Laboratoriya ishi charmning kapillyarligini aniqlash


Download 31.15 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi31.15 Kb.
#1007343
Bog'liq
9-laboratoriya ishi




9- LABORATORIYA ISHI
CHARMNING KAPILLYARLIGINI ANIQLASH


Ishdan maqsad: CHarmning kapilyarligini o‘rganish va uni aniqlash.

CHarm buyumlarini ishlab chiqarish va ularni ekspluatatsiya qilish jarayonida ko‘pincha alohida detallarga yoki butun buyumga suv va suv bug‘lari ta’sir etadi. Bu ta’sirlar material va buyumning xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi. Masalan, charmdan tayyorlangan taglik yoki poyabzal ustki tanovarini shakllashdan oldin namlik bilan ishlov berilsa, ularning shakl olish va berilgan shaklni saqlash xususiyatlari ancha yaxshilanadi.


Tabiiy charm kolloid tuzilishga ega kapilyar-govak jismdir. Kapillyar deb mikrodiametr va katta uzunlikka ega bo‘lgan trubkasimon jismga aytiladi. CHarmdagi kapillyar devorlari qayishqoq bo‘ladi, namlik yutilganda ularning o‘lchamlari o‘zgaradi.
P.A. Rebinder sxemasi bo‘yicha namlik bilan material o‘rtasidagi bog‘lanishning hamma shakllari 3 guruhga bo‘linadi:
a) kimyoviy.
b) fizik-kimyoviy.
v) fizik- mexanik.
Material bilan fizik-mexanik bog‘lanishga ega bo‘lgan namlik kapillyar va shimilishdagi namlik deyiladi. Kapillyar shimilish mexanizmi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (9.1-rasm):

9.1-rasm. Kapillyar shimilish mexanizmi.


Agar kapillyar naychaning kapillyar devorlarini namlovchi suyuqlikka tushirilsa, unda suyuqlik kapillyar bo‘ylab gidrostatik bosim ostida ko‘tariladi. Suyuqlikning ko‘tarilishi kapillyar bosim bilan gidrostatik bosim orasidagi farq tugaguncha davom etadi. Suyuqlikning ko‘tarilish balandligi quyidagi bog‘liqlik bilan aniqlanadi:

bu erda: - suyuqlikning sirt taranglik kuchi;
- ho‘llanish burchagi;
r- kapillyar radiusi;
g- erkin tushish tezlanishi;
yj- suyuqlik zichligi.

Poyabzalning ichki detallariga ishlatiluvchi materiallarning namlikni yutish va uning tez taqsimlanish qobilyatlari ho‘llanish va namlikni o‘zida uzoq vaqt saqlash xususiyatlari bilan bir qatorda qimmatli gigienik xususiyatlar bo‘lib hisoblanadi.


CHarmda namlikning kapillyar ko‘tarilish xususiyatini aniqlash uchun 20x200 mm o‘lchamli namuna vertikal holatda ilib qo‘yiladi va uning bir uchi suvli idishga botirib qo‘yiladi. Agar namuna kapillyarlikka ega bo‘lsa, unda namlik yuqoriga ko‘tariladi. Ma’lum bir chegaraga etganda ko‘tarilish to‘xtaydi. Kuzatuv 2 soat davomida olib boriladi va ko‘tarilish balandligi N (mm) aniqlanadi. Olingan natijalar jadvalga yoziladi.



CHarmning nomi

Kapillyarlik N, mm.

1







2







3









Bajarilgan ish bo‘yicha xulosa chiqarilsin.
Download 31.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling