Lazerning ishlash prinsipi Reja: Lazerlarning ishlashi Uzluksiz ishlovchi geliy-neon lazeri


Download 38.67 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi38.67 Kb.
#1467456
  1   2   3
Bog'liq
Lazerning ishlash prinsipi


Lazerning ishlash prinsipi
Reja:
1.Lazerlarning ishlashi
2.Uzluksiz ishlovchi geliy-neon lazeri
3.Lazer texnologiyasi


Energetik sathlari invers ravishda bandlangan muhitning yorug‘likni kogerent kuchaytirishi bunday muhitdan monoxromatik nurlanishning yo‘naltirilgan oqimi hosil qilish uchun foydalanish imkoniyatini belgilab berdi.

Fabrin-Pero interferometrlarida qo‘llaniladigan ko‘zgularga o‘xshash ikki ko‘zgu o‘rtasiga qo‘yilgan aktiv muhit yorug‘likni qanday nurlantirishini ko‘raylik (20.1-rasm).

1.1 rasm. Optik kvant generatorining prinsipial chizmasi


Bunday sistemani aktiv optik rezonator deb aytish qabul qilingan. A nuqtadagi uyg‘ongan atom invers balandlikka ega bo‘lgan sathlar o‘rtasidagi spontan o‘tish natijasida to‘lqin chiqargan bo‘lsin.

To‘lqin aktiv muhitda o‘tadigan yo‘l qancha katta bo‘lsa, to‘lqin shuncha kuchayadi. Rezonator o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan yo‘nalishlarda kuchaytirish eng kam bo‘ladi. Boshqa yo‘alishlarga birmuncha ko‘proq yo‘l mos keladi va demak, birmuncha ko‘proq kuchaytirish mos keladi. Bunday hol kuchaytirilayotgan yorug‘lik oqimidagi strelkalarning sonini ko‘paytirish bilan sxematik ravishda ko‘rsatilgan. Kuzgudan qaytgandan keyin to‘lqin yana aktiv muhitda tarqaladi va uning amplitudasi o‘sib boradi. Keyin to‘lqin qarama-qarshi turgan ko‘zguga etadi, undan qaytadi va aktiv muhitda ko‘chayishda davom etadi, shundan so‘ng aytib o‘tilgan sikldagi hamma bosqichlar takrorlanadi va rezanatordagi to‘lqinning energiyasi ortib boradi.

Aktiv muhit tomonidan kuchaytirilishdan tashqari, rezonator ichidagi to‘lqinning amplitudasini kamaytiradigan qator faktorlar ham ta’sir qiladi. Rezonator ko‘zgularining qaytarish koeffitsiyenti birga teng emas. Uning ustiga nurlanishni rezonatordan chiqarish uchun ko‘zgulardan hech bo‘lmaganda bittasi qisman shaffof qilib yasaladi. Bundan tashqari, nurlanish rezonator o‘qi bo‘ylab tarqalayotganda nurlanish oqimining energiyasi oqimning difraksiyasiga, rezonatordagi muhitda sochilishiga va hokozalarga ham sarflanadi. Energiyaning bunday isroflarini ko‘zgular uchun ularning haqiqiy r qaytarish koeffitsiyentidan kichik bo‘lgan reff effektiv qaytarish koeffitsiyentini kiritib hisobga olish mumkin.


Download 38.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling