Litosfera asosiy tektonik strukturaviy elementlari,ularning rivojlanishi va joylashishi
Download 239.44 Kb.
|
geodeziya
- Bu sahifa navigatsiya:
- LITOSFERA ASOSIY TEKTONIK STRUKTURAVIY ELEMENTLARI,ULARNING RIVOJLANISHI VA JOYLASHISHI” MAVZUSIDA YOZGAN MUSTAQIL ISHI
- Geometrik nivelirlash
- Geometrik nivelirlashning mohiyati va usullari. Geometrik nivelirlash
- Nivelirlash usullari.
- Geometrik
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI GEODEZIYA,KARTAGRAFIYA VA KADASTR (FUNKSIYALARI BO’YICHA) SIRTQI YO’NALISH 221-GURUH TALABASI MAQSUDOVA SHAHNOZANING GEOLOGIYA VA GEOMARFALOGIYA FANIDAN “LITOSFERA ASOSIY TEKTONIK STRUKTURAVIY ELEMENTLARI,ULARNING RIVOJLANISHI VA JOYLASHISHI” MAVZUSIDA YOZGAN MUSTAQIL ISHI REJA: 1.Nivelirlash mohiyati va usullari 2.Geometrik nivelirlashga yer egriligiva refreksiyaga ta’siri 3.Nivelir turlari Nivelirlash — geodezik oʻlchashning bir turi; yer nuqtalari balandliklari farqi (nisbiy balandligi) aniklanib, ular orqali ushbu nuqtalarni qabul qilingan boshlangʻich sathdan hisoblanadigan balandliklari topiladi. Oʻzbekiston hududida bajariladigan asosiy geodezik-topografik ishlarda nuqtalar balandligini Kronshtadt (Sankt-Peterburg) futshtogining nol chizigʻi (shtrixi)ga nisbatan hisoblash qabul qilingan (qarang Mutlaq balandlik). N.ni bajarish uslubiga qarab geometrik N., trigonometrik N., fizik (gidrostatik, barometrik va aero) N. va stereofotogrammetrik N. turlariga boʻlinadi. Geometrik N. gorizontal vizir nur, trigonometrik N. esa kiya vizir nur yordamida bajariladi. Stereofotogrammetrik N. bir joyning ikkita qoʻsh aerosuratlarini maxsus optik asbob (Mas, stereoskop)da kuzatib hosil qilinadigan joy rel-yefi modelida oʻlchab bajariladi. Geometrik N. nisbatan sodda va anikligi yuqori boʻlib, amalda juda keng qoʻllanadi; trigonometrik N. esa aniqligi nisbatan past, u togʻli hududlarda qoʻllanadi. Katta hududlarning topofafik haritalarini tuzishda stereofotogrammetrik N. asosiy hisoblanadi Geometrik nivelirlash - ikki nukta orasidagi nisbiy balandlikni aniqlash. Nivelir asbobi bilan gorizontal chiziq oʻtkazish orqali bajariladi. Bunda/4 va V — joydagi nuqtalar. / — asbob gorizonti. Nivelir reykalari nul tomoni bilan balandlik belgisi ustiga qoʻyiladi. Nuqtalar orasidagi nisbiy balandlik h=a— b ifodasidan topiladi (a, b — orqadagi va oldindagi reykalardan olingan sanoqlar). Asbob va refraksiya xatoliklarini kamaytirish maqsadida nivelirlash ikki nuqta oʻrtasidan amalga oshiriladi. Geometrik nivelirlashning mohiyati va usullari. Geometrik nivelirlash - ikki nukta orasidagi nisbiy balandlikni aniqlash. Nivelir asbobi bilan gorizontal chiziq oʻtkazish orqali bajariladi. Bunda/4 va V — joydagi nuqtalar. / — asbob gorizonti. Nivelir reykalari nul tomoni bilan balandlik belgisi ustiga qoʻyiladi. Nuqtalar orasidagi nisbiy balandlik h=a— b ifodasidan topiladi (a, b — orqadagi va oldindagi reykalardan olingan sanoqlar). Asbob va refraksiya xatoliklarini kamaytirish maqsadida nivelirlash ikki nuqta oʻrtasidan amalga oshiriladi. Nivelirlash usullari. Nuqtaning balandligini o‘lchash yoki nivelirlash yo‘li bilan yer yuzidagi nuqtalarning bir- biriga yoki boshlang‘ich deb qabul qilingan satxiy yuzaga nisbatan balandligi aniqlanadi. Qo‘llaniladigan usul va asboblarga qarab nivelirlash quyidagi turlarga bo‘linadi: Geometrik nivelirlash. Trigonometrik nivelirl Barometrik Mexanik Gidrostatik Radio nivelirlash Stereofotogrammetrik nivelirlash Geometrik nivelirlash. Bu usulda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligi gorizontal vizirlash nuri bo‘yicha reykalardan bevosita sanoq olish yo‘li bilan aniqlanadi. Nivelirlashning bu usulida nivelirdan foydalaniladi. Geometrik nivelirlashda nuqtalarning balandligi, nivelirlashning boshqa turlariga qaraganda aniqroq topiladi. Geodezik tayanch nuktalarini va plan olish nuqtalarining balandligini aniqlashda, turli masshtabda plan olishda, injenerlik inshootlarining loyihalarini tuzishda, bu inshootlarni qurishda, shuningdek geologik qidiruv ishlarida, yirik injenerlik inshootlarining cho‘kishi va deformatsiyasini aniqlashda va shu kabi boshqa ishlarda geometrik nivelirlash qo‘llaniladi. Nivelirlash metodi va asboblari nuqtalar balandligining qanchalik aniq o‘lchanishi zarurligiga qarab tanlanadi. Download 239.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling