Lanatlangan ota


Download 16.48 Kb.
Sana05.10.2023
Hajmi16.48 Kb.
#1692500
Bog'liq
Mood written by Sukhrob Sobirov


• Assalamu aleykum va rahmatullohi va barokatuh. Bu kitobimni nega "Mood" deb qòyishimning sababi - buni òqiganda har bir inson (kitobxòr) òzida har xil kayfiyatni xis qiladi. Gohi kòtarinki kayfiyat gohi tushkinlik. Voqealar hammasi bir -biriga deyarli òxwamaydi. Qisqasi uzoq yozishni yaxshi deb bilmayman. Va muddaoga òtishni afzal kòraman.


® 1-Bob
©LANATLANGAN OTA..

• Bismillahir Rahmanir Rahim ❤️


• Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan boshlayman. Bu voqea taxminan 10 yil oldin boshlangan edi. Oʻshanda men hali yosh edim, uncha buncha -narsaga aqlim yetmasdi. Bir kun bobom bilan birga bozorga bordik. U yerda bir Qariya cholni koʻrdik. Dastlab u (odam) bilan salomlashdik lekin nimagadir bobom ular bilan suhbatlashish narida tursin salomlashishni ham xohlamadi. Keyin biz uyga qaytdik va men yoʻlda bobomdan nimaga unaqa qilganini soʻradim . Oʻshanda bobom hikoya qilib boshladilar:


• U paytlarda hali urush boshlanmagandi, hamma dalada gʻayrat bilan ishlar , bir - biriga yaxshi munosabatda boʻlar edilar. Lekin qishloqda bir pochtachi aka bor edi. Oʻzi ishini yaxshi koʻrar lekin qizlarga suyagi yoʻq edi. Kundan kun oʻtar , yoz ketidan kuz kelardi. Erta kuz hamma dalada ishlagan, ish avjiga chiqqan edi va shu kunlarning birida akamiz (pochtachi) oʻz nafsining quli boʻldi. Yani oddiy ish kunlarining birida katta gunohga yoʻl qoʻydi. Bu ish unga qimmatga tushdi. Chunki u bir qizning nomusiga teggan edi. Voqea bunday sodir boʻladi: Pochtachi akamiz gazeta tarqatib yurganlarida oldilaridan bir qiz chiqadi va u qizdan uyidagi kattalarni chaqirishini soʻraydi, oʻshanda u (qiz) hech kim yoʻq deydi . Keyin akamiz gʻalati boʻlib oʻzini boshqarolmay qoladi. Va shayton yoʻldan urib qizdan uyiga kirishini va suv ichkisi kelyotganini aytadi qiz rozi boʻladi va uyga kirgizadi. Bechora qiz nima qilarding uyingga begona odamni kirizib. Keyin akamizga supaga borib otiriahlarini bosh barmoqi bilan ishora qilib kòrsatadi. Akamiz ishorani tushunib borib òtiradi.Keyin haligi qiz suv olib chiqadi. Akamiz qiz bilan suhbatlashishni hohlab u yoq bu yoqdan gap ochadi. Keyin òrtalariga shayton aralashadi va Pochtachi akamiz asta qizga yaqinlashadi va unga tegajonlik qiladi. U qizni Bokira ekanligidan xabari yoq edi. Va bu xodisadan keyin òzining nima qilib qòyganini bu ishni qanday qilib qòyganini ham anglolmay qoladi. Keyin akamiz tariflab bòlmas tuyģu bilan òzidan nafratlangancha uydan chiqib ketadi. Bundan ham yomoni u(qiz) Fotihalangani ,yaqinda toʻyi edi. Oradan vaqt òtdi, Qiz bu bòlib òtgan ishlarni hech kimga aytolmasdi, aytsa bu sharmandachilikka ota -onasi chidolmasdi. Va dardini ichida saqlashga majbur boʻladi.


•Menimcha shu vaziyatga aytishsa kerak "Osmon yiroq , Yer qattiq " deb. VAQT yetti , nihoyat toʻy kuni ham yaqinlashdi. Lekin qiz òsha qora kundagi voqealarni Onasiga aytishga kuvh topolmasdi va qayerdandir Arshning kuchi bilandir balkim , u hamma gapni Volidayi muhtaramasiga tushuntirdi. Bu gaplarni eshitgan onasi yerga kirmadi ..... Afsus bòlgan ish bòldi , endi bòlmoqchi ishlar haqida òylash kerak dedi. Endi gapni Suyukli dadasidan boshlasak, bechora ota hamma yiqqanini tòyga sochdi, dasturxonimiz tòlsin , kelganlarni kònglini kutarib uylariga sevinib borishsin deb qòlidan kelganini qildi. Qurbi yetkancha sarfladi yetmaganiga qarz oldi. Dòstlari ham qurib qòyishmadi, aka ukalari ham quriq qarab turishmadi albatta. Osha kunlarning birida Qizning onasi otasi bir joyga kelishdi. Va ona hamma gapni boshladi. Òsha paytda OTAning ahvolini menincha bubyer yuzida ikki oypqda yurgan odamlarning hammasi ham tasavvur qila olmasa kerak. Buni faqat qizini tòyi kuni , kòz oldida uninb òstirgan, kòzini qorachiqiday avaylagan , umrini hayotini faqat unga sarflagan va endi òzini baxtli his qilib sevinganida qizining nomusi toptalganini bilgan otalar tushunadi. Bundaylar oramizda kam emas... Afsus.... Alloh kechirsin buzday gunohkorlarni...AFSUS...


Keyin ota buni hech kimga aytmaslik kerakligini va nima qilishlari kerakligini tushuntirdi. Va oxiri òsha hamma kutgan tòy kuniga ham keldik. Hamma òzida yoq xursand. Birov birov bilan salomlashishga ham vaqt yòq. Hamma ozini ishi bilan band. Kuyov ham òzida yoq xursand . Kech ham bòldi , KELIN VA KUYOVni CHIMILDIQ tomon kelin yengalar kuzatishda. Kuyov kelinga uyoq buyoqdan gap boshladi. Va kun qoq òrtasiga kelganda , kelin tòsatdan kuyovga bir katta sirim bor shuni sizga aytsam mendan voz kechib ketmaysizmi vada bering deb sòrab qoldi. Kuyovning yuziga birdan qòrquv aralash hayojon keldi. Ichida kimdir unga har xil fikrlarbi aytar edi. U qizning qarzi bormikan, yoki kasalmi, yo farzand kòrolnasmikan va shunga òxshagan voqealar. Nihoyat u hammasini , hamma voqealarni kuyovga aytti. Kuyov bur ogiz ham gapirmay xonadan chiqib ketti... XÒSH siz shunday vaziyatda kuyovni òrnida bòlganizda nima qilgan bòlardingiz.... Ha albatta òziz bilib turibsiz, lekin kuyiv u ishni qilmadi , Aksincha qizni aybini yashirdi. Tògrisi bunday qilish boshqa yigitlarni qòlidan kelmasa kerak. Buni tushuntirishga hojat yoq. Albatta oziz bilasiz. Bu yoqda ota òzini qayoqqa qòyarini bilmas , Allohim òzing yuzimni yoruģ qilgaysan deb ota ona tòxtamay duo qilishar edi. Va ularning iltijosi qabul boldi. Mehribon va Rahmdil Alloh ularni katta yomonliklardan saqlab qoldi. Oʻshanda qiz qanchalik stressdan qutulib yuziga nur kelganini tasvirlashga qalamim ilojsiz. Qiz bola uchun uning or-nomus hamma narsadan afzal. Qiz bolaning nomusi uning qoʻlining uchida qush boʻlib turadi u (qush) uchib ketgansan keyin uni ushlashni iloji yoʻq.


•Oʻsha kuni qiz shu darajada lanatlar aytadiki bu lanatlar toʻgʻri pochtachi akamizga tegadi. Bu yoqda pochtachi akamiz har kuni har xil qizlar bilan koʻngil xushlik qilib. Ish kuni boʻlsa mijozlari bilan . Va endi gapni Qahramoniniz POCHTACHI akamizdan boshlasak....
Download 16.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling