Laboratoriya ishi №31 Kvadratlar usuli bilan yuzalarni nivelirlash. Yuzalarni nivelirlash jurnalini ishlash Ishdan maqsad


Download 153.86 Kb.
bet1/4
Sana01.05.2023
Hajmi153.86 Kb.
#1420197
  1   2   3   4
Bog'liq
geodeziya


LABORATORIYA ISHI № 31


Kvadratlar usuli bilan yuzalarni nivelirlash. Yuzalarni nivelirlash jurnalini ishlash


Ishdan maqsad: Yuzalarni kvadratlar usuli bilan nivelirlashning dala ishlari natijalari bo‘yicha kameral ishlarni bajarishni o‘rganish. Yuzalarni nivelirlash jurnalini ishlash.
Har qanday qurilish ishlarida joyning relefi e’tiborga olinadi va u loyihada ko‘rsatilgan inshootni qurish uchun ko‘pincha qulay bo‘lmaydi. Inshoot quriladigan joyning relefini gorizontal holatga yoki ma’lum nishablikka keltirish uchun bu joy tekislanadi.
Muhandislik inshootlari quriladigan joyning relefini shu inshootning texnikaviy talablariga javob beradigan qilib o‘zgartirish joyni vertikal rejalash deb ataladi. Joyni vertikal rejalashda qancha joy kovlanishi yoki to‘ldirilishi, hamda kavlanadigan (qazilma) yoki to‘ldiriladigan (ko‘tarma) joydagi tuproq hajmi aniqlanadi. Yer ishlari kam bo‘lishi uchun, vertikal rejalash loyihasini tuzishda qazilma va ko‘tarmalarning bir-biriga teng bo‘lishi e’tiborga olinadi. Bundan tashqari, loyihaviy maydon joyning tabiiy relefiga yaqin qilib tanlanadi.
Nivelirlash jurnalini ishlash
Nivelirlash jadvalida o‘lchangan qiymatlar “Texnik nivelirlash jadvalida” (5-jadval) ko‘rsatilgan. Dala ishlari natijalari bo‘yicha nivelirlash jurnali quyidagi tartibda ishlanadi:


1.Nisbiy balandlikni hisoblash
Asbob balandligi (i)ni o‘zgartirib, a1,b1,a2,b2 sanoqlar olisngan, shunda
a1- b1=h1;
a2-b2=h2.

Agar ular orasidagi farq 4-5mm ortiq bo‘lmasa, stansiyada nivelirlash to‘g‘ri bo‘lsa 7- ustunga yoziladi.





  1. O‘rtacha nisbiy balandlikni hisoblash

O‘rtacha nisbiy balandliklar quyidagi formulalar bilan hisoblanadi:


ho‘rtacha= .
Agar natija musbat bo‘lsa, 8-ustunga yoziladi, manfiy bo‘lsa- 9 ustunga stansiyaning to‘g‘risiga yoziladi.



Download 153.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling