Yuza gʻadir-budirliklari; mkm
Download 210.37 Kb.
|
4-мавзу курс иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-jadval. Uzunligi 220 mm.li valga ishlov berishda operatsion o‘lchamlarni hisoblash jadvali.
- Yuzanga ishlov berish marshruti Iqtisodiy aniqligi Operatsion o‘lcham, mm
- Prokat: [4], 167 b., 33 j; [6], 180 b., 2 j; 182 b. 2 j; 182 b. 7 j. [13], 74 b. 5 j.; 76 b. 9 j. Pokovka (shtampovka)
[23] 96 b, 3.44-j.
[26], 151 b., 3,2 j. Tekis yuzalar uchun: [8], 362 b, 42 j; [4], 147 b, 57-j. [6], 26 b., 13 j; [26], 152 b., 33 j. Misol sifatida, bir necha o‘tishlar va operatsiylar bilan ishlov beriladigan zagotovkaning operatsion o‘lchamlarini hisoblash natijalari 6-jadvalda berilgan: 6-jadval. Uzunligi 220 mm.li valga ishlov berishda operatsion o‘lchamlarni hisoblash jadvali.
Texnologik chetga chiqishlarni taxminiy qiymatlarini, shuningdek zagotovkalarga mexanik ishlov berish jadvallari boʻyicha ham aniqlash mumkin: Prokat: [4], 167 b., 33 j; [6], 180 b., 2 j; 182 b. 2 j; 182 b. 7 j. [13], 74 b. 5 j.; 76 b. 9 j. Pokovka (shtampovka): [4], 174 b., 12 j; [6], 189 b., 19 j; [13], 79-81 b. 12-14 j.; Quyma: [4], 175-176 b., 15-16 j; [6], 183-195 b., 23-24 j; [13], 83-84 b. 17-21 j.; Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan texnologik ruxsat etilgan chetga chiqishlar jadvallari u yoki bu ishlov berish turlarida iqtisodiy erishiladigan aniqlikdan kelib chiqqan holda tuzilgan. Ayrim hollarda, erkin oʻlchamlarning bir necha oʻtishlararo oʻlchamlariga tavsiya qilingan texnologik ruxsat etilgan chetga chiqishlar qiymatlari oxirgi oʻlchamni ruxsat etilgan chetga chiqishlariga nisbatan kichik boʻlib qolishi mumkin. Bu hollarda oraliq oʻtishlar uchun ruxsat etilgan chetga chiqishlarni kattalashtirib olish kerak boʻladi. Qora zagotovkalarga ishlov berishdagi birinchi texnologik oʻtish uchun va qora bazaga nisbatan oʻlcham saqlanayotganda ruxsat etilgan chetga chiqishlar T1 qiymatini jadvallardan qabul qilmasdan, balki quyidagi formula boʻyicha aniqlash kerak: (10) bu yerda: Tq.z.- qora zagotovka oʻlchamiga qoʻyilayotgan ruxsat etilgan chetga chiqishlar; Ttex –toʻgʻri keladigan ishlov berish usuli uchun jadvallarda koʻrsatilgan texnologik ruxsat etilgan chetga chiqishlar. 3-bosqich. Kichik (minimal) qoʻshimlarni hisobiy qiymatlarini aniqlash. Qoʻshimlarni tashkil qiluvchilarni topilgan qiymatlari (2- bosqich) qabul qilingan formulaga (1- bosqich) qoʻyiladi va zagotovkadan tayyor detal olingungacha boʻlgan yuzalarga mexanik ishlov berishning barcha texnologik oʻtishlar (operatsiyalari) boʻyicha qoʻshimlarni Zmin hisobiy kichik (minimal) qiymatlari aniqlanadi. 4-bosqich. Hisobiy oʻlchamlarni aniqlash. “Hisobiy oʻlcham” boʻlimiga oxirgi oʻtish detalni chizma boʻyicha kichik (katta) chegaraviy oʻlchamlari yoziladi. Bu oʻlcham tuynuklarni va ularni hisoblash uchun dumaloq qavsda koʻrsatilgan ruxsat etilgan chetga chiqishlarni manfiy qismini detal oʻlchamidan ayirib tashlab hosil qilinadi (ruxsat etilgan chetga chiqishlarni musbat qismini detal oʻlchamiga qoʻshish bilan). Bu oʻlcham oxirgi oʻtish bajarilgandan keyin detalning kichik (katta) ijroviy oʻlchami boʻlib hisoblanadi. bosqich. Oxirgi oʻtishga hisobiy kichik (katta) oʻlchamni aniqlash. Oxirgi oʻtishdan oldingi oʻtish uchun chizma boʻyicha eng kichik chegaraviy oʻlchamiga hisobiy qoʻshimni qoʻyish bilan (eng katta oʻlchamidan ayrish bilan) kichik (katta) oʻlchamini hisoblash. bosqich. Qolgan oʻtishlar uchun hisobiy kichik (katta) oʻlchamlarni aniqlash. Ketma-ket har bir oʻtishlar uchun kichik (katta) oʻlchamlarni hisobiy oʻlchamlariga mos keladigan qoʻyim Zmin miqdorini qoʻshish (hisobiy oʻlchamdan ayirish) yoʻli bilan hisoblash. 6-bosqich hisoblari yuzalarga mexanik ishlov berish texnologik oʻtishlari bittadan koʻp boʻlgan holda bajariladi. Olinayotgan oʻlchamlarni – detal yuzasidan zagotovka yuzasigacha – “toza”, “yarim toza”, “qora”, “zagotovka” deb belgilash tavsiya qilinadi. 7- bosqich. Kichik (katta) oʻlchamlarni yaxlitlash. Hisobiy oʻlchamlarni mos keladigan oʻtishlar uchun qabul qilingan ruxsat etilgan chetga chiqishlarini oʻndan bir belgisigacha koʻpaytirib (kamaytirib) yaxlitlab yozish. 8 – bosqich. Katta (kichik) ijroviy oʻlchamlarni aniqlash. Yaxlitlangan kichik oʻlchamga ruxsat etilgan chetga chiqishlar (dopusk) ni qoʻshish (yaxlitlangan katta oʻlchamdan ruxsat etilgan chetga chiqishliklarni ayirish) yoʻli bilan katta (kichik) ijroviy oʻlchamlarni hisoblash. 9 – bosqich. Qoʻshimlarni chegaraviy Zmax va Zmin qiymatlarini aniqlash. Qoʻshimlarni chegaraviy Zmax qiymatlarini bajarilgan va bajarilayotgan oʻtishlar (bajarilayotgan va bajarilgan oʻtishlar) katta (kichik) chegaraviy oʻlchamlar orasidagi farq sifatida va kichik (katta) chegaraviy oʻlchamlar orasidagi farq sifatida aniqlash. 10 – bosqich. Umumiy qoʻshimlarni aniqlash. Ishlov berishni barcha texnologik oʻtishlari boʻyicha oraliq qoʻshimlarni yigʻib umumiy Zum.max va Zum.min qoʻshimlarni aniqlash. 11 – bosqich. Hisob ishlarini toʻgʻriligini tekshirish quyidagi formula boʻyicha olib boriladi. Zum.max – Zum.min = Tq.z.- Tdet. (11) Agar (11) - formuladagi tenglik bajarilmasa, hisob notoʻgʻri bajarilgan va yoʻl qoʻyilgan xatoni qidirish kerak. Hisoblar toʻgʻriligini tekshirilgandan soʻng olingan oʻlchamlarni va qoʻshimlarni chegaraviy qiymatlari qoʻshimlar kartasini mos keladigan boʻlimiga yoziladi ( ilovaga qarang). Qoʻshimlarni analitik hisoblar bilan aniqlash ikkita har xil xarakterdagi yuzalarga mexanik ishlov berish uchun bajariladi – tekis yuzaga va ichki yuzalarga. Download 210.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling