Laboratoriya ishi eksperimental statistik modellashtirish usuli


Download 88.87 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi88.87 Kb.
#195441
Bog'liq
1- лаб. (лотин)


1- LABORATORIYA ISHI

EKSPERIMENTAL - STATISTIK MODELLASHTIRISH USULI
I. Kirish

Matematik modellashtirishda eksperimental statistik modellashtirish usullari mavjud bo‘lib, staxostik jarayonlarni matematik modellashtirishda, odatda eksperimental statistik modellashtirish usuli qo‘llaniladi . Bunda texnologik jarayonning matematik modelini tuzishda, shu ob’ektda olingan tajriba natijalaridan foydalaniladi.



2. Ishning maqsadi: Tajriba natijalaridan foydalanib, texnologik jarayonlarning matematik ifodasini tuzish.

3. Masalaning qo‘yilishi va nazariy asoslari.

qandaydir texnologik jarayonning matematik ifodasini tuzish kerak bo‘lsin ( 1.1- rasm).




ТЖ

X U


1.1 - rasm

Bu texnologik jarayonning chiqish parametri ( u) kirish parametri (x ) ga bog‘lik o‘zgaradi, ya’ni ular orasida qandaydir funksional bog‘liqlik bor, u=f(x) (masalan: berk idishdagi bosimning har xil qiymatlariga, idish ichidagi suyuqlikning har xil qaynash temperaturasi mos keladi).

Agar bu bog‘liq lik matematik ifodasini, ma’lum qonuniyatlar orqali analitik ifodalash mumkin bo‘lmasa, unda eksperimental statistik modellashtirish usulidan foydalaniladi. Buning uchun avval eksperiment o‘tkaziladi. Kirish parametri (x) qiymatini o‘zgartirib borib, chiqish parametri (U) qiymatlari olinadi.

Bu qiymatlarni koordinatalar sistemasiga qo‘yib chiqib, eksperiment nuqtalari birlashtiriladi va regressiya «egri» chizig‘i olinadi(1.2 - rasm).

Regresiya egri chizig‘ining ko‘rinishi har-xil bo‘lishi mumkin. Masalan: to‘g‘ri chiziq , parabola yoki boshqa ko‘rinishda.

Regressiya egri chizig‘i ko‘rinishiga qarab bog‘liqlik tenglamasi tanlanadi (masalan, y = kx, ya’ni koordinata boshidan o‘tgan to‘g‘ri chiziq tenglamasi).

Bu tenglama koeffitsientini, eng kichik kvadratlar usulini qo‘llab topiladi.

Bu usulga binoan, quyidagi shart bajarilishi kerak.



(1.1)

(ya’ni, hisobiy nuqtalarning eksperimental nuqtalardan chetlashishi minimal bo‘lishi kerak).

Bu erda, N - eksperimentlar soni;

yei -kirish parametrining xi qiymatiga mos keladigan chiqish parametrining eksperimental qiymati;



yxi -kirish parametrining x qiymatiga mos kelgan chiqish parametrining hisob iy qiymati.

1.2 – rasm


Agar regressiya «egri» chizig‘i, koordinata boshidan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqqa yaqin bo‘lsa, unda uni y = kx tenglama yordamida ifodalash mumkin. Bu tenglamani (1.1) tenglamaga qo‘yib, quyidagini olamiz.

(1.2)

Funksiyani klassik tahlil qilish usulida, shu funksiyani ekstremumi borligini kerakli sharti buyicha,

ya’ni, (1.3)

tenglamani matematik o‘zgartirishlardan so‘ng, tenglama koeffitsienti k ni hisob lash tenglamasini olamiz



(1.4)

k ning qiymatini hisoblash uchun, avval quyidagi yig‘indilarni hisob lash kerak :




  1. Masalani echish blok sxemasi:


ҳа

йўқ=ща

1 - rasm. Tenglama koeffitsienti k ni xisoblash blok sxemasi.


5.Ishning bajarish tartibi.

  1. Eksperiment natijalaridan foydalanib, regressiya «egri» chizig‘ini chizing.

  2. Regressiya «egri» chizig‘i ko‘rinishiga qarab, bog‘liqlik tenglamasini tanlang ( u= kx ).

  3. Masalani echish blok - sxemasi va dasturi bilan tanishing.

  4. Eksperiment qiymatlarini hisoblash dasturiga kiriting va tenglama koeffitsienti ( k ) qiymatini hisoblang.

  5. Koordinata sistemasida y= kx chizig‘ini o‘tkazib, uni regressiya egri chizig‘i bilan solishtirib, matematik modelning adekvatligiga baho bering.

  6. YUqoridagi eksperiment qiymatlardan foydalanib, u= k0+k1x tenglama koeffitsientlarini hisoblang.

  7. Ikki tenglamadan qaysi biri chiqish parametrining (u) kirish parametridan (x) bog‘liq ligini aniqroq ifodalashiga tushuntirish bering.

  8. Bajarilgan ish bo‘yicha hisobot tayyorlang.


6. Hisobotning mazmuni.

1. Masalaning nazariy asoslari.



  1. Masalaning echish blok – sxemasi.

  1. Masalaning echish dasturi.

  2. Hisob natijalari va olingan natijalarni tahlili.


7. Mashgulot bo‘yicha nazorat savollari:

  1. Tizim to‘g‘risida tuchuncha.

  2. Boshqarish tizimi.

  3. Jarayon nima?

  4. Obekt to‘g‘risidagi ma’lumot.

  5. Ochiq va yopiq zanjirli tizimlar.


Download 88.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling