Yuza gʻadir-budirliklari; mkm


Download 210.37 Kb.
bet1/11
Sana16.06.2023
Hajmi210.37 Kb.
#1500347
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-мавзу курс иши

2.3.3. Mexanik ishlov berish uchun qoʻshim miqdorini va oʻtishlararo oʻlchamlarni yarim analitik va jadvallar usulida hisoblash.


Qoʻshim – chizmada koʻrsatilgan detal yuzalarini maʼlum bir ruxsat etilgan oʻlcham va gʻadir-budirliklarini taʼminlash uchun mexanik ishlov berish jarayonida zagotovkani yuzasidan olib tashlanadigan material qatlamidir. Agar detalning yuzasiga bir necha oʻtish yoki operatsiyalar bilan ishlov berilsa, qoʻshimning miqdori har bir operatsiyalar uchun alohida hisoblanadi. Bu qoʻshimlar miqdorini yigʻindisi ishlov berishga qoʻyilayotgan umumiy qoʻshim boʻladi.
Sozlangan dastgohda ishlov berishda qoʻshimlar miqdorining kichik qiymatini analitik hisoblash, quyidagi formulalar yordamida bajariladi:
A) qarama - qarshi yoki alohida joylashgan tekis yuzalarga ketma-ket ishlov berilganda:
Z1min=Rz1-1+H1-1+R1-1+Ey1
Bu yerda: Rz- yuza gʻadir-budirliklari; mkm.
Н – qoldiq qatlam chuqurligi; mkm.
R – fazoviy chetlanishlar qiymati; mkm.
Eу - oʻrnatish xatoligi; mkm.
i – ishlov berilib olinayotgan yuza indeksi;
i-1 – ishlov berishgacha boʻlgan yuza indeksi;
B) qarama –qarshi joylashgan tekis yuzalarga parallel ravishda ishlov berishda:
2Z1min=2(Rz1-1+H1-1+ R 1-1+Ey1)
V) tashqi va ichki aylanuvchan yuzalarga ishlov berishda:

G) markazlarda oʻrnashtirilgan silindrik yuzalarga ishlov berishda, markazsiz jilvirlashda:
2Z1min=2(Rz1-1+H1-1+ R1-1)
D) suzuvchi razvyortka bilan razvertkalash, tuynukka sidirib ishlov berishda:
2Z1min=2(Rz1-1+H1-1)
Ichki va tashqi yuzalar uchun texnologik jarayonni har bir oʻtishlari boʻyicha qoʻshim va chegaraviy oʻlchamlarini hisoblash tartibi oʻn bitta bosqichdan iborat ([10],411-506b; [8], 322-345b; [4],104b.; [26],61b.;4.1j,[6])170.) Quyida shu bosqichlarga uslubiy koʻrsatmalar berilgan. Bu koʻrsatmalarda qaysi texnik adabiyotlardan, jadvallardan foydalanish kerakligi ham berilgan.

1-bosqich hisob ishlariga tayyorgarlik.


Zagotovkani olish usuli, uning aniqlik darajasi va materiali haqida maʼlumotlarni yozish (tushuntirish xatining 2.3.1. boʻlimi). Keyin detalni ishchi chizmasi va texnologik marshrut kartalaridan foydalanib, qoʻyimlarni hisob kartasi (10.3-ilova) ga zagotovkaga oxirgi ishlov berilguncha boʻlgan operatsiya va oʻtishlar boʻyicha yuzalarga ishlov berish ketma-ketligini yozish.
2 -bosqich hisoblash uchun maʼlumotlarni tanlash.
Ishlov berilayotgan yuza turi boʻyicha toʻgʻri keladigan qoʻyimni minimal qiymatini hisoblash formulasini tanlash. Har bir oʻtishlar uchun alohida zagotovka turi, materiali va ishlov berish usulidan kelib chiqib qoʻyimni tashkil qiluvchi (Rz, H, P va E) ni qiymatini aniqlash. Shu yerda har bir bajarilayotgan oʻtish uchun ruxsat etilgan chetga chiqishlarning “T” qiymatini aniqlash maqsadga muvofiq boʻladi. Bunda i=1 indeksi boʻlganda, qiymatlarni oldingi texnologik jarayon bajarilgandagi yuzasi holati boʻyicha, 1- indeks boʻlganda, qiymatlari bajarilayotgan texnologik oʻtish boʻyicha qabul qilinishi kerak.
Qoʻshimlarni qoʻshiluvchi qiymatlarini va chetga chiqishlar qiymatlarini aniqlash uchun quyidagi adabiyotlardan foydalanish mumkin:

Download 210.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling