Lotin Крилл, [31/01/2023 13: 33]


Download 16.66 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi16.66 Kb.
#1198378
Bog'liq
Lotin


Lotin - Крилл, [31/01/2023 13:33]


7.1. Yangi davr geografik tadqiqotchilarining
marshrutlari

Yangi davr geografik tadqiqotlari asosan хВИИИ asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Bu davrlarda insoniyat o`z taraqqiyoti zinalarining ancha balandlariga chiqib olgan va navbatdagi cho`qqilarga chiqishni boshlagan davrlar edi. Lekin, hali insonlarning qadami etmagan erlar (“ochilmagan qo`riqlar”), xalqlar va elatlar, ko`plab tabiiy mintaqalar, tog`laru-sahrolar va er sayorasining iqlim xususiyatlari, o`simliklar olami va hayvonot dunyosi bilan bog`liq siru – sinoatlar juda ko`p edi.


Shu bilan birga bu vaqtlarga kelib sayohatlarning transportlari, asbob-anjomlari,ular bilan aloqa qilish vositalari,og`ir holatlarda ularni qutqarib qolish imkoniyatlari ancha takomillashgan bo`lsa ham bu davrlarning sayohatchilari yangi kashfiyotlar uchun o`z hayotidagi barcha narsalardan, imkoniyatlardan, nozu-ne’matlardan va shohona yashashdan voz kechgan, hattoki, hayoti havf–xatarlarga to`la bo`lishini bilgan jasur olimlar, mashhur insonlar edi. Shuning uchun ham hozirgi insoniyat ularni tildan qo`ymay yodida saqlab, xotirasini ardoqlab kelmoqda.
Aleksandr Gumboldt(1769-1859).Germaniyalik mashhur geograf olim “хИх asrning Aristoteli» nomini olgan edi. U Evropa, Markaziy va Janubiy Amerika tabiatini mukammal o`rgangan. U o`z asarlari bilan Er qobig`idagi qattiq, suyuq va havo qobiqlari o`rtasidagi qonuniyatlarni o`rganishga qaratilgan tabiiy geografiyaga asos soldi.
U janubiy Amerikadagi 700 dan ortiq tepalik va tog`larning gipsometriyasini aniqladi, sayohatlari davrida 4 mingga yaqin o`simliklar turi, fanga nomalum bo`lgan 1800 ta o`simliklarning gerbariysini to`pladi. Uning o`zi va shogirdlari Amerika sayohatlari natijalarini chop qilish uchun 26 yilni sarfladi. Bu mashhur asarning 1-jildi 1807 yilda, 30-jildi 1833 yilda chop qilingan.
1827-yilda u Quyosh tasviri tushirilgan «Dunyoni yorqin nurlar bilan yoritgan shaxs» medaliga sazovor bo`lgan. Uning «Koinot» deb nomlanuvchi 5 jildlik asari hozir ham mashhur hisoblanadi.

A.Gumboldtning Rossiyaga sayohati marshruti

Fritof Nansen(1861-1930). Shimoliy muz okeanini va eng katta muz oroli–Grenlandiyani va janubiy qutbni tadqiq qilgan mashhur norveg olimi, sayyohi.

F.Nansenning 1893-1896 yillardagi ekspedisiyalari


marshrutlari

Rual Amundsen(1872-1928). Ilm–tadqiqot yo`lida jahonda mashhurlarning mashhuri bo`lganlar ancha ozchilikni tashkil qiladi. Ana shu ozchilikning ham birinchilaridan biri-Rual Amundsendir. Shimoliy va Janubiy qutblarga birinchi bo`lib borgan. Shimoliy qutb dengizi yo`lini ham birinchilardan bo`lib kashf qilgan. U shimoliy muz okeani qirg`oqlarini birinchi bo`lib to`la bosib o`tgan qutbshunos olim sifatida ham tarixda qolgan.


Jasur dengizchining mashhurligining asoslari uning xavf-xatarlar to`la, inson qadami etmagan notanish, qahraton qish oylarida shimoliy va janubiy qutbga yakka o`zi birinchi bo`lib etib borganligi va eson-omon uyiga qaytganligi hisoblanadi.
R. Amundsen geografik kashfiyotlar tarixida qator yangi sahifalar ochgan. Uzoq yillar davomida u Er sharining shartli o`qi o`tadigan har ikkala nuqtalar-Shimoliy va Janubiy qutblarda bo`lgan yagona sayyoh hisoblanib kelingan.

R. Amundsenning Janubiy qutbga sayohati marshruti



Lotin - Крилл, [31/01/2023 13:33]
Jak iv Kusto(1910-1997). Bu olim haqida ma’lumotlarni keltirish ning zarurati yo`q. Chunki, mashhur Kustoni dunyodagi barcha xalqlar yaxshi bilishadi. Faqat u umrining oxirlarida Gibraltar bo`g`izi orqali tutashib turuvchi O`rtaer dengizi va Atlantika okeani suvlarining asrlar davomida biri-biri bilan qo`shilib ketmaganligining sababini bilgandan so`ng “Zamonaviy fanni 1400 yil ortda qoldirgan Qur’on insonning so`zlari emas, balki faqat yaratganning kalomi ekanligiga” ishondi.
Tur Xeyerdal(1914-2002). Dunyo okeani qadimgi sivilizasiyalarni biri-biridan ajratuvchi emas, balki o`zaro omil bo`lganligi haqidagi nazariyani yaratdi va okeanlardagi butun umri bo`ylab qilgan sayohatlari natijasida bu nazariyani insoniyatga isbotlab berdi.
хх asrning mashhur tadqiqotchisi tur Xeyerdal Polineziya orollariga qiziqgan. O`sha davrda fanda bu orolning ajdodlari Janubiy–Sharqiy Osiyodan kelib qolgan degan xulosalar mavjud edi. T.Xeyerdal Polineziyaliklarning orollarga shimoldan–Gavay orollari orqali kelib qolganligini isbotlab bergan (Tur Xeyerdalning Ra –qadimiy usulda va yog`ochlardan yasagan qayiqdagi okeanlar aro birinchi sayohati).
Dunyo ilm ahli Amerikalik hindularning qadim zamonlarda Tinch okeani orollariga oddiy qayiqlarda suzib borganligi haqidagi isbotlarga ishonishmagan.T.Xeyerdal 1947 yilda Ekvador o`rmonlaridan olingan bals daraxtlaridan sol yasab unga inklar yurtidan quvilgan afsonaviy sardor “Kon-tiki” nomini qo`ydi va 1947 yilning 28-aprelida Perudan Tinch okeaniga suzib ketdi. Okeanda 101 kun suzishga chidagan sol-qayiq1947 yilning 30 iyunida Tuamotu arxipelagiga etib keldi. T.Xeyerdalning nazariyasi isbotlandi, ya’ni bals qayiqlarida Tinch okeanidan suzib o`tish mumkin.
1952 yilda Tur Xeyerdal Galapagos orollariga ekspedisiya tashkil etdi. Buning natijasida janubiy Amerikaliklarning orolga Kolumbgacha bo`lgan zamonlarda ham suzib borishganligini isbotladi. Mashhur olim tropik qamishdan kema yasab Tinch okeanidan suzib o`tishga qaror qildi va “Ra” deb nomlangan qamish kemada 7 davlat vakillari BMT bayrog`i ostida Tinch okeanini 1969 yilda muvaffaqiyatli suzib o`tdi.U okeanlardagi sayohatlari vaqtida dunyo okeanining ifloslanganligi haqidagi ma’lumotlarni to`plab BMTga topshirdi. “хх asrning buyuk sayyohi» nomini olgan T. Xeyerdal 2002 yilning 18 aprelida 87 yoshida vafot etdi.
Hamidulla Hasanov(1919-1985). O`zbekistonda geografiya fanining rivojiga katta hissa qo`shgan va halqiga tanilgan zabardast olimlarning biri, “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi”, geografiya fanlari doktori, sayyoh olim H. Hasanov hisoblanadi. Olimning“O`rta Osiyolik geograf sayyohlar”, “Sayyoh olimlar”,“Bobur sayyoh va tabiatshunos”,“Mahmud Qoshg`ariy” kabi yirik asarlari chet el geografiyasida ham tan olingan. U Osiyo, Evropa, Shimoliy Amerika va Afrika davlatlariga ko`plab sayohatlar qilgan va bu sayohatlar ta’surotlarini doimo talabalarga o`rgatgan jonkuyar ustoz sifatida tariximizda qoldi.
H. Hasanov birinchilardan bo`lib o`zbek televideniyasida “Olamga sayohat” ko`rsatuvini tashkil qilib uzoq yillar davomida o`zi boshlovchilik qilgan. Taniqli olimdan qolgan yana bir yodgorlik-Uyasagan “Toshkent globusi”dir .U Permlik geograflar bilan 5 yillik hamkorlikda er sharining 7 million marta kichraytirilgan shaklini yasadi. Globusning balandligi 2,5 metr, og`irligi 500 kg, aylanasining uzunligi 6 metr. Globusning eng ahamiyatli tomoni shundaki,unda er yuzining turli shakllari tabiatda qanday ko`rinishda bo`lsa shunday tasvirlangan.
Tayanch so`zlar: Kon-tiki, Ra, Antarktika, bals, globus, qutb, inklar, materik, gerbariy, gipsometriya, sivilizasiya, tropik, BMT bayrog`i.
Download 16.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling