Leksikologiyadan testlar


Download 246 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi246 Kb.
#1719857

Leksikologiyadan testlar

1. So‘z atamasi haqidagi to‘g‘ri hukmlarni toping.


1) nutq jarayonida har bir so‘z leksik va grammatik ma’notar uyg‘unligidan tashkil topadi; 2) leksik va grammatik ma’nolarning muayyan tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlikka nisbatan «o‘z atamasi qo‘llaniladi; 3)grammatik ma’nosiz faqat leksik ma’no bildiruvchi til birligi uchun so‘z atamasi qo‘llaniladi; 4) so‘z morfologiya birligi sifatida, leksema esa leksikologiya biriigi sifatida bir-biridan farqlanadi; 5) so‘z leksema va grammatik qo‘shimchalarga bo‘iinadi.
A) 1, 2, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5

2. Qaysi ma’no so‘zning bosh ma’nosi sanaladi?


A) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi
B) so‘zning nutq tarkibida boshqa so‘zlar yordamida anglatadigan ma’nosi
C) so‘zning gap tarkibida anglatadigan ma’nosi D) so‘zning ko‘chma ma’nolaridan bin

3. Ko‘p ma’noli so‘zlar haqida berilgan noto‘g‘ri hukmni aniqlang.


A) Ko‘p ma’noli so‘zlarda ma’no qanchalik ko‘p bo‘lsa ham, lekin u bir so‘z hisobianaveradi
B) Ko‘p ma’noli so‘zlardan bin to‘g‘ri ma’no, qolganlari esa ko‘chma ma’no bo‘ladi
C) Ko‘p ma’noli so‘zlarda ko‘chma ma’no nutq tarkibida boshqa so‘zlar bilan bog‘langanda namoyon bo‘ladi, nutq tarkibidan ajratilganda esa to‘g‘ri ma’nosi asosiy ma’no bo‘lib qoladi
D) Ko‘p ma’noli so‘zlar yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni, kasbiy atamalami o‘z ichiga oladi

4. Qaysi qatorda leksema berilgan?


A) gulchi B) gullar C) gulni D) guldan

5. So‘z va leksema haqida berilgan qaysi fikr to‘g‘ri?


A) leksik va grammatik ma’nolarning muayyan tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlikka nisbatan leksema atamasi qo‘llanadi
B) grammatik ma’nosiz, faqat leksik ma’no bildiruvchi til birligi uchun so‘z atamasi qo‘llanadi
C) so‘z - morfologiya birligi, leksema - leksikologiya birligi
D) so‘zlar leksema va grammatik qo‘shimchalarga bo‘linmaydi

6. Nutq tarkibida so‘zning boshqa so‘zlar bilan bog‘langanda namoyon bo‘ladigan ma’nosi qanday ma’no hisoblanadi?


A) ko‘chma ma’no B) tub ma’no C) yasama ma’no D) bosh ma’no

7. Toshmoq so‘zi qaysi so‘z bilan qo‘llansa, faqat o‘z ma’nosida keladi?


A) suv B) ichi C) quvonchi D) zavqi

8. “Ilmsiz inson - mevasiz daraxt”. Ushbu birlik haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.


A) matal B) maqol C) aforizm D) frazeologizm

9. Ma’no ko‘chishining metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari turlari mavjud. Bunday turlarga bo‘linishi nimaga asoslanadi?


A) nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra B) shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra
C) so‘zning tashqi va ma’no tomoniga ko‘ra D) hamma fikr to‘g‘ri

10. Ichak-chavog‘im tugadi, endi kalla sotaman. Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi sodir bo‘lgan?


A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya

11. Olma guii gul emas, taqsam, chakkamda turmas. Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi sodir bo’lgan?


A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya

12. Qaysi qatorda oyoq so‘zida ma’no vazifadoshlik asosida ko‘chgan?


A) Salim kelib bemorning oyog‘iga o‘tirdi. B) Mahallamizda begona oyoqlar paydo bo‘ldi.
C) Stolning oyog‘i qiyshayib qolgan. D) Hech birida ma’no ko‘chmagan

13. Saida o‘n yillikni bultur tugatgan edi. Ushbu gapdagi ma’no ko‘chishini aniqlang.


A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya

14. Qaysi gapda quloq so‘zi o‘z ma’nosida qo‘llangan?


A) Qozonchining erki bor, qaydan quloq chiqarsa.
B) Otang mirob bo‘lsa ham, quloqning boshida bo‘l.
C) Ota radioning qulog‘ini buradi.
D) Qo‘chqor qo‘ng‘iroqli quloqlarini erkalanib silkidi.

15. Metonimiya asosida ma’no ko‘chish qoidasi qaysi javobda berilgan?


A) shaxs yo predmetning nomi o‘mida biror bo‘lak orqali o‘sha tushunchaning berilishi
B) shaxs-predmetni unga bog‘liq bo‘lgan boshqa nom bilan ifodalash
C) so‘zni aks ma’noda qo‘llash
D) biror predmet belgisining o‘xshash tomonini boshqasiga ko‘chirish

16. Qaysi qatordagi gapda xursand so‘zining sinonimi turg‘un birikma orqali berilgan?


A) Bu xabarni eshitib Azimjonning tepa sochi tikka bo‘ldi
В) Abrorjon og‘zi qulog‘iga yetib uydan otilib chiqdi
C) Birovning dilini siyoh qilmaydigan kuni ham bo‘larmikan?
D) Oyog‘idagi tuflisining ohori to‘kilibroq qolgan ekan

17. Predmetlar o‘rtasidagi shakliy o‘xshashlik asosida ma’no ko‘chgan qatorni aniqlang.


A) samolyotning dumi B) qozon qulog‘i
C) ko‘chaning boshi D) elektr chirog‘i

18. Nasrulla, siz Hasanboydan «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasini so‘rab yuribsiz, и bo‘lsa «Darakchi»ni olib kelibdi. Ushbu gapda qo‘llangan ma’no ko‘chish turini belgilang.


A) vazifadoshlik B) metonimiya C) metafora D) sinekdoxa

19.1) Yurak yig‘lar, aytishga iymanamiz; 2) Seni unsiz erkalaydi nigohim; 3) Karnay yig‘lar, surnay yig‘lar, nay yig‘lar; 4) Yoqub cholga «Damas» berishmadi; 5) Arizalar yozib bersa, ko‘rishmadi.


Berilgan gaplarning nechtasida metonimiya usulida ma’no ko‘chgan?
A) 2 B) 1 C) 3 D) barchasi

20. «Qalandar» muvaffaqiyat qozondi, hatto alohida yozuvchilar, tanqidchilar orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Gapda ostiga chizilgan so‘zda ma’no ko‘chishining qaysi turi mavjud?


A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya

21. Qaysi gapda sinekdoxa usulida ma’no ko‘chgan?


A) Oyim yuzimga uzoq termulib qoldi. B) Yurtimiz kundan kunga chiroy ochmoqda.
C) Olov uchqun sachratib yonmoqda. D) Halima o‘tkir pichoq bilan qo‘lini kesibolibdi.

22. 1) Kirgan bo‘lsa 19 - 20 larga kirgandir; 2) Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqah ko‘ngli bahoming toza havosi bilan ochila tushgan edi; 3) Olti so‘mini yubor, uchi o‘zingga qolsin; 4) Do‘stlar, deya peshvoz chiqdi jingalaksoch; 5) Xonimchaga hozir eshitguvchi quloq kerak; 6) Ko‘rpa sirg‘alib yerga tushgan, derazadan kirgan yelvizak yelkasini yalab o‘tmoqda edi.


Berilgan gaplardagi ma’no ko‘chish turlarini aniqlang.
A) 1, 3, 4 - metonimiya, 2, 6 - metafora, 5 - sinekdoxa
B) 1, 4 - metonimiya, 2, 6 - metafora, 3, 5 - sinekdoxa
C) 1, 3 - metonimiya, 2, 6 - metafora, 4, 5-sinekdoxa
D) 1, 3, 4, 5 - metonimiya, 2, 6 — metafora

23. Quyida keltirilgan gapdagi ma’no ko‘chish turini aniqlang.


Shartmi ichmak har bir qadahni yo‘q demay.
A) metafora B) metonimiya C) vazifadoshlik D) sinekdoxa

24. Metafora usulida ma’no ko‘chishi mavjud gapni toping.


A) Navoiyni qo‘limga oldim. B) O’n so‘mni yubor, uchi yoningda qolsin.
C) Ikki juft ko‘z bir-biriga tikilib qoldi.
D) Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko‘ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushgan.

25. Haybatli sharsharalar sochar kumush zarralar. Gapda qanday ma’no ko‘chishi mavjud?


A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

26. Musulmonlar ro‘za tutadigan oy ham, shu oyda bolalar aytadigan qo‘shiq ham «ramazon» deb yuritiladi. Bu ma’no ko‘chishining qaysi turiga misol bo‘la oladi?


A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

27. Yuz so‘zining qaysi sinonimlarida badiiy uslubga xoslanish belgisi mavjud?


A) oraz, uzor, ruxsor, chehra B) oraz, uzor, ruxsor
C) yuz, oraz, uzor, ruxsor, chehra D) yuz, oraz, uzor, chehra

28. Qaysi ma’no ko‘chish turi yunoncha so‘z bo‘lib, «qayfa nomlash» degan ma’noni beradi?


A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

29. Qaysi so‘zlar ham metafora, ham vazifadoshlik asosida ko‘chma ma’noda qo‘llana oladi?


A) chiroq, quloq, etak B) oyoq, bosh, ko‘z
C) qanot, qosh, ko‘z D) yurak, burun, og‘iz

30. Lug‘atlar haqidagi barcha to‘g‘ri fikrlami aniqlang.


1) filologik lug‘atlarda so‘zlar muayyan tartibda: yo alfavit asosida, yo mazmuniy guruhlar asosida joylashtiriladi;
2) filologik lug‘atlar umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi;
3) lug‘atlar lug‘at birliklarining nimaga qaratilganiga ko‘ra qomusiy va lingvistik lug‘atlarga bo‘linadi;
4) qomusiy lug‘atlar tildagi barcha tushunchalarni o‘z ichiga oladi;
5) ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olgan lug‘atlar filologik lug‘atlar hisoblanadi.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 4, 5
31. ”Ochmoq” so‘zi qaysi so‘z bilan qo‘llansa, o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatiladi?
A) eshik B) ko‘ngil C) yo‘l D) hammasi

32. To‘rt egat palak ekdim. Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi mavjud?


A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

33. «Ko‘chalarni chiroqlar yop-yorug‘ qilib turibdi». Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi sodir bo‘lgan?


A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

34. Qovun navlari nomidan qaysi biri tashqi o‘xshashlikka asoslanib qo‘yilgan?


A) obinovvot B) umriboqiy C) eskichopon D) bo‘rikalla

35. Quyidagi qaysi gapda sinekdoxa asosida ma’no ko‘chgan so‘z mavjud?


A) Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandi
B) Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la Bezamoq chog‘idir umr-daftarin
C) Eshikka kiring, aka, choy-poy ichib keting
D) Tinchlik xalqni farovon qiladi, yurtni gullatadi, uning istiqboliga keng yo‘l ochadi

36. Bir xil grammatik ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar qatorini toping.


A) kitob, bahor, a’lochi, bog‘ B) o‘qimoq, orzu, bilim, erishmoq
C) chiroyli, shirin, achchiq, qattiq D) orzu, istak, shirin, tez

37. Ko‘p ma’noli so‘z ma’nolari o‘rtasidagi bog‘lanish yo‘qolishi natijasida omonim so‘zlarning hosil bo‘lishi qaysi qatordagi javobda berilgan?


A) sir (insonning siri) , sir (idishning siri) , sir (davlatning siri)
B) ot (hayvon) , ot (harakat) , ot (so‘z turkumi) , ot (ism)
C) yoz (fasl) , yoz (harakat) , yoz (yoymoq rha’nosidagi harakat)
D) dam (nafas) , dam (bosqon) , dam (hordiq)

38. Qaysi javobda ko‘p ma’noli so‘zni shakldosh (omonim) lardan farqlovchi asosiy xususiyat berilgan?


A) ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nosi gapda namoyon bo‘ladi
B) ko‘p ma’noli so‘zlar gap bo‘laklari bo‘la oladi
C) ko‘pma’nolilik mustaqil so‘z turkumlariga xos
D) ko‘p ma’noli so‘zlar necha ma’noga ega bo‘lmasin, ma’nolar o‘zaro bog‘langan bo‘ladi

39. O‘zaro bir so‘z turkumi doirasidagina shakldoshlik hosil qiluvchi so‘zlarni belgilang.


A) sir, bog‘ B) soch, qo‘y C) ot tush D) ol, yoz

40. 1. Kun qiyomdan og‘di. 2. Shavla qiyomiga yetib pishgan edi.


3. Kampir o‘ng qo‘liga nonni oidi-da, piyoladagi qiyomga botirdi. Berilgan gaplarda qo‘llangan ”qiyom” so‘zi haqida to‘g‘ri fikr qaysi javobda berilgan?
A) uchala gapda bir so‘zning turli ma’nolari qo‘llangan
B) uchala gapda shakldosh so‘zlar qo‘llangan
C) ikkinchi va uchinchi gapda bir so‘zning turli ma’nolari qo‘llangan
D) birinchi va ikkinchi gapda bir so‘zning turli ma’nolari qo‘llangan

41. “Tush ko‘rmoq, tush payti, pastga tush” birikuvlaridagi tush so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?


A) bir so‘zning turli ma’nolari B) bir xil shaktdagi uchta so‘z
C) bir xil ma’nodagi uchta so‘z D) o‘zaro paronim so‘zlar

42. Shakldosh so‘zlami aniqlang.


1) hadis; 2) davr; 3) havo; 4) bosim; 5) vij-vij; 6) davlat.
A) 2, 3, 4, 5, B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 6 D) barchasi

43. Quyidagi shakldosh (omonim) so‘zlardan qaysi biri birgina so‘z turkumi doirasida ham shakldoshlikni vujudga keltirishi mumkin?


1) o‘ta; 2) quymoq; 3) o‘sma; 4) o‘rmoq; 5) mushak.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 3, 4, 5 D) 2, 5

44. Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning uchalasi ham shakldoshi (omonim) ga ega?


A) mushak, kadr, chang B) karam, kuy, et
C) davlat, oz, qil D) berilganlamihg barchasi shakldosh so‘zlar

45. Shakldosh so‘zlar qaysi javobda to’g’ri berilgan?


A) o’rim, chap, qir, past B) ravon, yoz, ranj, o‘smoq
C) oz, nor, palla, nota D) soch, pilla, otash, rux

46. Do‘sting uchun zahar yut. 2. Huvullab qolgan uyda yolg‘iz yashash qiyin. Hovli yutaman deydi (S.Ahmad) . 3. Arslon degan bir yigit kurashda tengqurlarini yutdi. Ushbu gaplarda qo‘llangan “yutmoq” fe’llari ma’no munosabatiga ko‘ra o‘zaro qanday so‘zlar hisoblanadi?


A) birinchi va ikkinchi gaplarda bir so‘zning ikki ma’nosi, uchinchi gapdagi “yutmoq” fe’li birinchi va ikkinchi gaplardagi “yutmoq” fe’liga nisbatan shakldosh so‘z
B) uchala gapdagi “yutmoq” so‘zlari o‘zaro shakldosh so‘zlar
C) birinchi gapdagi “yutmoq” so‘zi ikkinchi va uchinchi gapdagi “yutmoq” so‘zlariga nisbatan shakldosh so‘z, ikkinchi va uchinchi gapdagi “yutmoq” so‘zi o‘zaro bir so‘zning ikki ma’nosi
D) uchala gapdagi “yutmoq” so‘zi bir so‘zning, ya’ni ko‘p ma’noli so‘zning uch xil ma’nosi

47. Yurtim, senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo (A.Oripov) . 2. Mana shu daryodan Mirzacho‘l suv ichadi, ekin bitadi. 3. Katta Farg‘ona kanali qirq besh kunda bitdi.


Ushbu gaplardaqo‘llanilgan bitmoq so‘zining o‘zaro ma’no munosabati qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) har uchala gapda bir so‘zning turli ma’nolari, ya’ni polisemantik so‘z
B) har uchala gapda mustaqil uchta so‘z, ya’ni o‘zaro shakldosh so‘z
C) birinchi gapdagi “bitmoq” so‘zi ikkinchi va uchinchi gapdagi “bitmoq” so‘zlari bilan o‘zaro shakldosh, ikkinchi va uchinchi gapdagi “bitmoq” so‘zi o‘zaro bir so‘zning turli ma’nolari
D) uchinchi gapdagi “bitmoq” so‘zi birinchi va ikkinchi gapdagi “bitmoq” so‘zlari bilan o‘zaro shakldosh, birinchi va ikkinchi gapdagi “bitmoq” so‘zi o‘zaro bir so‘zning turli ma’nolari

48. Quyidagi so‘zlarniqg qaysilari shakldosh so‘zlar hisoblanadi?


1) bas; 2) band; 3) banda; 4) bat; 5) bog‘.
A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 2, 5

49. Quyida berilganlardan ham omonimlik, ham ko‘pma’nolilik xususiyatiga ega bo‘lgan barcha so‘zlar ko‘rsatilgan javobni toping.


1) yosh; 2) tom; 3) bel; 4) tor; 5) gul; 6) quloq; 7) to‘la; 8) nafis.
A) 1, 4, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 1, 2, 4, 7 D) 1, 3, 5, 6, 7, 8

50. Quyida berilganlar orasidan barcha omonim so‘zlarni ko‘rsating.


1) ivimoq; 2) qiyiq; 3) bog‘li; 4) zarb; 5) gul.
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 5

51. Do‘st, yosh, nafis, yuz, mol, oyoq, bel, tut, yengil, gul, sher, sana, uch, o‘ch, quloq. Berilgan so‘zlarda o‘zaro omonimlik munosabati hosil qiladigan nechta so‘z bor?


A) 10 ta B) 13 ta C) 8ta D) 9ta

52. Quyidagi qaysi so‘zlar o‘zaro omonimlikni yuzaga keltiradi?


1) qirq; 2) yuz; 3) to‘rt; 4) uch; 5) o‘n; 6) bir; 7) yetti.
A) 1, 2, 4 B) 3, 5, 6 C) 1, 3, 5 D) 1, 3, 7

53. Qaysi so‘zlar ham ko‘chma ma’no, ham shakldoshlikka ega?


1) ko‘z; 2) oltin; 3) og‘iz; 4) tom; 5) uch; 6) oq.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 5, 6 C) 3, 4, 5, 6 D) 4, 5, 6

54. Shakldosh so‘zlardan qaysi bin bir so‘z turkumi doirasida shakldoshlikni vujudga keltirishi mumkin?


1) kul; 2) quymoq; 3) o‘sma; 4) o‘rmoq; 5) mushak.
A) 3, 4, 5 B) 2, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5

55. Qaysi qatorda faqat omonim so‘zlar berilgan?


A) o‘tkir, tugma B) biqin, soch C) tuz, kadr D) egri, bo‘lmoq

56. Qaysi qatordagi so‘zlar ikki xil so‘z turkumi doirasida shakldoshlik hosil qila oladi?


A) til, yashirin B) oqish, kiyin C) oqar, kechik D) tilim, bura

57. Qaysi qatordagi so‘zlar ikki xil so‘z turkumi doirasida shakldoshlik hosil qila oladi?


A) botin, kiyin B) yashirin, bura C) tilim, oqish D) kechik, oqish

58. Bir turkum doirasida shakldoshlik hosil qila oladigan so‘zlami aniqlang.


1) karam; 2) soz; 3) yor; 4) bel; 5) sir.
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 5

59. Tarkibida ham asosi, ham qo‘shimchasi shakldosh bo‘lgan ikki so‘z ishtirok etgan gapni toping.


A) Yaqinlashyapmiz - o‘rmon tobora bo‘y cho‘zyapti
B) Mozorda yotganlar, nazarimda, so‘zlarimni eshitib bezovtalanayotir
C) Sen Mahmud akaning uyi oldida turgin
D) Biz tomonlarda kuz sho‘xligi shumlikka aylanib ketadigan paytlar ham bo’ladi

60. Quyida berilgan so‘zlardan qaysi birlari ham omonimlik, ham polisemantik xususiyatga ega?


1) tor; 2) tomoq; 3) yengil; 4) bel; 5) gul; 6) uch; 7) dunyo.
A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5, 6, 7 C) 1, 5, 6 D) 1, 5, 6, 7

61. Berilgan so‘zlarning qaysi birida shakldoshlik uch so‘z turkumida ro‘y beradi?


1) oshiq; 2) tik; 3) uch; 4) kez; 5) qoq; 6) o‘ch.
A) 2, 3 B) 1, 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3

62. Ba’zi paytlarda yoshligimnlng unutilmas damlarini esga olaman. O‘sha o‘ynoqi damlarni eslab sog’inaman. Meni o‘tloqlarda dumalatgan, chang ko‘chalarda o‘ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman.


Berilgan parchada yasalish asosi ham, yasovchi vositasi ham omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan nechta yasama so‘z bor?
A) 3 B) 1 C) 4 D) 2

63. 1) terim; 2) bog‘la r; 3) ko‘zlar; 4) qaynatma; 5) qovurma.


Berilgan so‘zlardan qaysilari ikki xil so‘z turkumi doirasida qo‘llana oladi?
A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5

64. Uch so‘z turkumi doirasida shakldosh bo‘la oladigan so‘zlar qatorini aniqlang.


A) tush, zang, jo‘r B) terma, tom, tik C) tik, bosh, til D) tom, yog‘, dog‘

65. Asosida faqat jarangsiz undosh qatnashgan, yetakchi morfemasi ham, ko‘makchi morfemasi ham omonim xarakterda bo‘lgan sifatni toping.


A) tuzsiz B) yasama C) yozgi D) ochiq

66. 1. Bu kosaga sho‘rva suzma. 2. Suvda uzoqqa suzma. 3. Suzong‘ich sigir bo‘lsang ham, egangni suzma. Ushbu gaplardagi suzma so‘zi haqidagi to‘g‘ri fikrlarni aniqlang.


A) 1- va 3- gapdagi suzma so‘zi bir so‘zning turli ma’nolarini ifodalovchi so‘z bo‘lib, ushbu so‘zlar 2-gapdagi suzma so‘ziga nisbatan shakldosh sanaladi
B) 1- va 2-gapdagi suzma so‘zi bir so‘zning turli ma’nolarini ifodalovchi so‘z bo‘lib, ushbu so‘zlar 3-gapdagi suzma so‘ziga nisbatan shakldosh sanaladi
C) 1-, 2-, 3-gaplardagi suzma so‘zi bir so‘zning turli ma’nolari sanaladi
D) l-, 2-, 3-gaplardagi suzma so‘zi o‘zaro shakldosh sanaladi

67. Berilgan so‘z birikmalaridan qaysilarida so‘zlarning ma’nosi nutq tarkibidan ajratilgandagi ma’nosiga teng?


1) temir intizom; 2) ko‘m-ko‘k osmon; 3) shishaning og‘zi; 4) qushning qano‘ti; 5) varrakning dumi; 6) otning tuyog‘i.
A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 2, 4

68. Qaysi gapda narsa va hodisalar o‘rtasidagi vazifaviy bir xillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishi kuzatilgan?


A) Navbatim sumka ko‘targan «jinsi»dan keyin.
B) Yo‘lchining so‘zlaridan hayratianib, chol yoqasini ushladi.
C) O’z jigariga ham rahm-shafqat qilmaydimi?
D) Samolyotning qanoti o‘ta pishiq materialdan ishlangan.

69. Berilgan qaysi gap(lar) da o‘zbekcha so‘z hisoblanuvchi ”bog‘” so‘zi ishtirok etgan?


1. Bu ko‘ringan tog‘lar Asqar tog‘idir, Oyog‘imda tilla kishan bog‘idir.
2. Uzumini ye, bog‘ini surishtirma.
3. Bog‘ni boqsang, bog‘ bo‘ladi, botmon dahsar yog‘ bo‘ladi.
4. Topgan gul kettirar, topmagan bir bog‘ piyoz.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 4

70. ”Qalam” so‘zining moddiy (a) va ma’no (b) tomonlarini aniqlang.


1) 5 ta tovushdan iborat;
2) narsaning bir turi bo‘lib, o‘quv qurolini bildiradi;
3) ot turkumiga mansub;
4) birlik sonda, bosh kelishikda.
A) 1-a, 2-b B) 1-a, 3, 4 b C) 1-a, 2, 3-b D) 1-a, 2, 3, 4-b

71. Xo‘roz, dazmol, qoida, she’r, donishmand, ro‘za, saodat, taxt.


Berilgan so‘zlardan nechtasi tilimizga fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar hisobianadi?
A) beshtasi B) oltitasi C) to‘rttasi D) yettitasi

72. Qaysi gaplarda o‘zaro shakldosh qo‘shimchalar qatnashgan?


1. U uyiga kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi.
2. Bir umr ulardan o‘rnak olish orzusi bilan yashab o‘tamiz.
3. Mehmonlar qorovulning qistashiga qaramasdan ichkariga kirishmadi.
4. Dor qurilgan maydonda arqonlarga osilib o‘ynayotgan bolalarning qahqahasi eshitildi.
A) 1, 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4

73. Ganja ganjurikim chekib ko‘p ranj,


Qo‘ymish erdi jahonda bash ganj.
«Xamsa»ning Nizomiy Ganjaviyga bag‘ishlangan qismidan olingan ushbu parchada Navoiy qaysi badiiy san’at(lar) dan foydalangan?
A) o‘zakdoshlik B) tovushdoshlik
C) o‘zakdoshli va tovushdoshlik D) o‘zakdoshlik va mutanosiblik

74. Qaysi javobdagi so‘zlar ilgari qo‘llanilib, keyin iste’moldan chiqib ketgan, ulardan hozirgi kunda yangi tushunchalarni ifodalash uchun foydalanilmoqda?


A) vazir, hokim, bojxona B) omonatchi, pudratchi, viloyat
C) shirkat, tuman, noib D) diler, monitoring, skayner

75. Qaysi so‘zlarning ikkinchi qismiga shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan so‘z qo‘yilib, juft so‘z yasaladi?


1) yor -...; 2) ko‘z-...; 3) osh-...; 4) oq- ...;5) yer-...;6) gul-....
A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 6 D) 2, 5, 6

76. Qaysi so‘zdagi sifat yasovchi qo‘shimchani ikki xil munosabat shaklini hosil qiluvchi omonim qo‘shimcha bilan sinonim sifatida almashtirish mumkin?


A) itoatli B) bexabar C) sertashvish D) qadimiy

77. Qaysi gapda qismlari o‘zaro sinonim bo‘lmagan so‘zlardan tuzilgan juft so‘z mavjud?


A) Shahrimizda bir-biridan chiroyli yangi uy-joylar qad ko‘tarmoqda
B) O‘zbek oyimning orzu-havas, to‘y-tomoshalarni shartta kesib qo‘ygan bu uylanishga nima deyishi va qanday qarashi, albatta, ma’lum edi
C) U hammaning orzu-armonini, qobiliyatini, zaif tomonlarini ham juda yaxshi bilar edi
D) Hoji buvi dori-darmon qildi, tuzalib ketdi

78. Qaysi ibora «biror ishni qila olarmidi?» deya ta’kidlash uchun qo‘llanadi?


A) katta gap B) ikki dunyoda ham C) ikki gapning orasida D) yo‘l bo‘lsin

79. Berilgan qaysi maqollar o‘zaro ma’nodosh maqollar sanaladi?


1) Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kiradi.
2) Yolg‘iz baloga indamasang, ko‘payadi.
3) Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimiriamaydi.
4) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur.
A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2

80. “Tashvish tortmoq” iborasining antonimi qaysi javobda berilgan?


A) ko‘ngli xira bo‘ldi B) ta’bi tirriq bo‘ldi C) ko‘ngli yorishdi D) qo‘yi mingga yetdi

81. Qaysi javobda metafora asosida ma’nosi ko‘chgan so‘z ishtirok etgan gap keltirilgan?


A) Bizning eshikka ham kiring, aylanay.
B) Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati.
C) «Besh bolali yigitcha» keldimi? (Kitobxonning kutubxonachiga savoli)
D) Stulning oyog‘i qiyshayib qolibdi.

82. Qaysi iboraning antonimi ham omonimlik xususiyatiga ega?


A) so‘z bermoq B) ter to‘kmoq C) qo‘l bermoq D) boshga ko‘tarmoq

83. Shakl yasovchi orqali so‘zlovchining hissiy-ta’siriy munosabati ifodalangan javobni toping.


A) baloxo‘r, nonko‘r, imonsiz B) ahmoq, mijg‘ov, tirjaymoq
C) chehra, orombaxsh, ko‘rkam D) ukajon, kenjatoy, otaxon

84. ”Boshiga ko‘tarmoq” iborasining sinonimini toping.


A) ko‘nglini ko‘tarmoq B) soyasiga ko‘rpacha solmoq
C) ko‘nglini cho‘ktirmoq D) ko‘nglini ovlamoq

85. Qaysi qatorda sinonim iboralar berilgan?


A) rahmi keldi – achindi B) pixini yorgan – uddaburon C) nari borsa - yo‘l bo‘lsin
D) podadan oldin chang chiqarmoq - to‘ydan oldin nog‘ora chalmoq

86. Adabiy tilning rivojida shevalar qanday ahamiyatga ega?


A) Shevalar adabiy til uchun zararli hodisa hisoblanadi.
B) Shevalar adabiy til rivoji uchun ichki manba hisoblanadi.
C) Adabiy til rivoji uchun shevalarning hech qanday ahamiyati yo‘q.
D) Shevalar adabiy til rivoji uchun tashqi manba hisoblanadi.

87. Qaysi qatordagi ibora “vaqtini befoyda o‘tkazmoq” ma’nosini bildiradi?


A) pinagini buzmaslik B) pashshadan fil yasamoq
C) pashsha qo‘rimoq D) pixini yorgan

88. “Oyoglni tirab olmoq” iborasining sinonimlarini toping.


1) qattiq turmoq; 2) ikki oyog‘ini bir etikka suqmoq; 3) to‘nini teskari kiymoq; turib olmoq; 4) oyog‘iga bolta urmoq; 5) oyog‘iga bosh urmoq.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4

89. Dialektizmlar berilgan javobni toping.


A) farmoni oliynishon, padari buzrukvor B) danap, yakan, kolxoz
C) non, bulut, yomg‘ir D) shoti, takya, gashir

90. Qaysi gap(lar)da uchta ibora qatnashgan?


1) ... muqaddas ostonaning bu qadar oyoq osti bo‘lishiga men yo‘l bermayman;
2) Adolatga ko‘zi tushgan, ishi tushgan va ishqi tushgan yigltlarning hammasi ana shunday xayolning asiri edi;
3) Murotalining otasi Qatortol qishlog‘ida eng qashshoq bo‘lib, yil-o‘n ikki oy peshana teri to‘kardi-yu, aslo biri ikki bo‘lmasdi;
4) Eshon goh u yoqqa, goh bu yoqqa bosh tortgan qo‘ylarni yo‘lga solishga urinar edi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 3

91. “Olampanoh, volidayi muhtarama, manzirat qilmoq” birliklari haqidagi noto‘g‘ri flkrni aniqlang.


A) qo‘llanish doirasi chegaralangan so‘zlar
B) sotsial chegaralangan so‘zlar C) argolar D) jargonlar

92. Yaxshi bo‘lgin, hatto dushmaning oson


Seni deyolmasinyaramas-yomon.
Tanburning ovozi soz chiqib tursa,
Qulog‘in buramas sozchi hech qachon. (Sa’diy Sheroziy)
Ushbu she’rda yetakchi morfemasi ham, ko‘makchi morfemasi ham omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan nechta so‘z mavjud?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5

93. Bunim yo‘q, unim yo‘q,


Uyimda unim yo‘q.
Ishimda unum yo‘q,
Aytishga unim yo‘q. Ushbu she’riy parchada asosi shakldosh bo‘lgan so‘zlar qaysi turkum(lar)ga tegishli?
A) ot B) ot, fe’l C) ot, olmosh D) ot, olmosh, fe’l

94. Qaysi tez aytish(lar) da omonim qo‘shimchalar qo‘llangan?


1. Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tengsiz dedingizmi? 2. Bir ayvoncha, ayvoncha labida hovuzcha, hovuzcha labida hovoncha, hovoncha ichida bir hovuchcha dovuchcha bor. 3. Elchin bilan Yo‘lchin temiryo‘lchi, Temiryo‘lchilarga yetib ko‘r-chi?!
A) 1, 2, 3 B) 2, 3 C) 2 D) 3

95. Bir turkum doirasida so‘z yasovchi va shakl yasovchi sifatida omonimlik hosil qila oladigan qo‘shimchalarni aniqlang.


1) -ish; 2) -ar; 3) -xon; 4) -chak; 5) -sa; 6) -a; 7) -in; 8) -la.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 C) 2, 3, 5, 6, 8 D) 2, 3, 5, 8

96. 1. Tun o‘z o‘rnini tongga bo‘shatib berdi. 2. Navoiy ko‘hna Sharqning ulug‘ mutafakkiri sifatida o‘z asarlari bilan o‘sha davr ijtimoiy masalalarini ham ko‘tarib chiqdi. 3. Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi yaralandi. Berilgan gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosi qaysi usulda ko‘chgan?


A) vazifadoshlik B) sinekdoxa, metonimiya C) metonimiya, metafora D) metafora

97. Berilgan qo‘shma so‘zlardan nechtasining tarkibida shakldoshi bor so‘z(lar) ishtirok etgan? toshko‘mir, yarimorol, orombaxsh, qoqigul, sovuqmijoz, bodomqovoq, qo‘ziqorin.


A) 6 tasi B) 5 tasi C) 4 tasi D) 7 tasi

98. Berilgan so‘zlardan nechtasi ham omonimlik, ham kop ma’nolilik xususiyatiga ega?


Parda, chaqmoq, yengil, ivimoq, tik, quymoq, bo‘shamoq.
A) 4 tasi B) 7 tasi C) 6 tasi D) 5 tasi

99. Berilgan so‘zlardan qaysilari omonim so‘zlar sanaladi?


1) ado; 2) tol; 3) havo; 4) ayb; 5) asr; 6) bemor; 7) bog‘li.
A) 1, 2, 3, 5, 7 B) 2, 5, 6 C) 1, 3, 4, 5 D) 2, 3, 4, 5, 6, 7

100. Berilganlardan nechtasi qismlaridan biri paronim juftiga ega bo‘lgan, bir xil so‘z turkumi kompozitsiyasidan hosil qilingan qo‘shma sifatga misol bo‘la oladi?


1) hammabop; 2) sofdil; 3) tustovuq; 4) bilaguzuk; 5) sheryurak; 6) xushbichim
A) bittasi B) to‘rttasi C) uchtasi D) ikkitasi

101. Berilganlardan paronim juftiga ega omonim so‘zlarni aniqlang.


1) shox; 2) asr; 3) burch; 4) rux; 5) sanat; 6) tus
A) 1, 3, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5

102. Ham omonimlik, ham polisemantiklik xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


1) tovon; 2) es; 3) quv; 4) ivitmoq; 5) nufuz; 6) bo‘y.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 6 C) 3, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5, 6

103. Hokim qismidagi morfemalar omonimlik xususiyatiga ega so‘z birikmalarini belgilang.


1) cho‘llarda kezmoq; 2) darsga kechikmoq; 3) ochiq eshik; 4) ajdodlar qoni; 5) azob
chekmoq; 6) esga olmoq.
A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 4, 5 C) 2, 5, 6 D) 1, 2, 4, 6

104. Lermontovni tashlamadim hech, So‘ngra qo‘lga oldim Hofizni. (H.Olimjon) Ushbu she’riy parchada ma’no ko‘chishining qaysi usuli qo‘llangan?


A) metonimiya B) metafora C) vazifadoshlik D) sinekdoxa

105. Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to‘n to‘zmas. Tagiga chizilgan so‘zning ma’nodoshi qatnashgan gapni belgilang.


A) Yiqilgan emas, yiqilib qolgan yomon, bolam.
B) Sahroda yo‘ldan adashgan mahallarimda necha martalab meni o‘limdan saqlab qolding.
C) Boshida sochlarning ko‘paydi oqi, Kamaydi sochlarning o‘zi, darvoqe.
D) Chol o‘g‘lining oriqlagan chehrasidan ko‘z uzib, tevarakka alangladi.

106. Omonimlik xususiyatiga ega so‘zlar kompozitsiyasidan hosil bo‘lgan qo‘shma otlarni belgilang. 1) otquloq; 2) qo‘ymijoz; 3) qovoqari; 4) oshqovoq; 5) qirqquloq; 6) surbet.


A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 4, 5, 6

107. Qaysi gapda ma’nosi metonimiya yo‘li bilan ko‘chgan so‘z ega bo‘lib kelgan?


A) Guruhimizning birlashishi uchun unga bir bosh kerak bo‘lib qoldi.
B) Mabodo «Darakchi» kelmadimi?
C) «Navoiy»ni kechadan beri ko‘tarib yuribman. D) Eshikka chiqib biroz gaplashaylik.

108. Qaysi gapda ma’nosi sinekdoxa yo‘li bilan ko‘chgan so‘z vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib kelgan?


A) Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajda egma qoshima.
B) Sharaf sizga, yog‘ar million dudoqdan kuchli olqishlar.
C) Tezroq g‘ildirakni yurg‘izing, do‘stim. D) Gunohi ne edi bu tilla boshning...

109. Qaysi gapda metafora usulida ma’no ko‘chishi uchramaydi?


A) Tun o‘z o‘rnini tongga bo‘shatib berdi.
B) Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi yaralandi.
C) Yigitlar oltin davr – talabalik yillari haqida suhbatlashib o‘tirishardi.
D) Chanqab ketganimdan men ham bir kosani simirdim.

110. Qaysi gapda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?


A) Posbon uxlagach, Mirzo Ulug‘bekni Ko‘ksaroy lahmdan olib chiqmoqchi edi.
B) U o‘zining og‘asiga va uning fikrlariga chuqur extirom bilan qarar edi.
C) Navoiy uning ichki tuzilishi, tashqi ko‘rinishi, naqshlari, bo‘yoqlariga qadar tushintirdi.
D) Biz shunday kutubxona bino qilaylik-ki, butun el qoshida manzur va mo‘tabar bo‘lsin.

111. Qaysi gapda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud?


A) Toshbaqa guldan gulga qo‘nib yurgan kapalakka g‘ashi keldi.
B) Esi past odamning dimog‘i baland bo‘ladi. C) O‘choqdagi lahja cho‘g‘ hali sovimagan.
D) Posbon uxlagach, Mirzo Ulug‘bekni Ko‘ksaroy tagidagi lahimdan olib chiqmoqchi edi.

112. Qaysi gapda sinekdoxa va metafora usulida ma’no ko‘chgan?


A) Gunohi ne edi bu tilla boshning, Gunohi ne edi porloq quyoshning.
B) Yig‘ilishga mo‘ylovni chaqirib keling. C) Uyimizda uchta tuyoq bor.
D) Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurilishiga otlandi.

113. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud emas?


A) Borlik go‘yo suv quyganday jimjit.
B) Usta cho‘g‘day temirni olovda toblab-toblab olar edi.
C) Sizning har bir so‘zingiz biz uchun tilladan abzaldir.
D) Undan bir suratgina yodgor qolgan, xalos.

114. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud emas? A) Sizning har bir so‘zingiz biz uchun tilladan abzaldir. B) Usta cho‘g‘day temirni olovda toblab-toblab olar edi. C) Borlik go‘yo suv quyganday jimjit. D) Undan bir suratgina yodgor qolgan, xalos.


115. Qaysi gapdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda sinekdoxa usulida ma’no ko‘chishi ro‘y bergan?


A) Mehmonni ochiq chehra bilan qarshi oldi. B) Navbatim sumka ko‘targan «jinsi»dan keyin. C) Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurilishiga otlandi.
D) Gunohi ne edi bu tilla boshning...

116. Qaysi gapdagi barcha fe’llarning asosi omonimlik xususiyatiga ega?


A) Bog‘bon uni so‘ligan deb gumon qildi-yu, yulib tashladi.
B) Karimbek mashinani yo‘lga chiqarib, qishloq tomon yurdi.
C) Behudaga dori ichishni qo‘ysangiz, dardingiz arib, sog‘ayarmidingiz?
D) Jayron tog‘dan tog‘ga o‘tib, qayerga borishini bilmasdi.

117. Qaysi gapning egasi turg‘un birikma bilan ifodalangan?


A) Andishaliga azbaroyi andishali bo‘lganidan qo‘li qisqa ekanligi alam qilarkan.
B) Ortiqcha husn boshga bitgan balo bo‘ladi.
C) Sirkasi suv ko‘tarmaydiganlar bilan hech kim kelisha olmaydi.
D) Ichi qora odam hammani o‘ziga o‘xshagan deb biladi.

118. Qaysi javobda sinekdoxa usulida ma’nosi ko‘chgan so‘z qatnashgan gap berilgan?


A) Yaxshi qovun deb olsam, pirsildoq chiqib qoldi.
B) Kechalari chiroqlar shahrimiz ko‘chalarini yop-yorug‘ qiladi.
C) Bizga chaqqon qo‘llar kerak. D) Uy to‘riga palak osilgan.

119. Qaysi javobda yasalish asosi ham, yasovchi vositasi ham omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan


omonim so‘z berilgan?
A) bo‘g‘ma B) kechik C) qaytim D) quymoq

120. Qaysi juftliklarda o‘zaro shakldosh qo‘shimchalar ishtirok etgan?


1) qovurma (lag‘mon) – qovurma (harakat inkori); 2) bog‘lar (o‘rin-joy oti) – bog‘lar (harakat); 3) terim (tanadan ajralib chiquvchi suyuqlik) – terim (faoliyat-jarayon oti); 4) ko‘zlar (inson a’zosi) – ko‘zlar (harakat); 5) qaynatma (sho‘rva) – qaynatma (harakat inkori)
A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 5

121. Qaysi juftliklarda o‘zaro shakldosh qo‘shimchalar ishtirok etmagan?


1) qovurma (lag‘mon) - qovurma (harakat inkori); 2) bog‘lar (o‘rin-joy oti) - bog‘lar (harakat); 3) terim (tanadan ajralib chiquvchi suyuqlik) - terim (faoliyat-jarayon oti); 4) ko‘zlar (inson a’zosi) - ko‘zlar (harakat); 5) qaynatma (sho‘rva) - qaynatma (harakat inkori). A) 3, 4 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5

122. Qaysi maqoldagi otlashgan so‘zning asosi omonimlik xususiyatiga ega?


A) O‘ylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish.
B) Jalada qolgan odam yomg‘irdan qo‘rqmas.
C) Qush uyasida ko‘rganini qiladi. D) Yuk ko‘targan yuzaga chiqadi.

123. Qaysi qatordagi gapda asosi paronimiga ega bo‘lgan so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llangan?


A) Mungli kuy yurakni azoblar edi. B) Soatim kechga borib yotib qolibdi.
C) Salima tilla uzugini tortmaga soldi. D) Xamir qattiq qorilgan ekan, ko‘pchishi qiyin bo‘ldi.

124. Qaysi qatordagi gapda sinekdoxa usulida ma’nosi ko‘chgan so‘z qatnashgan?


A) «Bor-e!» degim keladi-yu, shu ikki qorako‘zni ko‘zim qiymaydi.
B) Siz litseyimiz qaldirg‘ochlarisiz. C) Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob.
D) Omon bir laganni paqqos tushirdi.

125. Qaysi so‘zlar ham ko‘p ma’noli, ham shakldosh so‘z hisoblanadi?


A) shox, tovon, es B) yoq, to‘da, asl C) chopmoq, rasta, bardam D) dunyo, asl, ilik

126. Quyida berilgan nechta fe’ldan omonimlik xususiyatiga ega qo‘shimcha yordamida ot yasash mumkin? qaytmoq, kechmoq, suzmoq, ochmoq, qiynamoq, porlamoq, elamoq, tilmoq.


A) 4 tasidan B) 6 tasidan C) 5 tasidan D) 7 tasidan

127. Quyida berilgan omonimlar qatoridan ikki xil so‘z turkumi doirasida omonim bo‘la oladigan so‘zlar to‘liq ajratib ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) suq; 2) taxt; 3) yoy; 4) botin; 5) bo‘y; 6) dovon.


A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 6

128. Quyida berilgan so‘zlardan uch o‘rinda omonim bo‘la oladigan barcha so‘zlarni aniqlang.


1) yot; 2) bor; 3) qur; 4) bitmoq; 5) un; 6) o‘ch.
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 5, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 4, 5, 6

129. Quyida berilgan so‘zlarning nechtasi omonimlik xususiyatiga ega?


1) dunyo; 2) rux; 3) maydalamoq; 4) tuymoq; 5) rom.
A) to‘rttasi B) ikkitasi C) uchtasi D) beshtasi

130. Quyida berilganlardan ham o‘zaro bir so‘z turkumi doirasida, ham turli so‘z turkumi doirasida omonim bo‘la oladigan so‘zlarni aniqlang.


1) o‘ch; 2) bo‘y; 3) yoq; 4) toy; 5) suzmoq; 6) chaqmoq.
A) 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4

131. Quyida berilganlardan hokim qismi paronim juftiga ega bo‘lgan so‘z birikmalarini aniqlang. 1) tuzini ko‘rmoq; 2) achinarli hol; 3) yaroqli ashyo; 4) hayot darsi; 5) tanbal odam; 6) o‘quvchining burchi


A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 5, 4, 6 D) 2, 4, 6

132. Quyida berilganlardan o‘z omonimi bilan o‘timli yoki o‘timsizligiga ko‘ra farqlanmaydigan fe’l berilgan javobni aniqlang.


A) yoqmoq B) chopmoq C) bo‘lmoq D) tuymoq

133. Quyidagi fe’llardan nechtasining asosi boshqa turkumga oid so‘zlar bilan shakldoshlik hosil qila oladi? ichmoq, yoqmoq, kulmoq, botmoq, kuymoq, tepmoq, ko‘chmoq, tushunmoq.


A) 8 B) 5 C) 6 D) 7

134. Quyidagi gapda qaysi usulda ma’no ko‘chishi ro‘y bergan? Avtomobilning eshigini ochib, do‘stini chiqarib oldi.


A) vazifadoshlik B) metafora C) sinekdoxa D) metonimiya

135. Quyidagi ismlar ma’no ko‘chishining qaysi turi asosida vujudga kelgan?


Yo‘lbars, Bo‘riboy, Qoplonbek, Feruza, Yoqutoy, Asalxon.
A) sinekdoxa B) vazifadoshlik C) metonimiya D) metafora

136. Quyidagi nechta so‘z bir turkum doirasida omonim bo‘la oladigan shakldosh so‘zlarga mansub?


1) chopmoq; 2) tovon; 3) qir; 4) devon; 5) taxt; 6) qovoq; 7) bitmoq
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta

137. Quyidagi nechta so‘z o‘zi bilan bir so‘z turkumiga oid paronim juftiga ega?


yaroqli, tuz, adl, sur’at, burj.
A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta

138. Quyidagi nechta so‘z turli so‘z turkumiga oid paronim juftli hosil qila oladi?


yaroqli, dovon, ayon, adl, yoq, bob, burj
A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 7 ta

139. Quyidagi nechta so‘zning paronimi omonimlik xususiyatiga ega?


shoh, bod, tus, darz, jodi.
A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6 ta

140. Quyidagi nechta so‘zning turlangan shakllari ham o‘zaro omonim bo‘la oladi?


bog‘, shox, sir, tovon, es, bot.
A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 5 ta

141. Quyidagi qaysi so‘zning sinonimi uch xil so‘z turkumi doirasida omonim bo‘la oladi?


A) ozmoq B) ko‘k C) adil D) yugurmoq

142. Quyidagi so‘zlarning nechtasi har xil so‘z turkumi doirasida shakldosh bo‘la oladi?


qo’zi, oyoq, bel, taxt, yengil, so‘qmoq, bor, o‘ch, burun.
A) 8 B) 7 C) 9 D) 6

143. Shakldoshlik xususiyatiga ega qaysi so‘zlar o‘z shakldoshi bilan bir xil shaklda morfemaga ajralmaydi?


1) gullar; 2) bolalar; 3) isitma; 4) aylanma.
A) 2, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 3, 4 D) 1, 2

144. To‘rt o‘rinda omonimlik hosil qila oladigan so‘zlar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


1) to‘p; 2) chog‘; 3) oshiq; 4) chaqmoq; 5) ort.
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4
145. Tobe qismidagi barcha morfemalar omonimlik xususiyatiga ega so‘z birikmalarini belgilang. 1) shartlarini bajarmoq; 2) kechki uchrashuv; 3) yoza boshlamoq; 4) tuzsiz ovqat; 5) qo‘ymijoz kishi
A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 5

146. Tobe so‘zi o‘rnida uning paronimi qo‘llangan so‘z birikmalarini aniqlang.


1) laxcha cho‘g‘; 2) lahm qazimoq; 3) tilla uzik; 4) hiyla ozibdi; 5) adil terak.
A) 1, 4 B) 2, 5 C) 1, 3 D) 2, 4

147. Ushbu birliklardan nechtasi shakldoshlik xususiyatiga ega emas?


1) shoxlamoq; 2) chog‘lamoq; 3) ko‘nglini ochmoq; 4) shar; 5) chakka; 6) uzuk; 7) tushunmoq; 8) ustun.
A) 4 tasi B) 2 tasi C) 3 tasi D) 5 tasi

148. Yig‘ilishga mo‘ylovni chaqirib keling. Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi qo‘llangan?


A) narsa va hodisalar o‘rtasidagi vazifaviy bir xillik asosida ma’no ko‘chishi usuli
B) ikki predmet o‘rtasidagi shakliy o‘xshashlik asosida ma’no ko’chishi usuli
C) nomi «birgalikda anglash» ma’nosini beruvchi ma’no ko‘chishi usuli
D) narsa va hodisalar o‘rtasida zamon va makondagi o‘zaro aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisiga ko‘chishi usuli

Qaysi javobda urg‘uning o‘rni o‘zgartirilganda so‘z ma’nosiga ta’sir qiladigan so‘zlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


1) so‘zlar; 2) tonna; 3) sunna; 4) atlas; 5) doim; 6) mexanik; 7) fizik; 8) olma


Quyidagi misralarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarda urg‘u qayerga tushadi?Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gultadi.


Qaysi javobda urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadigan so‘zlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


1) vodorod; 2) hamma; 3) daftar; 4) gulday; 5) bordi.


Quyidagi so‘zlarning qaysilari urg‘u tushishi o‘rniga ko‘ra ma’nosi farqlanadi?


1) suzma; 2) bog lar; 3) juda; 4) hozir; 5) etik; 6) fonetik; 7) yangi


Quyida berilgan so‘zlarning qaysilarida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi?


1) bordi; 2) hamma; 3) daftar; 4) gulday; 5) vodorod.


Quyida berilgan sonlarning qaysilarida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi?


1) bordi; 2) hamma; 3) daftar; 4) gulday; 5) vodorod.


Qaysi so‘zda urg‘u ikkinchi bo‘g‘inga tushadi?


Qaysi so‘zda urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajargan?


1) yangi; 2) toza; 3) asil; 4) hisobchi; 5) moslama; 6) gullar.


Qaysi gapda otlashgan so‘zlar tarkibida ochiq bo‘g‘in uchramaydi?


Quyidagi qaysi maqolda ochiq bo‘g‘in eng ko‘p ishtirok etgan?


Berilgan so‘zlarning qaysi biri tarkibida ochiq bo‘g‘in mavjud?


Faqat ochiq bo‘g‘indan iborat bo‘lgan so‘zlar qatorini aniqlang.


Shovulladi tun bo‘yi shamol,


Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor.


Shivirlading yonimda xushhol:


Yana keldi, do‘stginam, bahor”. (A. Oripov)


Ushbu parchada lab undoshlari bilan boshlanuvchi bo‘g‘inlar sonini aniqlang.


Qaysi maqoldagi barcha so‘zlarning asosi bir bo‘g‘inli so‘zlardan iborat?


Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi yuz bermaydigan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar qatorini belgilang.


Berilgan so‘zlarning qaysi birida birinchi bo‘g‘in ochiq bo‘g‘in hisoblanadi?


1) dengiz; 2) shtanga; 3) singlim; 4) ko‘ngil


Quyida berilgan gapda nechta ochiq bo‘g‘in borligini aniqlang. Go‘zallik tuyg‘usini singdirmay turib, barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas.


Bo‘g‘in ko‘chirish haqida aytilgan qaysi qoida noto‘g‘ri?


So‘z urg‘usi olma, gullar so‘zlarining birinchi bo‘g‘iniga tushsa qanday ma’no anglashiladi?


Olma, ko‘zlar kabi shakldosh (omonim) so‘zlarning ma’nolarini qaysi vositalar orqali farqlash mumkin?


O‘zbek tilida urg‘uning qaysi turi leksik ma’no hosil qiladi?


Urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajargan so‘zlarni belgilang.


1) yangi; 2) toza; 3) uchuvchi; 4) qurilma; 5) moslama; 6) gullar


Qaysi gap tarkibida mantiqiy urg‘u vozda so‘ziga tushgan?


Astronomiyami? Ushbu so‘zda urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi?


Qaysi so‘zda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushadi?


Qaysi qatordagi so‘zlarda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushadi?


Quyidagi gaplarning qaysi birida men bo‘lagi mantiq urg‘usi bilan qo‘llangan?


Qaysi qatordagi so‘zlar urg‘usi aksar hollarda birinchi bo‘g‘inda bo‘ladi?


Qaysi qatordagi so‘zlarda urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi?


Urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajargan so‘zlarni belgilang.


1) tortma; 2) akademik; 3) o‘quvchimiz; 4) tok; 5) etik; 6) ko‘zlar; 7) changi; 8) tort.







Download 246 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling