Yuza gʻadir-budirliklari; mkm


Mexanik ishlov berish uchun qo‘shimlarni hisoblash va texnologik o‘tishlar bo‘yicha chegaraviy o‘lchamlarni hisoblash tartibi quyidagicha


Download 210.37 Kb.
bet6/11
Sana16.06.2023
Hajmi210.37 Kb.
#1500347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-мавзу курс иши

Mexanik ishlov berish uchun qo‘shimlarni hisoblash va texnologik o‘tishlar bo‘yicha chegaraviy o‘lchamlarni hisoblash tartibi quyidagicha:
1. Detalning ishchi chizmasidan va mexanik ishlov berish texnologik jarayonidan foydalanib, 2-jadvalga zagotovkaning elementar yuzalarini va har bir elementar yuzaga dag‘al ishlov berishdan to yakuniy ishlov berishgacha bo‘lgan barcha ishlov berishlarni bajarish ketma-ketligida yozamiz:


7-jadval. Qo‘shimlar va operatsion o‘lchamlarni hisoblash jadvali.





Texnologik operatsiyalar
va o‘tishlar

Qo‘shim elementlari

Hiso-
biy qo‘-
shim
2Zmin,
mkm

Hiso-
biy o‘l-cham,
mkm



T-
joiz-
lik

Chegaraviy

Rz

h

Δ

έo‘rn










O‘lchamlar, mm

Qo‘shimlar,mm










min

max

min

max

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12





































2. [5] adabiyotdagi jadvallardan har bir texnologik o‘tish uchun qo‘shim elementlarini (Rz, h, , orn, T) yuqoridagi 2-jadvalning 2, 3, 4, 5, 8-ustunlariga kiritamiz, Rz, h qiymatini [5] adabiyotdagi 4-bob, 1–7, 10 – 14, 24, 25, 27-jadvallardan qabul qilamiz.
Bu yerda:
Rz – yuzaning g‘adir-budirligi, mkm;
h- yuza sifatini xarakterlovchi nuqsonli qatlamning qalinligi, mkm;
T-ishlov berish (tayyorlash) usuliga tayinlangan joizlik (qo‘yim) qiymati, ([5] adabiyotdagi 4-bob,32-jadval); zagotovkaga tayinlangan joizlik [5] adabiyotdagi 3-bob,3,4,11 va 23-jadvallardan olinadi.
- ishlov berilgan yuzalardagi fazoviy og‘ishlarning yig‘indi qiymatlari, mkm; ([5] adabiyotdagi 4-bob,4,8,9,15-22,28-jadvallar).
έo‘rn-ishlov beriladigan yuzani siljish kattaligini xarakterlovchi zagotovkani o‘rnatish xatoligi, mkm; ([5] adabiyotdagi 1-bob,12-13-jadvallar).
3.Simmetrik yuzalar uchun qo‘shim elementlari qiymatlarini jamlash va ikki marta qo‘shish yo‘li bilan, barcha texnologik o‘tishlar bo‘yicha ishlov berish uchun Zimin minimal qo‘shimlarning hisobiy kattaliklarini quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz:
2Zimin=2(RZi-1 + hi-1 + ),
Bu yerda i=1,n-yuzaga ishlov berishda o‘tishlar soni.
4.Yakuniy (oxirgi) o‘tish uchun 7-ustunga chizma bo‘yicha valning eng kichik chegaraviy o‘lchamini yozamiz (tuynuk uchun eng katta chegaraviy o‘lchamni yozamiz).
5.Yakuniy (oxirgi) o‘tishdan avvalgi o‘tish uchun hisobiy o‘lchamni aniqlaymiz (chizma bo‘yicha eng kichik chegaraviy o‘lchamga hisobiy qo‘shim qiymatini qo‘shish yo‘li bilan (7-ustun), (tuynuk uchun – eng katta hisobiy o‘lchamdan chizma bo‘yicha Zmin hisobiy qo‘shimni ayirish yo‘li bilan).
6. Har bir oldingi o‘tish uchun, hisobiy o‘lchamga o‘tishdan keyingi qo‘shni o‘tishning qiymatiga Zmin hisobiy qo‘shimni ketma-ken qo‘shib borish yo‘li bilan, hisobiy o‘lchamini aniqlaymiz (tuynuk uchun – har bir oldingi o‘tish uchun undan keying qo‘shni o‘tish qiymatidan Zmin hisobiy qo‘shimni ayirib borish yo‘li bilan aniqlaymiz).)
7. Barcha texnologik o‘tishlar uchun ularning eng kichik chegaraviy o‘lchamlarini (tuynuklar uchun eng katta) katta tomonga yaxlitlash (tuynuklar uchun kichik tomonga yaxlitlash) yo‘li bilan hisobiy o‘lchamlarini yozib olamiz. Har bir o‘tishning o‘lchami uchun verguldan so‘ng joizlik qiymati qanday aniqlikda berilgan bo‘lsa shunday aniqlikda yaxlitlaymiz (10-ustun).
8. Yaxlitlangan eng kichik chegaraviy o‘lchamga joizlikning qiymatini qo‘shish yo‘li bilan valning eng katta chegaraviy o‘lchamini aniqlaymiz (tuynuk uchun ayirish yo‘li bilan) (9-ustun).
9. Zmax qo‘shimlar qiymatlarining chegaraviy qiymatlarini, oldingi va keyingi (endi bajariladigan) o‘tishlarning eng kichik chegaraviy o‘lchamlari orasidagi ayirma sifatida yozib olamiz (11 va 12-ustunlar).
10. Ishlov berishga tayinlangan oraliq qo‘shimlarni jamlash (qo‘shish) yo‘li bilan Z0min va Z0max umumiy qo‘shimlarni aniqlaymiz.
11. Bajarilgan hisob-kitoblarning to‘g‘riligini quyidagi formulalar orqali tekshiramiz:

Download 210.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling