Laboratoriya ishi №7 Mavzu: Oqova suvlarni koagulyasiya va flokulyasiya usuli bilan tozalash. II. Mashg'ulotning maqsadi


Download 25.88 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi25.88 Kb.
#1508788
  1   2
Bog'liq
4-лаборотория


LABORATORIYA ISHI №7
Mavzu: Oqova suvlarni koagulyasiya va flokulyasiya usuli bilan tozalash.
II.Mashg'ulotning maqsadi: Chiqindi oqova suvlarni koagulyasiya va flokulyasiya usulida tozalashni o‘rganish.
III.Mashg‘ulotni o‘tkazish uchun kerakli asbob-uskunalar, jihozlar va ko‘rgazmali qurollar.
1.Plakatlar
2.Mashg'ulotn o'tkazish uchun uslubiy qo'llanmalar
3.Shisha idishlar
4.Tajriba qurilmasi
5.Elektrokoagulyasiyalash qurilmasi
IV.Tajriba mashg'ulotining bajarish tartibi:
1Flotasiya to'g'risidaagi ma'lumotlar bilan tanishish;
2.Mashg'ulotni o'tkazish uchun uslubiy qo'llanma bilan tanishish;
3.Koagulyasiya usulida tozalash to'g'rsida ma'lumotlar bilan tanishish;
4.Flokulyasiya usulida tozalash to'g'risida ma'lumotlar bilan tanishish;
V.Mashg'ulotning bajarganligi to'g'risida talabaning hisoboti:
1.Fizika-kimyoviy tozalash usullari to'g'risida tushuncha bering;
2.Flotatsiya usuli to'g'rsida tushuncha bering;
3.Koagulyasiya usul to'g'rsida tushuncha bering;
4.Flokulyasiya usulida to'g'rsida tushuncha bering;
VI.Tajriba mashg'ulotini bajarish uchun umumiy ma'lumotlar
Flotasiya , koagulasiya va flokulyasiya fizika-kimeviy tozalash usuliga kiradi.
Flotasiya-oqava suvga aralashgan solishtirma og'irligi suvning solishtirma og'irligidan kichik bo'lgan bekorchi qo'shimchalarni suv yuzasiga qalqib chiqish jarayoni. Bu jarayon havo pufakchalari yordamida tozalanadi, ya'ni zarachalar havo bilan pufakcha-zarracha majmuini hosil qilib suv yuzasiga qalqib chiqadi. Suvda havo pufakchalari qaysi usulda hosil qilinishiga qarab flotasion tozalanishning quyidagi usullari ma'lum.
1.Havoni mayda-mayda pufakchalar tarzida yuborish yo'li bilan flotatsiya qilish .
2.Havo bilan o'ta to'yintilgan suv yordamida hosil qilingan pufakchalar bilan flotasiya qilish.
3.Elektroflotasiya.
Flotasiya samarasi pufakcha-zarracha kompleksining pishiqligiga bog'liq, bu narsa pufakcha va zarrachalarning katta-kichikligi ularning fizik kimyoviy xossalari flotatsiya jarayonining gidrodinamik shart-sharoitlariga bog'liq. Kompleksni buzib yuborish uchun ma'lum ish bajarish kerak.
)
Bunda: -namlanishni chetki burchagi;
-suyuqlikning sirt tarangligi
(1-соs ) flotlanuvchi deb ataladi, chunki u flotasiya jarayoni qanday borishini ko'rsatadi. Agar zarracha suv bilan yaxshi namlansa, u holda 0, соs 1 va (1-соs ) 0 ga intiladi ya'ni flotasiya nolga yaqin bo'ladi, zarrachalar suv bilan yaxshi namlanmasa, chetki burchagi 900 ga yaqin bo'lib, соs manfiy qiymatga ega bo'ladi; u holda 1-sosning qiymati birdan katta bo'lib va flotasiya qiymati eng katta songa ega bo'ladi
Shunday qilib, zarracha suv bilan qanchalik yaxshi namlanmasa, havo pufakchasi zarracha yuzasidan suvni shunchalik oson siqib chiqaradi va zarrachaga birlashib oladi. Flotasiya usuli oqova suvni neftdan, surkaladigan moylardan, neft mahsulotlaridan tozalashda qo'llaniladi. Bu jarayon olib boriladigan apparat flotator deb ataladi.

Download 25.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling