Laboratoriya ishi №5 kimyoviy muvozanat. Muvozanatning siljishi asboblar va reaktivlar


Download 132.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.04.2023
Hajmi132.5 Kb.
#1398330
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI №5



LABORATORIYA ISHI №5
 
KIMYOVIY MUVOZANAT. MUVOZANATNING SILJISHI 
Asboblar va reaktivlar: Probirkalar, temir (III) xlorid, kaliy rodanid tuzlari 
eritmalari, kaliy xlorid tuzi. 
Ishdan maqsad: Kimyoviy muvozanatning mohiyatini va uni siljitish 
usullarini o‘rganish. 
Reaksiyadagi moddalar konsentratsiyasining kimyoviy muvozanatga 
ta’siri. 
Temir (III) xlorid FeCl
3
bilan kaliy rodanid KCNS orasidagi reaksiya 
natijasida oson eriydigan moddalar hosil bo‘ladi: 
FeCl
3
+ 3KCNS Fe(CNS)
3
+ 3KCl 
Kimyoviy muvozanat holatiga reaksiyada ishtirok etadigan moddalar 
konsentratsiyasining ta’sirini aniqlash uchun quyidagicha tajribalar o‘tkazish 
kerak. Sistemadagi hamma modda eritmalarining rangini quyidagi jadvalga 
yozing: 
Eritmalar rangi 
FeCl
3
 
KCNS 
Fe(CNS)
3
 
KCl 
Probirkalarga barobar hajmda 5 ml dan temir (III) – xlorid va kaliy 
rodanid eritmalaridan solib solishtiring. Hosil bo‘lgan eritmaning rangini 
qayd eting. 
Hosil qilingan eritmani to‘rtta probirkaga baravar qilib bo‘ling. Birinchi 
probirkaga temir (III) – xloridning konsentrlangan eritmasidan, ikkinchisiga 
kaliy rodanid eritmasidan, uchinchisiga kaliy xlorid kristallidan ozgina 
qo‘shing, to‘rtinchi probirkani esa taqqoslash uchun qoldiring. 
Bu to‘rtta probirkadagi eritma rangining intensivligini bir-biri bilan 
taqqoslang. 
Reaksiyaning borishida konsentratsiyalarni o‘zgarishi natijasida kimyoviy 
muvozanatni siljishini Le-Shatele qoidasi asosida tushuntiring va reaksiya 
uchun muvozanat konstantasini massalar ta’siri qonuni asosida matematik 
ifodasini yozing. 
SAVOLLAR VA MASALALAR. 
1. 
Kimyoviy muvozanat nima? 
2. 
N
2
+ 3H
2
2NH
3
reaksiya uchun muvozanat konstantasini yozing. 
3. 
Muvozanatning siljishi. Le-Shatele qoidasi qanday ta’riflanadi? 

Download 132.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling