist kranlari dastagini nechta xolati bor va ular qanday ataladi?

  6. №394 mashinist kranlarida uchraydigan asosiy nosozliklarni sanab o‘ting.

Download 133.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling