Ma’ruza 1 ma’ruza mavzusi liniyali punktlarni boshqarish hamda zaxira boshqaruv apparatlari


Download 120.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.01.2023
Hajmi120.8 Kb.
#1133104
  1   2
Bog'liq
1-MA\'RUZA



MA’RUZA 1 
MA’RUZA MAVZUSI 
 
LINIYALI PUNKTLARNI BOSHQARISH HAMDA
ZAXIRA BOSHQARUV APPARATLARI 
 
1.1. Liniyali punktlarni boshqarish 
Liniyali stansiyalar strelka o‘tkazgichlari signallari hamda boshqa 
obyektlar boshqaruvini dispetcher (DNS) yagona dispetcherlik markazi 
(YaDM) xonasidan turib bajaradi. YaDM hamda liniya stansiyalari o‘rtasidagi 
aloqa dispetcherlik markazi kodli qurilmasi yordamida amalga oshiriladi. 
Dispetcher temir yo‘lning aniq bir uchastkasidagi harakat rahbari hisoblanadi. 
Liniyali (LP) yoki bajaruvchi (IP) punktlar deb ataladigan liniya stansiyalari 
dispetcherlik markaziga ulanadi va ular quyidagicha boshqaruv turlariga 
bo‘linadi: dispetcherlik, avtonom, mavsumiy, zaxira, mahalliy. 
Poyezd dispetcheri (DNS), dispetcherlik boshqaruvida YaDM xonasida 
joylashgan punktdan foydalangan holda stansiya obyektlarini boshqaradi. Bu 
xona markaziy post deb nomlanadi (DMMP). Dispetcherlik boshqaruvi – 
boshqarishning asosiy turi hisoblanadi. 
Avtonom boshqaruv stansiyalarida manyovr ishlari hajmi yirik bo‘lganda 
qo‘llanadi. Bu uchastka stansiyalaridir. Bunday stansiyalarda poyezd hamda 
manyovr ishlarini stansiya navbatchisi boshqaradi, ammo poyezdlarni 
jo‘natish uchun chiqish signallari stansiya navbatchisi (RO) buyrug‘ini va 
dispetcherdan ruxsat olgandan keyingina ochadi, bu ruxsatnoma TB kanali 
bo‘yicha kodli qurilma orqali olinadi. 
Poyezd peregonga chiqib ketmagunicha poyezd dispetcheri o‘z ruxsatini 
(ORO) orqali bekor qilishi mumkin, buni u LP ga va kodli qurilma orqali 
yuboradi. 
Mavsumiy boshqaruv LP lar uchun shunday mo‘ljallanganki, ular 
dispetcherlik boshqaruvida normal joylashgan, lekin alohida yil mavsumida 
yoki kun soatlarida, manyovr ishlari hajmi shunday o‘sadiki, stansiyani 
avtonom boshqaruvga o‘tkazishni talab etadi. 
Bunday stansiyalarda stansiyani dispetcherlik boshqaruvidan avtonom 
boshqaruvga o‘tkazish qurilmalari mavjud. Stansiyani avtonom boshqaruvga 
o‘tkazish, yoki aksinchasi uchun stansiyada maxsus qurilmalar o‘rnatiladi. 
Stansiyani avtonom boshqaruvga o‘tkazish uchun DNS kodli mavsumiy 


boshqaruvga o‘tish (SU) qurilmalari bilan ta’minlanmog‘i lozim va aksincha 
(OSU). Demak, mavsumiy boshqaruv stansiyalari, avtonom boshqaruv 
rejimiga o‘tish mumkin ekan. Ular uchun RO va ORO buyruqlari berish 
imkoniyatlari ko‘zda tutilgan bo‘lmog‘i lozim. Markazlashgan dispetcherlik 
uchastka stansiyalarining barchasi uchun zaxira boshqaruvi ko‘zda tutilgan. U 
kodli qurilmalar yoki aloqa kanalida nosozliklar vujudga kelganda, ya’ni DNS 
stansiya obyektlarini boshqara olmay qolganda qo‘llaniladi. 
Zaxira boshqaruviga o‘tkazilayotgan stansiyalarda stansiya navbatchisi 
yoki boshqa harakat agenti bo‘lishi lozim. Zaxira boshqaruviga o‘tish DNS 
ning telefon orqali bergan buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. 
DNS manyovr ishlari hajmi uncha katta bo‘lmaganda signalni ochmagan 
holda marshrutni o‘rnatishi, mashinistga harakat haqida ko‘rsatmalar berish 
uchun esa poyezd dispetcherlik aloqasidan foydalanish mumkin. 
Mahalliy boshqaruv dispetcherlik uchastkasidagi stansiyalarda manyovr 
ishlarini bajarish uchun DNS ning vaqti yetishmaganida qo‘llaniladi. Bunda, 
hajmi uncha katta bo‘lmagan manyovr ishlarini bajarish maqsadida, stansiya 
bo‘g‘zidagi strelkalarining bir nechasi yoki hammasi mahalliy boshqaruvga 
o‘tkaziladi. Mahalliy boshqaruv strelka elektr yuritmalari yonida joylashgan 
va maxsus elektr kalitlar bilan jihozlangan yo‘l yashigidan qo‘l bilan amalga 
oshiriladi. 
Agar manyovr marshrutlari elektr markazlashtirishga ulangan bo‘lsa, 
liniya signallarida mahalliy boshqaruv bo‘lmasligi ham mumkin, kodli 
qurilmalar svetoforlarining manyovr boshqarishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. 
Kodli qurilmalar nafaqat dispetcherlik uchastkalarida, balki katta 
stansiyalarda ham uzoqdagi obyektlar guruhini boshqarishda ham qo‘llaniladi. 
Bu holatlarda kodli qurilmalar (SKM) stansiya nomlarini olgan. Dispetcherlik 
markazlashuvidan farqli o‘laroq, SKM da faqat ikkita markaziy va zaxira 
boshqaruv turlari mavjud. SKM dagi markaziy boshqaruv, DM dagi 
dispetcherlik boshqaruviga o‘xshash. 
SKM dagi zaxira boshqaruvi, DM boshqaruvidagi o‘xshashlikdan farq 
qilmaydi. 

Download 120.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling