Laboratoriya ishi №5 kimyoviy muvozanat. Muvozanatning siljishi asboblar va reaktivlar
Download 132.5 Kb. Pdf ko'rish
|
LABORATORIYA ISHI №5
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAVOLLAR VA MASALALAR.
LABORATORIYA ISHI №5 KIMYOVIY MUVOZANAT. MUVOZANATNING SILJISHI Asboblar va reaktivlar: Probirkalar, temir (III) xlorid, kaliy rodanid tuzlari eritmalari, kaliy xlorid tuzi. Ishdan maqsad: Kimyoviy muvozanatning mohiyatini va uni siljitish usullarini o‘rganish. Reaksiyadagi moddalar konsentratsiyasining kimyoviy muvozanatga ta’siri. Temir (III) xlorid FeCl 3 bilan kaliy rodanid KCNS orasidagi reaksiya natijasida oson eriydigan moddalar hosil bo‘ladi: FeCl 3 + 3KCNS Fe(CNS) 3 + 3KCl Kimyoviy muvozanat holatiga reaksiyada ishtirok etadigan moddalar konsentratsiyasining ta’sirini aniqlash uchun quyidagicha tajribalar o‘tkazish kerak. Sistemadagi hamma modda eritmalarining rangini quyidagi jadvalga yozing: Eritmalar rangi FeCl 3 KCNS Fe(CNS) 3 KCl Probirkalarga barobar hajmda 5 ml dan temir (III) – xlorid va kaliy rodanid eritmalaridan solib solishtiring. Hosil bo‘lgan eritmaning rangini qayd eting. Hosil qilingan eritmani to‘rtta probirkaga baravar qilib bo‘ling. Birinchi probirkaga temir (III) – xloridning konsentrlangan eritmasidan, ikkinchisiga kaliy rodanid eritmasidan, uchinchisiga kaliy xlorid kristallidan ozgina qo‘shing, to‘rtinchi probirkani esa taqqoslash uchun qoldiring. Bu to‘rtta probirkadagi eritma rangining intensivligini bir-biri bilan taqqoslang. Reaksiyaning borishida konsentratsiyalarni o‘zgarishi natijasida kimyoviy muvozanatni siljishini Le-Shatele qoidasi asosida tushuntiring va reaksiya uchun muvozanat konstantasini massalar ta’siri qonuni asosida matematik ifodasini yozing. SAVOLLAR VA MASALALAR. 1. Kimyoviy muvozanat nima? 2. N 2 + 3H 2 2NH 3 reaksiya uchun muvozanat konstantasini yozing. 3. Muvozanatning siljishi. Le-Shatele qoidasi qanday ta’riflanadi? Download 132.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling