Qo‘yilmani joylashtirish, qalamda kompanovka qilish va rangda tasvirlash
Download 70.16 Kb.
|
ma`ruza matni 1.1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasvirlashning asosiy qonun-qoidalari
- Chiziqli konstruktiv tuzilish.
- Ayollar gavdasining qiyofasi.
Kiyimli ayol gavdasi (rangli fonda). Qo‘yilmani joylashtirish, qalamda kompanovka qilish va rangda tasvirlash Rangtasvir — barcha tasviriy san’at turlarining asosiylaridan biri hisoblanadi. Rassom tasviriy san’at turning qaysi birida ijod qilishidan qat’i nazar, chizmatasvir va rangtasvirga asoslanadi. U o‘zining kuzatishlari, katta asar kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini awal qalamda dastlabki chizgilar bilan ifodalaydi. Katta san’at kompozitsiya asarlarini yaratishda esa, bajarilgan chizgilar rassomga yordamchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Rassom u yoki bu kartinasini yaratishni qalamda boshlaydi. Shundan keyingina ushbu san’at asari ranglar jilosi orqali tomoshabinga estetik huzur baxsh etadi. Boshqacha qilib aytganda, chizmatasvir, rangtasvirsiz hech bir rassom o‘z asarini yetuk holga keltira olmaydi. Rangtasvir mashg'ulotlari buyumlarni tocg‘ri tasvirlash, borliqni idrok etish, qo‘l, ong va sezgi organlarini shakllantirishda nafaqat boiajak rassomga, balki turli kasb sohasidagi kishilarga zarurdir. Uyg‘onish davrining buyuk rassom va olimi Leonardo da Vinchi о‘lining «Rangtasvir qonunlari» nomli asarida, jumladan, shunday degan edi: «Yoshlar, o‘zlarini ilm-fan, tasviriy san’atda sinamoqchi boisalar, awalo rasm chizishni mukammal bilmoqlari lozimdir». Rangtasvir mashg‘ulotlari boshqa mutaxassislik fanlari qatorida boLlajak rassomlarni tayyorlashda asosiy mezon hisoblanadi. Rangtasvir darslari o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga I—III kurslarda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali olib boriladi. Amaliy mashg‘ulotlar qatorida nazariy bilimlar ham bo'lajak rassomlarga ularning keyingi o'qish va ijodiy faoliyatlarida muhim hisoblanadi. Yoshlarga badiiy ma’lumot berishda borliqni haqqoniy tasvirlash mashg‘ulotlari benihoya katta bolib, bu ularning umumiy dunyoqa- rashlarini o‘stirishda muhim ahamiyatga ega. Realistik rasm chizish san’ati tabiatdagi shakllarni haqqoniy obrazlarda tasvirlash mahoratini rivojlan- tirishni ocz oldiga maqsad qilib qocyadi.
Perspektiva qonuni. Tasvirlanayotgan buyumlar, ushbu buyumning qaysi tomonidan ko'rinishidan qat’i nazar (uzoqdan, yaqindan, yuqoridan, pastdan, to‘g‘ridan yoki chekkadan) chizuvchiga o‘zgarib koLrinadi. Masalan, kubni u yoki bu tomonga burib, Lining tomonlarini chizuvchiga o'zgarib ko'rinishini kuzatamiz. Buyumlarni tekislikka haqqoniy tasvirlashda rassom perspektiva qonuniga bevosita murojaat qiladi. Bu holatni shunday ta ’riflash mumkin: «Tabiatdagi barcha buyumlar qanday shaklga ega bo`lmasin, perspektiv qonun va qoidalarga bo‘ysunadi». Perspektiva qonunlarini mukammal o'rganib olib, bar qanday buyum¬ning ko'rinar va ko‘rinmas tomonlarini to‘g‘ri tasvirlash mumkin. Perspektiva qonunlarining asosiy xususiyatlari shundaki, buyumlar qanday kattalikda bo`lmasin, chizuvchidan uzoqlashgan sari va tekislikda qanday joylashganiga qarab perspektiv qisqaradi. O‘z navbatida perspektiva qonuni haqqoniy tasvirlash «alifbo»laridan bo‘lgan «surat tekisligi», «buyum tekisligi», «ko‘rish maydoni», «ko‘rish nuqtasi», «ufq chizig‘i» kabi qonuniyatlar bilan chambarchas bog ‘liqdir. Surat tekisligi deb tasvirlanayotgan portret bilan rassom orasidagi fazoga aytiladi. Yorugdik chizilayotgan buyumga tushib, rassomga lining shakli ko rinadi. Shundan keyingina, rassom uni idrok etib tasvirlashga octadi. Surat tekisligi rassom bilan natura o'rtasidagi vosita bolib xizmat qiladi. Buyum tekisligi deb tasvirlanayotgan buyumning joylashgan tekisligiga aytiladi. Buyum tekisligi vazifasini stol. pol, yer o'tashi hamda chizish uchun mo'ljallangan boshqa moslama bodishi mumkin. Ko‘rish maydoni bu chizuvchining tasvirlanayotgan buyumni kobisli vaqtida qamrab olishidir. Rassom tasvirlanayotgan obyektdan qanchalik uzoqlashib borsa uning maydoni ham kengayib, tasvirlanayotgan obyektning hamma qismlarini aniq ко'risk va tasvirlashiga imkon yaratadi. Obyektdan juda katta masofada turib undagi hamma bolaklarni va hajmlarni toiaqonli tasvirlash ancha qiyin. Aksincha, tasvirlanayotgan obyektga juda yaqin masofada turib ham, ushbu obyektdagi hamma qismlarni ko‘z bilan ilg‘ab olish mushkul. Shuning uchun bar qanday tasvirni bajarayotganda yosh rassomdan chamalash orqali masofani to‘g‘ ri tanlay olish, koLrish maydonini to‘gLri belgilash uchun mahorat talab etiladi. Ko‘pgina usta rassomlar tasvirlanayotgan predinet kattaligini uch hissa ko‘paytirilgan masofaga teng holda turib tasvirlaydilar. Masalan, inson qomatini to‘laqonli ko`rib, tasvirlash uchun rassom naturadan taxminan 5—5,5 metrlar masofada turishi kerak. Ufq chizig‘i deb, ko'zimiz balandligidan o‘tadigan nurga aytiladi. Buni aniqlash uchun qalamni olib, uni gorizontal holatda ko‘zimiz darajasigacha ko`tarib ufq chizig‘ini aniqlashimiz mumkin. Buyum chizuvchiga bu uch holatda ko‘rinishi mumkin: 1) bajarilayotgan tasvir rassomga yaqin bo'lgan buyumlar yaqqol, uzoqdagilar esa umumiy ko'rinadi. Tasvirda fazoni sezdirish uchun yaqin masofada joylashgan buyumlami yaqqol, uzoqdagilarni esa umumiy tarzda tasvirlash kerak; 2) fazo bo'shlig'ida (kengligida) joylashgan buyumlar chizuvchidan qanchalik uzoqda joylashgan bo'lsa, xira tusda ko'rinadi. Tasvirda fazoviy perspektivani to'g'ri ko'rsatish uchun uzoqda joylashgan buyumlami mavhumroq, oldingi qatordagi buyumlami esa yaqqol tasvirlash kerak; 3) yaqin masofada joylashgan buyumlar fazoda yaqqol hajmli bo'lib ko'rinadi, uzoqdagilari esa xiraroq ko'rinadi. Tasvirlashda ham ushbu tartibga rioya qilmoq zarur; 4) chizuvchidan uzoqroq joylashgan buyumlar, atmosfera bosimi ta’sirida siyohrang, havorang va och tusda ko'rinadi. Fazoviy perspektivani yanada kuchliroq ko'rsatish uchun yaqin masofadagi yaqqol ko'rinib turgan buyumlami o'zining haqiqiy rangi va tusida aniqroq chizgilar bilan, uzoqdagilarni esa ochroq qilib tasvirlash kerak; 5) oldingi qatorda joylashgan buyumlar haqiqiy o'z tusida (rangida), uzoqdagilari bir xil bo'lib ko'rinadi. Fazoviy perspektivaning bu qonuni rassomdan oldingi masofada joylashgan buyumlami yaqqol, uzoqdagilarni esa umumiy tarzda xiraroq qilib tasvirlashni talab etadi. Fazoviy perspektivaning ushbu qonun-qoidalariga rioya qilish o'quvchi uchun muhimdir. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan qoidalar tilling qanday vazifa bajarishidan qat’i nazar (portret, natyurmort, manzara va hokazo) kuzatilishi mumkin. Buyumlami tasvirlashda yorug' va soyalar katta ahamiyatga ega. Naturaga qo'yilgan buyumlarga yorug'lik qanchalik tik tushsa ularning tasviri shunchalik yaqqol ko'rinadi. Aksincha, chetdan tushayotgan yorug'lik buyumga umumiy tarzda tushib bajarilayotgan tasvirni xiraroq bo'lishiga olib kcladi. Yorug'lik urilib (sinib) bir buyumdan ikkinchisi va uchinchisiga tushishi mumkin. Bu tasvirlanayotgan buyumlardagi yorug' va soyalar majmuasini tashkil etadi. Bular quyidagilardan iborat: a) yoruglik; b) soya; d) tushuvchi soya; e) yarim soya; f) aks yorugdik; g) yaltiroqlik. Yorug`lik deb — predmet yuzasiga tik tushuvchi quyosh yoki sun’iy yoritgicblaming buyum yuzasida tashkil etgan nurga aytiladi. Soya — buyumlarning yoritilgan qismining orqasiga (teskarisiga) yorugdik nurlari tushmagan yeriga aytiladi. Bunday soyalar shaxsiy soya deb ham yuritiladi. Tasvirlar bajarishda tushuvchi soyalar ham kuzatiladi. Ushbu soyalar buyumlarning biri ikkinchisini to'sishi natijasida hosil bo‘ladi. LJshbu soyalar buyum tekisligiga (stok pok yer va hokazo) hamda bajarilayotgan buyumlarning biridan ikkinchisiga ham tushishi mumkin. Buyumlarga qiyaroq (xiraroq) ravishda tushuvchi yorug'lik nuri ularda yarim soyalarni tashkil etadi. Yarim soyalar asosan yoruglik va shaxsiy soyalar oralig‘ida joylashadi. Shuning uchun buyumlardagi bar qanday soyalar ham bir xil tusda bolavcrmaydi. Faqatgina yorug`lik soya va yarim soyalar vositasidagina buyumlarning hajmlarini loLg'ri bajarish mumkin. Buyumlarga urilish natijasida tushuvchi yorug'liklar aks yorugLlik (refleks)ni hosil qiladi. Aks yorug`liklar predmetlarning bir-biridan qanday masofada joylashgan yeriga qarab kuchli yoki kuchsiz boiishi mumkin. Lekin aks yorug`lik hech qachon buyumlarga tik tushuvchi yorug'lik nuriga nisbatan kuchli bo`lmaydi. Buyumda yorug`lik tik tushishi natijasida esa yaltiroqlik hosil bodadi. Yaltiroqlik shisha, chinni, temir, sopol va boshqa yorugdikni qaytarish xususiyati kuchli bodgan buyumlarda kuzatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, oddiy qalam bilan buyumni hajmi asosida tuslash tasvirlanayotgan buyumlarni hajmdor bajarilishining omilidir. Duclt kelgan tomonga palapartish chiziqlar tortish qo`yilgan maqsadga erishishga to'sqinlik qiladi. Buyumlaming hajmlarini bajarishda chiziqlarni tortish ketma-ketligiga rioya qilish kerak. Qalamni qog‘oz sirtida bir xil kuch bilan bosish va chiziqlar orasidagi masofaning teng bo'lishiga e’tibor bcrib tasvirlash chizilayotgan buyumni to`g‘ri bajarilishida katta ahamiyatga ega. Aylana (sferik) hajmga ega bodgan buyum ta’kidlab o‘tilgan chiziq tortish ellips shaklida bajarilib, uning ekvatoriga vaqinlashganda to`qroq_tusda_bo`ladi.
Buyumning konstruktiv tuzilishini aniqlash yordamchi chiziqlar o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi. Chiziqli konstruktiv tuzilish orqali buyumni to`g`ri tasvirlashda perspektiva qonun-qoidalariga todiq amal qilish kerak boLladi. Yuqorida ko‘satilgan rasmdagi gips ko'zaning hajmini to`g`ri amalga oshirish jarayonida gavdaning asosi. ekvatori, bo`g`izi va yuqori qismlari aylanalarining buyum tekisligidagi holatiga asosan perspektiv qisqarishini ko‘ramiz. Demak, chiziqli konstruktiv ko`rish buyumning chckka qirralari kontur chiziqlardan tashkil topgan murakkab tuzilishga ega (bir necha mayda boiaklardan iborat). Buyumlarda esa ushbu bo‘laklarning yengil birlashib yaxlit bir butunlikni tashkil etishidan iboratdir.
Komponovka nafaqat dizaynning biror bir sohasida, balki istalgan yerda ishlatiladi. Misol uchun oddiy quruvchining g‘ishtlarni terish uslubida ham bu terminni ishlatishimiz mumkin. Stolingiz ustida qog‘oz, qalam, ofis anjomlarini o‘zingiz uchun qulay qilib joylashtirishingiz ham komponovka qilishga kiradi. Odamning plastikaviy anatomiyasi gavda tashqi qiyofasi hamda uni belgilaydigan ichki tuzilish xususiyatlarini o‘rganadi. Har bir tikuvchilik sanoati xodimlari odam gavdasini to‘g‘ri va tushunib chizishlari uchun o‘lcham va proporsiyalarning qisqacha tavsiflarini bilishlari lozim.
haqidagi fan bo‘lib, inson tanasi tuzilishi haqidagi ta’limot. Morfologiya antropologiya fanining bir qismi hisoblanadi. Plastik anatomiya kishi gavdasining tashqi shakli — qadqomatni o‘rganadi. Gavda, odatda, tana, bosh, qo‘llar va oyoqlarga bo‘lib o‘rganiladi. Odam skeleti kalla suyaklari, qo‘l va oyoq suyaklaridan tashkil topgan. Odamning umurtqa pog‘onasi S simon (egri) bo‘ladi: umurtqa pog‘onasi, bo‘yin va bel qismlarida egrilik chizig‘I oldinga, ko‘krak va bel qismlarida esa orqaga yo‘nalgan. Umurtqa pog‘onasining egrilik darajasi odamning qaddi-qomatini belgilaydi. Qo‘l skeleti deganda, yelka kamari (kuraklar va o‘mrovlar) hamda qo‘llarning erkin xarakatlanadigan suyaklari tushuniladi. Bunday suyaklar jumlasiga yelka, tirsak, bilak hamda kaft suyaklari kiradi. Yelka suyagi tik vaziyatda joylashgan yoki biroz orqaga, yo oldinga og‘gan bo‘lishi mumkin. Yelka suyagi bilan tirsak hamda bilak suyaklari birlashgan joyda burchak hosil bo‘ladi, u yengning shakliga ta’sir etadi. Oyoqlar skeleti tos kamari va oyoqlarning erkin xarakatlanadigan suyaklaridan tashkil topgan. Oyoqlarning bunday suyaklari jumlasiga yonbosh (son) suyagi, katta va kichik bolder suyaklari hamda tovon suyaklari kiradi. Oyoqlarning shakli yonbosh o‘qi bilan boldir o‘qining birbiriga nisbatan qanday joylashganligiga qarab normal, X-simon, O-simon, ya’ni xomutsimon va sirkulsimon bo‘lishi mumkin. Tananing bo‘yin asosidan to yelka bo‘g‘imigacha bukilgan qismi yelka deb ataladi. Yelka normal, keng va tor, shuningdek, qiyalik darajasiga qarab, baland hamda past bo‘lishi mumkin. Qorinning ham uchta asosiy shakli mavjud: tekis, ichiga tortilgan va dumaloq-do‘ppayib chiqib turgan qorin. Qorinning shakli jinsga va oriq-semizlikka bog‘liq bo‘ladi. Gavdani belgilab beruvchi asosiy morfologik belgilar umumiy belgilarni, mutanosiblikni, gavda tuzilishi va qaddi-qomatni o‘z ichiga oladi. Umumiy belgilar deganda tananing uzunligi, ko‘krak aylanasi hamda vazn kabi belgilar tushuniladi. Har bir odamning ko‘krak qafasi shakli har xil bo‘ladi. U qisqa va keng, uzun va ensiz bo‘lishi mumkin. Gavda harakatlanganda (burilganda, engashganda) ko‘krak qafasining shakli ham o‘zgaradi. Ayollar ko‘krak qafasi erkaklarnikidan ensiz va kalta bo‘ladi. Tos kamari butun gavdani tutib turadi. Ayollar tos suyagi erkaklarnikidan pastroq va kengroq bo‘ladi, ko‘proq oldinga og‘ib turadi. Tos suyaklari dumg‘aza suyagi bilan birga yopiq suyak halqasini tashkil etadi. Ensiz tos suyagi qomatni xushbichim ko‘rsatadi, keng tos suyagi esa uni qo‘pollashtiradi. Gavda tik turganda son suyagining pastki tomoni ustki tomoniga qaraganda birbiriga yaqinroq turadi. Bu, ayniqsa, ayollarda yaqqol seziladi. Son suyagi ayollarda to‘g‘ri burchak ostida bo‘ladi. Kiyimni konstruksiyalashda proporsiyaning ahamiyati katta.
Ayollarning yelkasi ensizroq, sonlari yo‘g‘onroq, tanasi uzunroq, qo‘l-oyoqlari erkaklarnikidan kaltaroq bo‘ladi. Qiz bolalarning yoshi ulg‘aygan sari son va boldirlari yo‘g‘onlashadi, ko‘kraklari duma-loqlashib, bellari xipchalashadi. 14—16 yoshlik o‘smirning gavdasi mutanosiblik jihatdan katta yoshdagi kishi gavdasiga yaqinlashadi, lekin ularning gavdasi biroz nomutanosib ko‘rinadi. Ularning tanasi kalta, qo‘l va oyoqlari hamda bo‘yni uzun bo‘ladi, lekin gavda bichimi to‘g‘ri, gavdasi katta yoshdagi kishilar gavdasiga qaraganda xushbichimroq va yengilroq tuyuladi. Ayollar gavdasining qiyofasi. Yosh kattalashgan sari gavda qismlarining barcha o‘lchamlari o‘zgaradi. Butun o‘sish davrida kalla ikki marta, qo‘llar to‘rt marta, bo‘yin yetti marta kattalashadi. Gavda yoki uning qismlari asimmetriyasini hatto qomati kelishgan kishilarda ham kuzatish mumkin. Asimmetriya gavdaning o‘ng va chap tomonlari tuzilishidagi ayrim farqlarda namoyon bo‘ladi. O‘ng qo‘l chap qo‘lga qaraganda uzunroq, chap oyoq o‘ng oyoqqa qaraganda uzunroq va aksincha, bir yelka ikkinchisiga qaraganda balandroq bo‘lishi mumkin. Asimmetriya yuz qismlarda ko‘proq kuzatiladi. Kishi gavdasiga yon tomondan qaraganda gavda qiyofasi asimmetrik bo‘ladi va u old yoki orqadan qaraganda ko‘rinadigan qiyofadan farq qiladi. Yon tomondan qaraganda ko‘rinadigan qiyofa konturining qavariqligi va botiqligi ayqash yotganligini ko‘rish mumkin. Butunlay normal tuzilgan gavdali kishilarni topish qiyin. Mutanosib tuzilgan gavdali kishilar hamda me’yordan biroz ortiq gavdali kishilarni uchratish mumkin. Kiyim loyihalashda o‘lchov olish gavda tuzilishini aniqlashga, uning me’yordan og‘gan-og‘maganligini bilishga yordam beradi. Mutanosib gavda deganda nimani tushunish kerak va unda qanday o‘sishlar mavjud? Mutanosib gavdali odamning o‘lchamlari va qaddi-qomati to‘g‘ri o‘lchamli va bichimli bo‘ladi. Ko‘kragi botiq, dumbasi tekis va qorni biroz qappaygan, bukchaygan gavdali kishilar; keng ko‘krakli va orqasi tor; yelkalari chiqqan; bir yelkasi ikkinchi yelkasidan kalta; bir biqini ikkinchisidan farq qiladigan va dumaloq (ko‘krakning aylanasi son aylanasiga teng va bel aylanasi biroz kichikroq) kishilar bo‘ladi. Postanovka qo‘yilgandan so‘ng matoning formati (o‘lchami) aniqlanadi. Unga ayolning yarim qomati kompanovka1 qilinadi. So‘ng qalam yoki chizma ko‘mirda maydalashtirmasdan chizib chiqiladi, proporsiyasi aniq topiladi, albatta chizma aniq bolishi kerak. Chizmadan so‘ng rangda ishlash boshlanadi. Naturaning rangdagi holati aniqlanadi. Naturaning kiyimlari o‘ta kontrast rangda bo'lgani hisobga olinadi. Agar ikki-uch ranglar munosabati aniq olinsa, unda shularga qarab ish olib borish oson bo‘ladi. Bular jumlasiga kiyim, yuz, fon ham kiradi. Iloji boricha umumiy munosabatlaming qaysinisi qaysi rangdaligi, qaysinisi sovuq, qaysinisi issiq, qaysinisi yorug‘, qaysinisi to‘q, qaysinisi ochiq, qaysinisi yumshoqligi hisobga olinadi. Yoritilgan va soya joylar munosabatini iloji boricha birdaniga olish kerak. Misol uchun, yuz va qo‘lning soya joylarini kiyimning soyasiga, yorug'joydagi ranglar munosabatini soyajoylariga va foniga qarab olinadi. Kiyimning gullarini hamma joylarda aniq qilib ishlamaslik kerak. Faqat yorug‘ joylarini, bo'rtib chiqqan joylarini ishlab, soyadagilarini umum-lashtirib ishlash kerak. Figuraning ba’zi qismlari devor fonida to‘q siluet bo'lib ko'rinishi, boshqa joyi esa teskari, fondan och bo'lib kohinishi mumkin. Naturadagi hamma detallarni maydalab ishlamaslik, uni tugatishga harakat qilmaslik kerak. Ishni ranglarni o‘zaro solishtirish va matoning butun yuzasida olib borish va tugatish kerak. Bosh shaklining chiziqli konstruktiv tasvirini bajarishda olib boradigan mashqlarning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Talabalarda naturaga bo’lgan qiziqishni yuksak darajada rivojlantirish. 2. Tasvir qurishda uslubiy bosqichlikda ishlashga o’rgatish. 3. Tasvir qurishning to’g’ri va ifodaliligiga rioya qilishga o’rgatish. 4. Realistik rasm chizishda ijodiy jarayonning moxiyatini tushuntirish. 5. Naturani yuksak xis-xayojon bilan tasvirlash. 6. Mashqlar bajarishda samaradorlikni oshirish orqali kuzatuvchaklikni o’tkirlashtirish. Download 70.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling