Liniyali punktlarni boshqarish hamda zaxira boshqaruv apparatlari
Download 15.6 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaruza 6
MA’RUZA 6 MA’RUZA MAVZUSI LINIYALI PUNKTLARNI BOSHQARISH HAMDA ZAXIRA BOSHQARUV APPARATLARI 1.1. Liniyali punktlarni boshqarish Liniyali stansiyalar strelka o‘tkazgichlari signallari hamda boshqa obyektlar boshqaruvini dispetcher (DNS) yagona dispetcherlik markazi (YaDM) xonasidan turib bajaradi. YaDM hamda liniya stansiyalari o‘rtasidagi aloqa dispetcherlik markazi kodli qurilmasi yordamida amalga oshiriladi. Dispetcher temir yo‘lning aniq bir uchastkasidagi harakat rahbari hisoblanadi. Liniyali (LP) yoki bajaruvchi (IP) punktlar deb ataladigan liniya stansiyalari dispetcherlik markaziga ulanadi va ular quyidagicha boshqaruv turlariga bo‘linadi: dispetcherlik, avtonom, mavsumiy, zaxira, mahalliy. Poyezd dispetcheri (DNS), dispetcherlik boshqaruvida YaDM xonasida joylashgan punktdan foydalangan holda stansiya obyektlarini boshqaradi. Bu xona markaziy post deb nomlanadi (DMMP). Dispetcherlik boshqaruvi – boshqarishning asosiy turi hisoblanadi. Avtonom boshqaruv stansiyalarida manyovr ishlari hajmi yirik bo‘lganda qo‘llanadi. Bu uchastka stansiyalaridir. Bunday stansiyalarda poyezd hamda manyovr ishlarini stansiya navbatchisi boshqaradi, ammo poyezdlarni jo‘natish uchun chiqish signallari stansiya navbatchisi (RO) buyrug‘ini va dispetcherdan ruxsat olgandan keyingina ochadi, bu ruxsatnoma TB kanali bo‘yicha kodli qurilma orqali olinadi. Poyezd peregonga chiqib ketmagunicha poyezd dispetcheri o‘z ruxsatini (ORO) orqali bekor qilishi mumkin, buni u LP ga va kodli qurilma orqali yuboradi. Mavsumiy boshqaruv LP lar uchun shunday mo‘ljallanganki, ular dispetcherlik boshqaruvida normal joylashgan, lekin alohida yil mavsumida yoki kun soatlarida, manyovr ishlari hajmi shunday o‘sadiki, stansiyani avtonom boshqaruvga o‘tkazishni talab etadi. Bunday stansiyalarda stansiyani dispetcherlik boshqaruvidan avtonom boshqaruvga o‘tkazish qurilmalari mavjud. Stansiyani avtonom boshqaruvga o‘tkazish, yoki aksinchasi uchun stansiyada maxsus qurilmalar o‘rnatiladi. Stansiyani avtonom boshqaruvga o‘tkazish uchun DNS kodli mavsumiy boshqaruvga o‘tish (SU) qurilmalari bilan ta’minlanmog‘i lozim va aksincha (OSU). Demak, mavsumiy boshqaruv stansiyalari, avtonom boshqaruv rejimiga o‘tish mumkin ekan. Ular uchun RO va ORO buyruqlari berish imkoniyatlari ko‘zda tutilgan bo‘lmog‘i lozim. Markazlashgan dispetcherlik uchastka stansiyalarining barchasi uchun zaxira boshqaruvi ko‘zda tutilgan. U kodli qurilmalar yoki aloqa kanalida nosozliklar vujudga kelganda, ya’ni DNS stansiya obyektlarini boshqara olmay qolganda qo‘llaniladi. Zaxira boshqaruviga o‘tkazilayotgan stansiyalarda stansiya navbatchisi yoki boshqa harakat agenti bo‘lishi lozim. Zaxira boshqaruviga o‘tish DNS ning telefon orqali bergan buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. DNS manyovr ishlari hajmi uncha katta bo‘lmaganda signalni ochmagan holda marshrutni o‘rnatishi, mashinistga harakat haqida ko‘rsatmalar berish uchun esa poyezd dispetcherlik aloqasidan foydalanish mumkin. Mahalliy boshqaruv dispetcherlik uchastkasidagi stansiyalarda manyovr ishlarini bajarish uchun DNS ning vaqti yetishmaganida qo‘llaniladi. Bunda, hajmi uncha katta bo‘lmagan manyovr ishlarini bajarish maqsadida, stansiya bo‘g‘zidagi strelkalarining bir nechasi yoki hammasi mahalliy boshqaruvga o‘tkaziladi. Mahalliy boshqaruv strelka elektr yuritmalari yonida joylashgan va maxsus elektr kalitlar bilan jihozlangan yo‘l yashigidan qo‘l bilan amalga oshiriladi. Agar manyovr marshrutlari elektr markazlashtirishga ulangan bo‘lsa, liniya signallarida mahalliy boshqaruv bo‘lmasligi ham mumkin, kodli qurilmalar svetoforlarining manyovr boshqarishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. Kodli qurilmalar nafaqat dispetcherlik uchastkalarida, balki katta stansiyalarda ham uzoqdagi obyektlar guruhini boshqarishda ham qo‘llaniladi. Bu holatlarda kodli qurilmalar (SKM) stansiya nomlarini olgan. Dispetcherlik markazlashuvidan farqli o‘laroq, SKM da faqat ikkita markaziy va zaxira boshqaruv turlari mavjud. SKM dagi markaziy boshqaruv, DM dagi dispetcherlik boshqaruviga o‘xshash. SKM dagi zaxira boshqaruvi, DM boshqaruvidagi o‘xshashlikdan farq qilmaydi. Download 15.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling