Lavozimi: Talaba


Download 16.32 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi16.32 Kb.
#1636784
Bog'liq
Qoylibaeva Ariwxan 3G



ANJUMAN IShTIROKChISI ANKETASI


F.I.Sh

Qoylibaeva Ariwxan Esenbay qiz

Lavozimi:

Talaba

Ilimiy darajasi:




Ish o'rni va manzil:

Ajiniyoz nomidagi NDPI Pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi

Telefoni va mobil telefoni:

+998999601399

Sho'ba:

2 Zamonaviy pedagogika fanin rivojlantirishni dolzarb muommolari



Tezis nomi:

Zamonaviy pedagogika fanin rivojlantirishni dolzarb muommolari



e-mail:

@aryuhankojlybaeva

Zamonaviy pedagogika fanin rivojlantirishni dolzarb muommolari



Ma'lumki,so'ngi yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib davomchilari bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli,Yurtboshimiz rahnamoligida sohaga oid bir qancha qonunlar, farmonlar shuningdek davlat dasturlari ishlab chiqildi va shunga asosan ko‘plab ta’lim muassasalari yangidan qurildi, rekonstrukciya ishlari olib borildi , eng zamonaviy o‘quv anjomlari, kompyuter xonalari yangi kompyuter texnikalari bilan ta’minlandi. Maktablarda,texnikum-liceylarda har turli fan to'garaklari, sport seksiyalari, til o'rganish uchun alohida to'garaklar yoshlarimizni o'ziga jalb qilib kelmoqda.Bu esa o'z o'rnida o'quvchilarni chuqur bilim olishlari , yanada teran izlanishlar olib borib,Yurtimiz kelajagimiz faravonligi yo'lida xizmat qiladigan kuchli yetuk kadrlar bo'lib voyaga etishi uchun yaratgan juda katta imkoniyat demakdir.Shu o'rinda Hurmatli Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning: "Vatanimiz kelajagi xalqimizning ertangi kuni, yurtimizning jahon hamjamiyatidagi obro`-etibori, avvalambor farzandlarimizning unib -o`sib, ulg’ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o`tkir haqiqatni xech qachon unitmasligimiz kerak" [1:1v]-degan ibratli gaplari biz yoshlar uchun katta motivaciya bo'lib kelmoqda. Ma'lumki, hozir fan-texnologiya shiddat bilan rivojlanmoqda. Pedagogika sohasi ham zamon bilan teng qadam tashlab,kundan kunga o'zining yangi -yangi metod-texnologiyalari, yangi o'quv dasturlari ishlab chiqilmoqda. Shunga asos, o'quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashga bo`lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormoqda desak adashmagan bo'lamiz. Chunki pedagogik texnologiya va interfaol metodlar o’quvchi yoshlarni yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi shuningdek, ularning kasbga bo'lgan qiziqishlarini yanada kuchaytiradi.
Zamonaviy pedagogika bu -axborot texnologiyalari, ta ’limni kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari tizimida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlashning rivojlanishini demakdir. Zero, milliy dasturni ro‘yobga chiqarishga doir tashkiliy ishlarda e’tirof etilganidek, «Ta’limni axborot bilan ta'minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish, uni jahon axborot tizimi bilan bog'lash, ommaviy axborot vositalarining ta'lim sohasidagi vazifalarini belgilash» malakali kadrlar tayyorlashning muhim mezonlaridandir. [2-11v] Demak, yangi asr-informatsion texnologiyalar asri.Buning yorqin dalili sifatida ta'lim tizimidagi masofadan turib o'qitish, online hujjat topshirish, shuningdek masofadan imtihon topshirishni ko'rsatish mumkin. Bu esa talim tizimiga pedagog va talim oluvchilarga bir qancha engilliklar yaratti. Malumki, maktab pedagoglari har 3-5 yilda pedagog- o'qituvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun o'qitiladi. Avval respublikamizni chekka hududlaridagi maktab o'qituvchilari uzoq yo'l bosib, shaharga kelib o'z malkalarini oshirich uchun o'qishga kelardi.Bu esa oqish jarayoni oxirigacha ijara, yotoq joy vaho kazo muommolarni keltirib chiqarishi dar haqiqat edi.Hozir esa ta'lim tizimdagi rivojlanish sababli masofadan turib o'qish imkonini berdi. Yagniy, pedagoglar masofadan turib internet tarmoqlari orqali online o'z malaklarini oshirsh imkoniyati yaratildi.Bu esa, o'qituvchilarni mushkulini bir qancha osonlashtirdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuningdek, talabalar uchun ham masofadan o'qish imkoniyati yaratilgan. Internet tarmog'iga yangi "Modul" , "Hemis" platformalarini yaratib,karantin davrida talabalar masofadan o'qidilar, hattoki, imtihonlarni ham masofadan topshirdilar. Bu talim tizimidagi juda katta maoffaqiyatdir. Masofadan turib ta'lim olishni ham o'ziga yarasha muommolari bor bo'lib. bu internet tarmog'ining chekka hududlarda yaxshi ishlamasligi. Wi-fi tarmog'i chekka hududlarga yetib bormaganligi masofadan o'qitish tizimining dolzarb muommosi bo'lib kelmoqda va bu muommolarni bartaraf etish maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Ta'limni texnika va texnologiya bilan uyg'unlashtirish bu zamon talabi.Oquvchilarni bu tizimga to'g'ri yo'naltirish o'qituvchi-pedagoglarning ustuvor vazifasidir. Yoshlarni tarbiyalash juda murakkab, nihoyatda katta diqqat-e’tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, pedagog o'quvchi yoki talabaning shakllanish-o'quv jarayonini zo'r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim[2:7v].Mamlakatimizda talim tizimini takomillashtirish,ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish мasalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishida Prezidentimiz : "Maktabda o'qitish metodikasi o'zgarmasa ta'lim sifati ham, mazmuni ham , muxit ham o'zgarmaydi"[3:⁸] dep takidlab bu sohada ta'lim sifatining pastligini tanqid qildi. Bu muommoni bartaraf etish uchun yangi topshiriq va vazifalar berdi. Davlatimiz rahbari yoshlar zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi zarurligi, buning uchun barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinishini aytib o‘tdi. Shu maqsadda ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirilib , Sohada mutlaqo yangi tizim – Prezident va ijod maktablarda matematika, ximiya, biologiya fanlari bo‘yicha maxsus maktablar tashkil etildi.Yoshlarimizga IT texnologiyalarni chuqur o‘rgatadigan ta’lim maskanlarining soni tobora ko‘payib bormoqda. "Biz iqtidorli yoshlarga o‘z vaqtida har tomonlama e’tibor qaratib, qo‘llab-quvvatlasak, o‘ylaymanki, ular katta-katta zafarlarni qo‘lga kiritadilar"[3:3]-dep o'z so'ziga yakun yasadilar Yurtboshimiz.
Maqolamga yakun yasar ekanman, biz yoshlarga yaratilib berilgan shuncha imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, o'z sohamizni chuqur o'rganib, teran izlanishlar olib borib, yetuk pedagog-kadr bolib yetilishamiz va yurtimiz davomchilari bo'lmish keyingi avlodga ta'lim -tarbiya berishdek ma'suliyatli vazifamizni sitqi dildan bajarib, ota-onamizning,xalqimizning,Yurtboshimizning ishonchini oqlaymiz degan umittaman!
Foydalangan adabiyotlar:
1.I.A.Karimov "Yuksak manaviyat-yengilmas kuch" Manaviyat-2008 3-varaq
2.H.T. Omonov, N.X. Xo‘jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov
"PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR УА PEDAGOGIK MAHORAT " Toshkent «IQTISOD-MOLIYA» 2009 7-11-varaq.
3. "Yangi Ozbekiston" gazetasi


Download 16.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling