Lipidlarning klassifikatsiyasi


Download 23.78 Kb.
Sana07.12.2021
Hajmi23.78 Kb.
#179169
Bog'liq
BFM 8 mavzu


Lipidlarning klassifikatsiyasi.

Lipidlar-tirik organizmlar to‘qimalari tarkibidagi quyi molekulyar organik birikmalar bo‘lib, asosan, triglitseridlar, ya’ni glitserinning murakkab efirlari hamda turli yog‘ kislotalaridan iborat. «Lipos»-yunoncha «yog‘» so‘zidan olingan bo‘lib, yog‘lar tarkibida triglitseridlardan tashqari biologik faol moddalar (fosfotidlar,stearinlar, vitaminlar) ham mavjud bo‘lishi mumkin. Lipidlar suvda erimaydi, lekin xloroform, efir, atseton, benzol va boshqa organik qutbsiz erituvchilarda yaxshi eriydi. Lipidlarning umumiy xususiyatlaridan biri-bu ularning gidrofobligidir. Lipidlar bir jinsli bo‘lmagan kimyoviy birikma bo‘lib, turli-tumanligi sababli ularga aniq bir ta’rif berish mushkul. Lipidlar – yog‘ kislotalarining qoldiqlari va biror bir spirtning murakkab efirlaridan iborat. Lipidlarni quyidagi sinflarga bo‘lish mumkin: 1) triatsilglitserinlar (yog‘lar); 2) fosfolipidlar; 3) steroidlar (xolesterinlar); 4) mumlar; 5) terpenlar. Lipidlar yana 2 kategoriyaga ham bo‘linadi: sovunlanadigan va sovunlanmaydigan. Tarkibida murakkab efir bog‘ini saqlagan lipidlar sovunlanadigan deyiladi (mumlar, triatsilglitserin, fosfolipidlar).Sovunlanmaydiganlarga – terpenlar, steroidlar kiradi.



Letsetin olish texnologiyasi.

Letsitin o‘z navbatida to‘yinmagan yog‘ kislotalarini saqlagan fosfolipid hisoblanadi va hujayra membranalarining «yosharish» omili bo‘lib xizmat qiladi. satganda membrananing shu qismida fosfolipid molekulalari deformatsiyalanadi va parchalanadi. Normal tirik hujayrada doimiy ravishda barcha mebrnalarning qayta tiklanishi ro‘y beradi. Buning uchun etarli miqdorda fosfolipidlarning etkazib berilishi darkor.Fosfolipidlarning defitsiti hujayra membranalarining muntazam ravishdagi yangilanib borishini sekinlashtirib, turli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Xolesterin – steroidlarning eng muhim vakillardan biri bo‘lib,organizmda erkin xolatda va bog‘langan xolda uchraydi. Erkin xolatdagi xolesterin hujayra membranasi va qon lipoproteinlari tarkibiga kiradi. Bog‘langan xolda esa xolesterin yog‘ kislotalari bilan murakkab efirlar xosil qiladi. Xolesterin barcha steroidlarning o‘tmishdoshi hisoblanadi.Bularga buyrak usti gormonlari (kortikosteroid), jinsiy gormon va o‘t kislotalari (dezoksixolin) va vitamin D misol bo‘la oladi. Organizmning umumiy qarish jarayonini sekinlashtirishda fosfolipidlarning ahamiyati juda katta. Fosfolipidlar saraton shishilarining o‘sishini, hatto kasallikning sunggi bosqichlarida 2 barobar sekinlashtirishi aniqlangan. Shu tajriba avval sichqonlarda, so‘ng odamlarda sinab ko‘rilgan. Letsitinning yana bir xususiyatlaridan biri – qondagi xolesterin miqdorini kamaytirish. Buni amalga oshirish uchun fosfolipidlarning gidrofob qismi yog‘lar va xolesterin bilan bog‘lanadi, gidrofil qismi esa suv (qon) bilan bog‘lanadi. Shunda yog‘ molekulalari qon oqimida xilomikron ko‘rinishida harakat qiladi. Xilomikron – bu yog‘ tomchisi bo‘lib, fosfolipidlar bilan o‘rab olingan bo‘ladi. Shunda gidrofob boshchalar yog‘ga yopishib olib, gidrofil dumchalar qon oqimida harakatlanishga imkon yaratadi.



Lipidlarning biologik ahamiyati.

Lipidlarning biologik ahamiyati katta bo`lib, ular barcha organ va to`qimalardan topilgan. Miyada lipidlar organning yarim og`irligini, jigarda 5 % atrofida bo`ladi. Lekin, ularning eng ko`p miqdori 90 % gacha yog` to`qimalarida bo`ladi. Lipidlar hujayra membranalarining tuzilishida va ko`pgina sintetik jarayonlarda ishtirok etadi



Vitamin C olish texnologik sxemasi.

Asorbin qislotasi yoki vitamin c – bu tsinga kasalligiga qarshi bo‘lgan vitamin bo‘lib, barcha yuksak o‘simlik va xayvonlarda bo‘ladi, faqatgina inson va mikroblar bu vitaminni sintezlamaydilar, biroq bu vitamin inson organizmi uchun juda zarur bulib, mikroblar esa bu vitaminga extiyoj sezmaydilar. Shunga qaramasdan, nordon bakteriyalarning ma’lum turlari, bu vitamining yarim maxsuloti bo‘lgan L-sorbozaning biosinteziga aloqadordir. Shunday qilib, asqorbin qislotasini olinish jarayoni aralash, ya’ni qimyoviy-fermentativ jarayonni o‘z ichiga oladi. Jarayonning biologik bosqichi membranaga bog‘langan polioldegidrogenaza bilan katalizlanadi, so‘nggi qimyoviy bosqich esa qo‘yidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: sorbozani diatseton bilan qondensatsiyalanishi va diatseton-L-sorbozani hosil bo‘lishi, diatseton-L-sorbozani diatseton-2-keto-1gulon kislotasigacha oqsidlanishi, shundan so‘ng gidrolizga uchratilib 2-keto-1-gulon qislota olinadi; oxirgisi fenollanish reaqsiyasiga uchratilib, keyin L-askorbin kislotaga trasformatsiyalanadi.




Download 23.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling