Laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazish tartibi


Download 29 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi29 Kb.
#1729522
Bog'liq
lab. ishlash tartibi


Laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazish tartibi
Laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazishning mazmuni va usulidagi ba’zi tafovutlarga qaramasdan yo’riqnoma berishning umumiy elementlari ularning har biriga u yoki bu darajada xosdir .



I. Birinchi laboratoriya mashg`ulotini o’tkazishda beriladigan yo’riqnomada quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratiladi:
1) laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazishning maqsadi to’g`risida ma’lumot berish;
2) talabalarni ish o’rinlarini almashtirish grafigi bilan tanishtirish (nofrontal usulda);
3) laboratoriya xonasi va undagi ish o’rinlari 
bilan tanishtirish;
4) laboratoriya xonasidagi hatti - harakat qoidalari bilan tanishtirish;
5) asbob-uskunalar bilan ishni bajarishda xavfsizlak texnikasi qoidalari bilan tanishtirish;
6) talabalarning ish o’rinlarini aniqlab berish (ularni ish o’rinlariga taqsimlash);
7) 
topshiriqlarni bajarish, ma’lumotlarni qayd qilish, ish natijalarini rasmiylashtirish va hisobot tuzish tartibi to’g`risida ko’rsatmalar berish;
8) talabalarga navbatdagi laboratoriya ishlarining topshiriqlarini tarqatib berish;
9) mashg`ulotlar yuzasidan talabalarning bergan savollariga javob berish.
II. Keyingi (navbatdagi) mashg`ulotlarni boshlashdan oldin beriladigan yo’riqnomani quyidagi tartibda o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi:
1) ish o’rinlarini almashtirish grafigiga muvofiq zvenolarni ish o’rinlari bo’yicha 
taqsimlash;
2) navbatdagi laboratoriya ishlari topshiriqlarini tarqatish;
3) mazkur mashg`ulotdagi laboratoriya ishini bajarishning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirish;
4) oldingi mashg`ulotlarni bajarishda uchragan xato - kamchiliklarning vujudga kelish sabablari va ularni bartaraf etish choralari to’g`risida 
tushuncha berish;
5) talabalarning yo’riqlarnoma va topshiriqlar yuzasidan bergan savollariga ularni qoniqtiradigan darajada javob berish .
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, o’qituvchi nafaqat laboratoriya ishlarini tashkil etishda, balki talabalarning ishlari ustidan uslubiy rahbarlikni amalga oshirishda ham mas’uldir. Uslubiy rahbarlik 
shunday amalga oshirilsinkim, bunda bir tomondan, tashabbus va mustaqillikning rivojlanishi ta’minlansin, talabalarning ishni bajarishga nisbatan, asbob-uskunalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga nisbatan mas’uliyatni his etishlariga imkon yaratilsin, ikkinchi tomondan esa, ularning faoliyati doimo e’tiborda bo’lsin, zarur hollarda ularga xushmuomalalik bilan yordam berish talab etiladi.


Laboratoriya mashg`ulotlari uchun asbob-uskuna va ko’rgazmali qurollarni tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat:
1) Kalendar ish rejasiga muvofiq asbob-uskunalarning zarur miqdorini aniqlash;

2) Ko’rgazmali qurollar va o’quv adabiyotlarini tanlash va tayyorlab qo’yish;
3) Asbob-uskunalarning 
texnik holatini tekshirish, nosozliklarni bartaraf etish, ularni ish vaqtida tekshirish, laboratoriya ishidagi miqdor va sifat ko’rsatkichlarini olishni texnik jihatdan soz asbob-uskunalarda bajarish;
4) Belgilangan laboratoriya mashg`ulotini bajarishdagi xavfsizlik texnikasi va yong`inga qarshi tadbirlarning holatini tekshirish va ularning bajarilishini ta’minlash.
Laboratoriya mashg`uloti o’tkaziladigan xonaning ko’rinarli joylarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga va yong`inga qarshi chora - tadbirlarga oid plakatlar osilgan bo’lishi kerak.
Тalabalarning o’zlashtirishini hisobga olish va uni xolisona baholash o’quv ishlari sifatini oshirishning muhim vositasidir.



Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling