Laboratoriya ishi №3 Multisim dasturida maydon tranzistorining ishlash printsipi va xarakteristikalarini oʼrganish
Download 240.66 Kb.
|
Laboratoriya ishi 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumotlar.
- III.Ishni bajarish tartibi
Laboratoriya ishi № 3 Multisim dasturida maydon tranzistorining ishlash printsipi va xarakteristikalarini oʼrganish. I.Ishdan maqsad: Maydon tranzistorining ishlash printsipi , xarakteristikalari va parametrlarini oʼrganish . Maydon tranzistorining stok, stok-zatvor va zatvor xarakteristikalarini olish, bu xarakteristikalar asosida tranzistorning asosiy parametrlarini aniqlash: uzilish ( otsechka) kuchlanishi, toʼyinish kuchlanishi, maksimal tikkalik ( krutizna), zatvor zanjiridagi qarshilik utechkasi. Umumiy ma’lumotlar. Maydon(unipolyar) tranzistorida tok kattaligi elektronlar yoki kovaklar hisobiga hosil qilinadi. Bipolyar tranzistorlarda esa tok ikki xil: elektronlar va kovaklar hisobiga hosil qilinadi. Maydon tranzistor-larida tokni boshqarish elektr maydoni yordamida amalga oshiriladi. Maydon tranzistorining tuzilishi va elektr sxemaga ulanishi 1a-rasmda keltirilgan. Maydon tranzistorlarining radiosxemada belgilanishi 1.b-rasmda koʼrsatilgan. 8.1a-rasm. belgilanishi Maydon tranzistorlarining belgilanishi 8.1a-rasmda chap tomondagi elektrod oqim boshlanishi – istok deb, oʼngdagi elektrod esa oqim quyilishi – stok deb, oʼrtadagi boshqaruvchi elektrod zatvor deb ataladi. Istok bilan stok oraligidagi qatlam kanal deb yuritiladi. Maydon tranzistorining tuzilishi 1a-rasmda koʼrsatilgan. Rasmda n kanalning yon sirtiga r- tipli yarim oʼtkazgich qatlami hosil qilingan boʼlib, u zatvor deyiladi. Zatvor bilan kanal orasida p-n oʼtish hosil boʼladi. Tranzistor uchta elektroddan tashkil topgan: -I- istok, S- stok va Z- zatvor. Odatda istok korpusga (erga) ulanadi. Zatvorga istokka nisbatan musbat kuchlanish beriladi. Stokka ham istokka nisbatan kuchlanish berila-di. Bu kuchlanish kanal (yarim oʼtkazgich)turiga qarab musbat yoki manfiy boʼlishi mumkin. Masalan, p-tipdagi kanalli tranzistorda stokka manfiy kuchlanish beriladi. Zatvorga esa zatvor kanal oʼtishini berkitadigan kuchla-nish beriladi. Maydon tranzistorida chiqish toki istok stok kuchlanishiga bogʼliq boʼladi. Shuningdek stok toki zatvor kuchlanishiga ham bogʼliq boʼladi. Bu kuchlanish taʼsirida kanalning kesim yuzasi oʼzgaradi. Kanalning kesim yuzasi kamaysa uning qarshiligi oshadi. Stok-istok kuchlanishi kanaldagi qatlamning konfiguriyasini oʼzgartiradi. Shunday qilib, tranzistorning chiqish toki bipolyar tranzistorlardan farqli ravishda zatvor kuchlanishi bilan aniqlanadi. Bunda zatvor toki nolga yaqin boʼladi. Chunki bu tok p-n oʼtishning teskari tokidir. Tranzistorning stok- zatvor xarakteristikasi deganda, istok stok kuchlanishi oʼzgarmas boʼlganda, stok tokining zatvor kuchlanishiga bogʼliqligiga aytiladi. Yaʼni Ic = f(Uзи ) бунда Uи с=const Tranzistorning stok xarakteristikasi deb, zatvor kuchlanishi oʼzgar-mas boʼlganda, stok tokining zatvor istok kuchlanishga aytiladi .Yaʼni Ic = f(Uзи ) бунда Uи с=const Tranzistorning stok xarakteriskasi 2-rasmda keltirilgan. Maydon tranzistorining asosiy parametrlaridan biri stok–zatvor xarakteristika-sining krutiznasi hisoblanadi. U quyidagi formuladan hisoblanadi: bunda bunda Узи =konst III.Ishni bajarish tartibi: 1. Laboratoriya ishi Multisim dasturida amalga oshiriladi. 2. 8.3- rasmdagi sxemani Multisim dasturida yigʼilsin. 3. Mulьtisim kutubxonasidan maydon tranzistori turi tanlab olinsin, shuni hisobga olish kerakki har bir kompьyuterda bu tranzistor turi har xil boʼlishi kerak. 8.3- rasm.. n-kanalli maydon tranzistori VАX ini va parametrlarini oʼrganish sxemasi. 4. Uzi kuchlanishning uchta doimiy qiymatida Is va Usi kattaliklarning qiymatlari hisoblansin va quyidagi jadvallarga kiritilsin. Узи =const boʼlgan holatda Ис=ф(Уси) bogʼliqliklarning grafiklari chizilsin.
Download 240.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling