Lecture №4. Automation of production processes


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana17.09.2020
Hajmi0.89 Mb.
1   2   3   4

Uchinchi  bosqich.  1941-1970  yillarga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  davr 

ichida  mashinasozlik  tez  rivojlanib  bordi.  Urush  davridagi  harbiy 

texnikani  seriyali  va  ommaviy  sharoitda  oqim  bo‘yicha  tayyorlash, 

operatsiyalarni  differensiallash  va  konsentratsiyalash  tamoyillarini 

amaliy  jihatdan  sinab  ko‘rish,  metallarga  ishlov  berish  tezligini 

oshirish,  qayta  sozlanadigan  texnologik  moslamalarni  va  boshqa  bir 

qator  texnikaviy  yangiliklarni  qo‘llash  uchun  chuqur  ilmiy  tahlil  va 

nazariy ishlar amalga oshirildi. 

Bu  yillarda  xomakiga  ishlov  berishdagi  xatoliklarni  zamonaviy 

usulda  hisoblash  va  aniqlash  (matematik  statistika  va  ehtimollar 

nazariyasi asosida), texnologik tizimning bikirligi va uning aniqlikka 

hamda unumdorlikka ta’siri o‘rganildi. 

Bu  davr  ichida  seriyali  ishlab  chiqarish  sharoitida  xomakilarga 

ishlov  berishning  oqim  bo‘yicha  va  avtomatlashtirilgan  texnologik 

jarayonini  tashkil  etishning  muammolarini  hal  qilina  boshlandi.  S.P. 

Mitrofanov  tomonidan  texnologiyani  va  ishlab  chiqarishni  tashkil 

qilishning  guruhli  usuli  ishlab  chiqildi  va  ishlab  chiqarishga  tadbiq 

etildi.  Hajmiy  va  toza  ishlov  berishda  plastik  deformatsiyalash, 



elektrofizik  va  elektrokimyoviy  usullari  keng  ko‘lamda  qo‘llanila 

boshlandi. 



To‘rtinchi  bosqich.  1970-yildan  hozirgi  vaqtgacha  bo‘lgan 

davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda texnologik jarayonlarni loyihalashda 

EHM.dan  keng  miqyosda  foydalanish  va  mexanik  ishlov  berish 

jarayonlarida  matematik  modellashtirish  qo‘llanila  boshlangan  edi. 

EHM.ni 

operatsiyalararo 



transport 

va 


nazorat 

vositalarini 

avtomatlashtirishni,  robototexnikani  qo‘llash  asosida  moslanuvchan 

avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarini yaratish bo‘yicha ishlar 

avj ola boshladi. 

Xar  qanday  rivojlangan  ishchi  mashina  3  ta  asosiy 

mexanizmlardan tashkil topadi: 

1.  Xarakatlantiruvchi; 

2.  Uzatuvchi; 

3.  Bajaruvchi (ijro etuvchi). 

Jarayonning  ma’lum  qismida  odamning  og‘ir  qo‘l  mexnatini 

mashina mehnati bilan almashtirishga mexanizatsiyalashtirish deyiladi. 

Bu bosqichda ishchining vazifasi mashinalarni boshqarish, ularni ishga 

sozlash xamda tayyorlangan maxsulot sifatini nazorat qilishdan iborat. 

Jarayonni inson ishtirokisiz amalga oshirishga va ularni boshqarishga 

imkon  beradigan  texnik  va  tashkiliy  chora  tadbirlar  majmuisiga 

avtomatlashtirish deb ataladi. 

Avtomatlashtirishning to‘rtta bosqichi mavjud: 

1-bosqich.  Ish  siklini  avtomatlashtirish.  Bunda  avtomatlar  va 

yarim  avtomatlar  yaratiladi  hamda,  ulardan  potok  liniyalar  quriladi. 


Ishchining  vazifasiga  zagotovkalarni  stanoklararo  transportirovka 

qilish, stanokni ishga sozlash va vaqti - vaqti bilan rostlab turish, tayyor 

maxsulotni nazorat qilish kabi ishlar kiradi. 

2-bosqich.  Mashinalar  tizimini  avtomatlashtirish  va  avtomatik 

liniyalar  yaratish.  Bu  bosqichda  ish  siklidan  tashqari  maxsulotni 

nazorat  qilish,  detallarni  yig‘ish,  ularni  o‘rab  qadoqlab  joylashtirish, 

stanoklararo  zagotovkalarni  uzatish  kabi  ishlar  mashina  va 

mexanizmlar  yordamida  bajariladi.  Shuningdek  bunda  aktiv  nazorat 

qilish jixozlari va qurilmalari ham qo‘llaniladi. 

Avtomat  tizim-mashinalar  sistemasi  bo‘lib,  ular  texnologik 

ketma-ketlikda joylashadi, tashish va boshqarish vositalari yordamida 

birlashtiriladi,  sozlashdan  tashqari  barcha  operatsiyalarni  avtomatik 

bajaradi. 

Avtomatik  tizimni  boshqarish  sistemasi  murakkab  ekanligi  bu 

muammoni  yechishga  yangicha  yondashishni  talab  etdi.  Gidravlik, 

pnevmatik va elektron qurilmalardan foydalanishga asoslangan yangi 

boshqarish  sistemalari  vujudga  keldi.  Avtomatik  tekshirish  usullari 

yaratildi. Ikkinchi bosqichda avtomatlashtirishning oliy formasi yarim 

avtomat va avtomatlardan tuzilgan kompleks potok tizimlaridir. 



3-bosqich. 

Ishlab 


chiqarish 

jarayonlarini 

kompleks 

avtomatlashtirish. Bu bosqichda ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom 

ashyo maxsulotidan zagotovka olishdan tortib, ishlov berish va yig‘ish 

jarayonlari  hamda  tayyor  maxsulotni  qadoqlab  o‘rashgacha  hamma 

davrlari  avtomatlashtiriladi.  Bunda  avtomatlashtirilgan  tsexlar  va 


zavodlar yaratiladi. Ular bir maxsulotga mo‘ljallangan ko‘plab ishlab 

chiqarish korxonalaridir. 

Avtomatik  tsex  yoki  zavod  asosiy  ishlab  -  chiqarish  jarayonlari 

avtomatik boshqarish sistemalari, xisoblash texnikasi va xakozolardan 

foydalanib avtomat liniyalarda bajariladigan tsex yoki zavoddir. 

4-bosqich.  To‘liq  avtomatlashtirish.  Bu  bosqichda  ham  ishlab 

chiqarishning  hamma  davrlari  avtomatlashtirilgan  bo‘lib,  lekin 

foydalaniladigan  texnologik  jixozlar  moslanuvchanlik  xususiyatiga 

egadirlar.  Ularni  turli  maxsulotlar  ishlab  chiqarishga  qayta  sozlash 

mumkin.  Buning  uchun  texnologik  jixozlarni  sozlashga,  dastur 

tayyorlashga,  dasturni  kiritishga  ko‘p  vaqt  talab  qilmaydi.  Bu 

bosqichda avtomatlashtirilgan moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlar 

MICHT  va  komplekslar  yaratiladi.  Bunda  stanoklarni  boshqarish, 

ularga  zagotovkalarni  yuklash,  tayyor  detallarni  olish,  ularni  tashish, 

nazorat  qilish  kabi  operatsiyalar  avtomatlashtiriladi.  Bundan  tashqari 

MICHT tarkibiga ishlov berish markazlari, sanoat robotlari, avtomatik 

transport vositalari, avtomatlashtirilgan omborlar kabi texnik vositalar 

kiradi. 

To‘liq  avtomatlashtirish  bosqichida  maxsulotni  loyixalashdan 

tortib  to  uni  tayyorlashgacha  bo‘lgan  ishlab  chiqarishning  hamma 

sikllari avtomatlashtiriladi. 

Avtomatning avtomatik ishlashi uchun ishchi va salt yurishlarni 

boshqarish mexanizmlari bo‘lishi va ular ma’lum dastur asosida ketma-

ket ishlashini ta’minlanishi zarur.  


Agarda  salt  yurishlarni  amalga  oshiruvchi  biror-bir  asosiy 

mexanizm yetarli bo‘lmasa avtomatik sikl buziladi va siklni qaytarish 

uchun  albatta  ishchi  aralashishi  zarur  bo‘ladi.  Ko‘pincha  bunday 

mexanizm,  zagotovkalarni  ishonchli  yuklash  mexanizmlari  qurishni 

qiyinligi uchun yuklash mexanizmlari bo‘lishi mumkin. 

Demak yuklash avtomatlashmagan bo‘lsa, mashina ishchi siklni 

tugatgandan so‘ng to‘xtaydi va ishchi ishlov berilgan detalni oladi va 

yangi zagotovkani maxkamlaydi. 

Avtomatlashtirishni  birinchi  bosqichida  aloxida  ishlov  berish 

operatsiyalari  avtomatlashtirishga  erishiladi.  Avtomatlashtirishni 

ikkinchi bosqichida mashinalar tizimi (sistemasi) avtomatlashtirilgan, 

bunda  xar  xil  ishlov  berish,  nazorat  qilish,  yig‘ish  operatsiyalarini 

bajarishga mo‘ljallangan avtomat liniyalar quriladi. 

Avtomat  liniya  deb,  texnologik  ketma-ketlikda  joylashgan  va 

umumiy  tashish  bosqichlari,  vositalari,  bilan  ta’minlangan 

avtomatlashtirilgan 

tarzda 

sozlashdan 



boshqa 

operatsiyalarni 

bajaradigan mashinalar tezligiga aytiladi. 


 

1-bosqich strukturasi. 

 

Aloxida  mashinalarni  ishchi  sikllarini  avtomatlashtirishda 

to‘plangan tajribalardan so‘ng, yangi yanada murakkab masalalarni xal 

qilishga  kirishiladi.  Bunday  masalalardan  biri  ishlov  berilayotgan 

detallarni  dastgoxlararo  tashishni  avtomat  tizimini  yaratish  bo‘lib 

qoldi.  Bu  masala  detalni  bir  ishchi  mashinadan  ikkinchisiga 

avtomatlashtirilgan tarzda  uzatish bilangina bog‘liq  bo‘lib  qolmaydi. 

Bunda  hamma  ishchi  mashinani  ish  ritmi,  ularni  buzilishlarida  xosil 

bo‘lgan  yo‘qotishlarni  xar  xilligi  masalani  yanada  murakkablashtirib 

yuboradi. 



Bu 

bosqichda 

mashinalar 

tizimini 

boshqaruv 

tizimi 


shakllantiradi.  Bunda  kulachoklar,  kulachokli  vallar  bilan  boshqarish 

mumkin  emas,  shu  sababli  elektrik,  elektron  va  gidravlik  boshqaruv 

tizimlaridan foydalaniladi, xozirda kompyuterlar keng qo‘llanilmoqda. 

Avtomatlashtirishni  ikkinchi  bosqichida  avtomatik  nazorat 

tizimlari, jumladan dastgoxni ishini o‘zgartiradigan aktiv (faol) nazorat 

qo‘llanilishi boshlanadi. 

 

2-bosqich strukturasi. 

 

Avtomatlashtirishning  uchinchi  bosqichi,  sifatni  boshqarish 

tizimlari,  ishlab  chiqarishni  avtomatik  boshqarish  tizimlari  va  EXM 

larni  keng  qo‘llangan  xolda  avtomat  bo‘limlar,  tsexlar  va  zavodlar 

qurish  bilan  ishlab  chiqarish  jarayonini  kompleks  avtomatlashtirish 



bilan  bog‘liq.  Kompleks  avtomatlashtirishda  yuqori  texnika  bilan 

ta’minlangan  ishlab  chiqarish  jarayonini  siklini  iloji  boricha 

qisqartirish  va  ishlab  chiqarishni  avtomatlashtirilgan  boshqarishni 

qo‘llash muxim axamiyat kasb etadi. 

Asosiy  ishlab  chiqarish  jarayoni  avtomat  liniyalarda  bajariladi, 

liniyalar  va  tsexlar  orasidagi  tashish,  taxlash  qirindilarni  yig‘ish  va 

qayta ishlash, sifatni boshqarish, ishlab chiqarishni avtomat boshqarish 

tizimlari keng qo‘llaniladi. 

Xozirda  kompleks  avtomatlashtirishda  dastgoxlar  bazasida 

tashkil  qilinadigan  moslanuvchan  ishlab  chiqarish  modullarida  keng 

qo‘lanilmoqda.  Bundagi  EXM  bilan  boshqarish  imkoniyati,  nafaqat 

texnologik  dastgoxlar  balki  butun  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  va 

boshqarish EXM.ga yuklatilmoqda. 

 


 

3-bosqich strukturasi. 

 

Mavzu  bo’yicha  fikrlarimiz  yakuni  bo’yicha  xulosa  qiladigan 



bo’lsak: 

Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish tarixi va rivojlanish 

tamoyillarini  taxlili  shuni  ko‘rsatadiki,  avtomatlashtirishni  xar  xil 

murakkablikdagi masalalar xal etilgan 3 ta bosqichga bo‘lish mumkin: 

1.  Ishchi  sikllarni  avtomatlashtirish,  avtomat  va  yarim  avtomatlar 

qurish; 


2.  Mashinalar tezligini avtomatlashtirish, avtomat liniyalar qurish

3.  Ishlab  chiqarishni  kompleks  avtomatlashtirish  yoki  avtomat 

tsexlar va zavodlar qurish. 


Ushbu 

bosqichda 



kelgusida 

biz 


kutgan 

natijalarga, 

unumdorlikka, 

ishchilarni 

mehnat 

sarfini 


kamaytirishga, 

tayyorlanadigan 

maxsulotlarning 

yuqori 


sifatiga 

va 


albatta 

mamlakatning iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshishiga erishiladi. 

 

Mavzu bo’yicha nazorat savollari: 

1.  Unumdorlik nazariyasi uslublarini tavsiflang. 

2.  Unumdorlik nazariyasi uslublari qanday masalalarni hal qiladi? 

3.  Unumdorlik nazariyasi asosini nima tashkil qiladi? 

4.  Unumdorlik nazariyasi asosini kim ishlab chiqqan? 

5.  Unumdorlikning asosiy omillarini sanab o‘ting va unga misollar 

keltiring? 

6.  Qaysi ishlab chiqarish turiga yuqori unumdorlik talabi qo‘yiladi? 

7.  Qaysi ishlab chiqarish turiga moslanuvchanlik, universallik talabi 

qo‘yiladi? 

8.  Avtomatlashtirishni bosqichlarini sanab o‘ting. 

9. Ishchi mashinani 3 ta asosiy mexanizmlari qaysilar? 

10. Ishchi siklni aniqlash formulasini keltiring. 

11. Avtomatlashtirishni 2-bosqichida nimalarga erishiladi? 

12. Avtomatlashtirishni 3-bosqichida nimalarga erishiladi? 

13. Avtomat deb qanday mashinaga aytiladi? 



14. Avtomatlashtirilgan liniya deb qanday tizimga aytiladi? 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling