Laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalari
Download 39.9 Kb.
|
5 laboratoriya ishi. mavzu fosfori
1-BO’LIM LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI Har bir talaba tajriba ishlarini bajarishdan oldin texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishishi shart. Boyitish stollarida ishni bajarishdan oldin quyidagi qoidalarga amal qilish zarur: 1. Ishni bajarishdan oldin boyitish stolning elektr dvigatellari elektr o`tkazgichlar yordamida (zazemlenie) yerga ulangan bo`lishi shart. 2. Dastgohni ishga tushirish va to`xtatish faqat o`qituvchi, o`quv ustasi yoki laborant tomonidan amalga oshiriladi. 3. Stolning rudani qabul qilish tuynugiga ruda maxsus cho`michlar yordamida berib turiladi. 4. Boyitish mahsulotlari boyitish stoli ishdan to`xtatilgandan so`ng ajratib olinadi. 5. Ishlab turgan vaqtda stolning tebranish amplitudasi va sonini, qiyalik burchagini o`zgartirish qat`iyan man etiladi. Foydali qazilmalarni flotatsiya usulida boyitishda quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish zarur: 1. Ishni bajarishdan oldin flotatsiya mashinasi va pH - metrning elektr o`tkazgichlari yerga ulanganligini (zazemlenie) tekshirish shart. 2. Quyidagilar qat`iyan man etiladi: a) Flotatsiya reagentlari va reaktivlarning ta`mini tatib ko`rish; b) Eritma va flotatsiya jarayoni chiqindilarini rakovinaga to`kish; v) Tturli reagent eritmalarini byuretka va pipetkalarga olishda og’iz bilan so`rish; 3. Flotatsiya mashinasida ishlayotganda impellerni yurituchi qismining to`sinini olish man etiladi; 4. Impellerning tasmali uzatgichi uzilganda dvigatelni o`chirish zarur va so`ngra tasmani almashtirish mumkin; 5. Impellerning elektr dvigateli ishlayotgan vaqtda uning aylanish sonini o`zgartirish man etiladi; 6. Bo`tanaga tsianid aralashtirish zarurati tug’ilsa maxsus kurakcha yordamida aralashtirish zarur, qo`l yordamida aralashtirish man etiladi, chunki tsianid zaxar!; 7. Sianidni zarur bo`lgan mikdorda solishni laborant amalga oshiradi va reagent seyfda saqlanishi shart; 8. Kislota va ishqor bilan ishlayotganda ehtiyot bo`lish zarur. Ular qo`l terisiga tushsa kuydiradi. Bunday hol ro`y bersa darhol qo`lni oqar suvda yuvib, so`ngra kuchsiz kislota va ishqor aralashmasida artish lozim; 9. Zarur bo`lgan reagent miqdori o`lchash tsilindri yoki oxiriga grusha kiydirilgan pipetka yordamida olinadi. Og’iz orqali pipetka bilan olish man etiladi; 10. Laboratoriya xonasida ovqatlanish, chekish man etiladi; 11. Boyitish mahsulotlarini quritish shkafidan olishda kuyishdan ehtiyot bo`lish kerak; 12. Laboratoriya xonasida maxsus kiyim-xalatda ishlash zarur; 13. Flotatsiya mashinasi kamerasidagi mahsulotni mashina ishdan to`xtatilgandan so`ng bo`shatish mumkin; 14. Ish so`ngida qo`lni yuvish zarur. Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling