Laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalari
Flotatsiyani o`tkazish tartibi
Download 39.9 Kb.
|
5 laboratoriya ishi. mavzu fosfori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarini tahlil qilish
- 5 - laboratoriya ishi
Flotatsiyani o`tkazish tartibi:
a) berilgan rudani boyitishning texnologik sxemasini tuzish; b) reagentlar sarfini hisoblash va berilgan kontsentratsiya bo`yicha eritmalarini tayyorlash; v) flotatsiya jarayonini o`tkazish va boyitish mahsulotlarini tahlil qilish; g) flotatsiya jarayonining texnologik ko`rsatkichlarini hisoblash, foydali komponentlarning muvozanatini tuzish va o`tkazilgan tajriba ishi bo`yicha xulosalar chiqarish. Flotatsiya mashinalari kamerasi pleksiglasdan (maxsus material) tayyorlangan bo`lib, 25,100,250,500 va 1000 gr. ruda namunalariga mo`ljallangan bo`lishi kerak. Asosiy flotatsiya kamerasi sig’imi 700 ml bo`lgan «Mexanobr» mashinasida o`tkaziladi. Boyitmani qayta tozalash sig’imi 75 ml bo`lgan flotokamerada o`tkaziladi. Buning uchun flotatsiya mashinasi kamerasiga 500 ml atrofida suv solib, aralashtirish uchun impeller aylantiriladi (qo`shiladi). So`ngra ingichka oqim qilib sekin ruda namunasi solinadi va foltatsiya davomida o`zgarmas chiziqqacha suv solinadi. Shundan so`ng reagentlar qo`shish boshlanadi. Birinchi muhitni sozlovchi reagentlar qo`shilib 2 daqiqa aralashtiriladi. Keyin esa tazyiqlovchi reagentlar va yig’uvchi reagentlar qo`shilib, 2-5 daqiqa aralashtiriladi. Shundan so`ng ko`rsatilgan belgigacha kameraga suv qo`shiladi va kameraga havo berilib, hosil bo`lgan ko`pik ajratib olinadi. Flotatsiya jarayonining davom etish vaqti aniqlangan bo`lishi lozim. Zarurat tug’ilganda qayta tozalash va nazorat flotatsiyalari amalga oshiriladi. Flotatsiya jarayonidan boyitma, oraliq mahsulot va chiqindi olinadi. Tadqiqot natijalarini tahlil qilish Flotatsiya jarayonidan olingan barcha mahsulotlar quritilib, texnik tarozida og’irligi o`lchanadi. Shundan so`ng mahsulotlar tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning miqdorini aniqlash uchun mahsulotlardan namuna olib kimyoviy tahlilga beriladi. Flotatsiya jarayonidan olingan mahsulotlarni quritish shkafiga qo`yishdan avval ularning har biriga mahsulotlarning nomi va kimning mahsuloti ekanligi qog’ozchaga oddiy qalamda yozilib, tashlanadi. Mahsulotlar past haroratda quritilishi kerak, chunki yuqori haroratda mahsulotlarning tarkibi va massasi o`zgarishi mumkin (masalan, sulfidli mahsulotlardagi oltingugurtning yonishi hisobiga), mahsulot idishga yopishib qolishi, yoki qog’oz markalar yonib ketib, mahsulotlar adashib ketishi mumkin. Kimyoviy tahlildan olingan natijalar 2-jadvalga yoziladi va metallar muvozanati hisoblanadi. 2-jadval. Kimyoviy tahlildan natijalari
Jadval to`ldirilgandan so`ng qo`llaniladigan reagentlar, ularning miqdori, qo`shilish joylari va flotatsiya davomiyligi ko`rsatiladi. Qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotlariga ajralishi quyidagi formula bo`yicha topiladi. Bu yerda: ε– qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotiga ajralishi, %; γ- mahsulotning chiqishi, %; β- qimmatbaho komponentning boyitish mahsulotlaridagi miqdori, %; α- qimmatbaho komponentning dastlabki rudadagi miqdori, %. Dastlabki rudadagi qimmatbaho komponentning ajralishi boyitish mahsulotlariga ajralgan qimmatbaho komponetlarning yig’indisiga teng bo`lishi kerak. Bunday holda tajriba ishi to`g’ri bajarilgan bo`ladi. Bajarilgan ishni himoya qilish uchun talabalar quyidagilarni bilishi shart: Ruda tarkibidagi asosiy komponentlarning flotatsion xususiyatlarini; Tanlangan boyitish sxemasini asoslashni; Reagentlarni jarayonga nima maqsadda qo`llanilishini va sarfini; Bo`tananing zichligi va muhitning jarayonga ta`sirini; Flotatsiya mashinasining tuzilishi va ishlash printsipini; Ishni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni 5 - laboratoriya ishi Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling